O‘lchash vositalarini qiyoslash – O‘lchash vositalarining o‘rnatilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologik xizmat idoralari (boshqa vakolatlangan idoralar, tashkilotlar) bajaradigan amallar majmui. O‘lchash vositalarini tayyorlash (ta'mirlash, sotish, ijaraga berish) ga lisenziya – Ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga huquqini tasdiqlovchi, yuridik va jismoniy shaxslarga davlat metrologik xizmat idoralari tomonidan beriladigai hujjat. O‘lchash vositalarini metrologik attestatlash – donalab ishlab chiqarilgan (yoki O‘zbekiston hududiga donalab keltirilgan) o‘lchash vositalarining, ularning xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida, qo‘llanishga huquqli ekanligini metrologik xizmat tomonidan tan olish. Metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarni akkreditlash – metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarning o‘rnatilgan akkreditlash doirasida o‘lchashlar birliligini ta'minlash bo‘yicha ishlarni o‘tkazishga huquqligini rasmiy tan olish. Yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini o‘lchash vositalarini kalibrlash huquqiga akkreditlash – yuridik shaxslar metrologik xizmatlarining o‘rnatilgan doirada o‘lchash vositalarini kalibrlashni o‘tkazish huquqini rasmiy tan olish. O‘lchashlarni bajarish metodikalarini metrologik attestatlash – O‘lchashlarni bajarish metodikasining unga qo‘yilgan metrologik talablarga muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan tadqiqot. O‘lchashlarni bajarish metodikasi – O‘lchashlar natijalariga avvaldan ma'lum bo‘lgan xatolik bilan erishishni ta'minlaydigan ishlar va qoidalar majmui.
O‘lchash noaniqligi – Tekshirish- bu belgilangan talablarni to‘laqonli ta’minlash uchun obyektiv dalillar yordamida ko‘rikdan o‘tkazishni ta’minash.
Nazorat savollari: Fanning maqsad va vazifalari nimalardan iborat ?
Standartlashtirishning afzallik jihatlari qanday ?
Mavzu: Stаndаrtizаtsiya vа metrоlоgiyaning а
sоsiy vаzifаlаri. Ilmiy-texnikаviy tаrаqqiyotning rivоjlаnishidа stаndаrtizаtsiya vа metrоlоgiyaning аsоsiy vаzifаlаri.