O’LCHASH VOSITALARINI QIYOSLASH VA KALIBRLASH 5-mavzu: Qiyoslash turlari. O’lchash, o’lchash vositalarini yaroqliligini aniqlash. Qiyoslash sifati va uning me’zoni. Muntazam xatolik. Tasodifiy xatolik. Bevosita va bilvosita o’lchashlardagi xatoliklar. O’lchashlar natijalarining noaniqligini baxolash. www.calibrate.co.uk
MA’RUZACHI: AKHRORBEK ERMATOV 5-mavzu: Qiyoslash turlari. O’lchash, o’lchash vositalarini yaroqliligini aniqlash. Qiyoslash sifati va uning me’zoni. Muntazam xatolik. Tasodifiy xatolik. Bevosita va bilvosita o’lchashlardagi xatoliklar. O’lchashlar natijalarining noaniqligini baxolash.
Qiyoslash turlari. O’lchash, o’lchash vositalarini yaroqliligini aniqlash. Qiyoslash sifati va uning me’zoni
Muntazam xatolik. Tasodifiy xatolik. Bevosita va bilvosita o’lchashlardagi xatoliklar.
O’lchash noaniqliklarini baxolash. O’lchash natijalarining yakuniy ko’rinishini taqdim etish.
O’lchash natijalarini yaxlitlash va yozib borish. O’lchash vositalarining metrologik xarakteristikalari.
MA’RUZACHI: AKHRORBEK ERMATOV
O’lchash vositalarini qiyoslash davlat yoki mahkama qiyoslovchisi malakasi berilaganligi to’g’risida amaldagi guvohnomasi bor shaxslar tomonidan bajariladi.
O’lchash vositalarini davriy qiyoslashni reglamentlovchi asosiy hujjat: O‘z DSt 8.003:2005.
Bu hujjat quyidagi asosiy qoidalarga tayanadi:
mamlakatda o’lchashlar birliligini ta’minlashning eng muhim yo’li o’lchash vositalarni qiyoslashdir;
qiyoslash bilan ishlab chiqarilgan va ta’mirlangan,xorijdan sotib olingan, ishlatilayotgan va saqlashga qo’yilganbarcha o’lchash vositalari qamrab olinishi kerak;
qiyoslashda metrologik va texnik talablarga muvofiqligitasdiqlangan o’lchash vositalargina qo’llanish uchun yaroqli deb tanolinishi mumkin;
ishlatilayotgan o’lchash vositalarini qiyoslash davriyligiishlatish sharoitlariga bog’liq va buzuq asboblarning o’z vaqtidaaniqlanishini ta’minlashi lozim;
qiyoslash maxsus tayyorlangan shaxslar tomonidan qiyoslashbo’yicha ilmiy-texnikaviy hujjatlarga muvofiq bajariladi.
Ishlatilayotgan yoki saqlashga qo’yilgan o’lchash vositalarma’lum qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqdan keyin davriyqiyoslashdan o’tkazilishi lozim.
Qiyoslanishi lozim bo’lgan o’lchash vositalarining aniq ro’yxatlarini yuridik va jismoniy shaxslar -o’lchash vositalarining egalari tuzadilar. Qiyoslanishi lozim bo’lgan o’lchash vositalari ro’yxatlari Davlat metrologiya xizmati organlariga yuboriladi. Davlat metrologiya xizmati organlari metrologik qoidalar va me’yorlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish chog’ida qiyoslanishi lozim bo’lgan o’lchash vositalari ro’yxatlarining to’g’ri tuzilganligini tekshiradilar.
Uzoq muddat saqlashga qo’yilgan o’lchash vositalar davriy qiyoslashdan o’tmasligi mumkin. Bir necha kattaliklarni o’lchash (qayta tiklash) uchun mo’ljallangan yoki bir necha o’lchash diapazonlariga ega bo’lgan, biroq kamroq sondagi kattaliklarni o’lchash (qayta tiklash) yoki kamroq sondagi diapazonlarda o’lchash uchun foydalaniladigan o’lchash vositalarni davriy qiyoslashni bosh metrolog yoki yuridik shaxs rahbarining qarori asosida faqat qo’llanilayotgan sondagi kattaliklar va ishlatilayotgan diapazonlar uchun o’lchash vositalarining yaroqliligini aniqlab beradigan qiyoslash bo’yicha normativ hujjatlar talablari bo’yicha ruxsat etiladi. Bunga mos yozuv ishlatish hujjatlarida aks ettirilishi lozim. Davriy qiyoslash natijalari qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqda amal qiladi.
Birinchi qiyoslashlar o’rtasidagi oraliq asbob turini tasdiqlashda belgilanadi. Davlat metrologiya xizmati organlari va yuridik shaxslar davriy qiyoslashlar natijalarini, qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqlarni ularni qo’llanish xususiyatlarini hisobga olib, ularni korrektirlash bo’yicha tavsiyalarni pshlab chiqishlari lozim. Qiyoslashlar orasidagi oraliqlarni aniqlashtirish Davlat metrologiya xizmati tomonidan yuridik shaxsning metrologik xizmati bilan kelishilgan holda o’tkaziladi. Tomonlar kelisha olmagan holda qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqlarni o’zgartirish haqida xulosa chiqarishga imkon beradigan tadqiqotlar natijalari Davlat metrologiya markazlariga beriladi va ular tegishli xulosa chiqaradilar.
Davriy qiyoslash foydalanuvchi, Davlat metrologik xizmati yoki qiyoslash huquqi bo’yicha akkreditlangan yuridik shaxs hududida o’tkazilishi mumkin. Qiyoslash joyini o’lchash vositalarining foydalanuvchisi iqtisodiy omillar hamda qiyoslanadigan o’lchash vositalarini tashib keltirish imkoniyatlaridan kelib chiqib tanlaydi. O’lchash vositalarni ishlab chiqaruvchi yoki ta’mirdan chiqaruvchi, shuningdek, o’lchash vositalarini ishlatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar, o’lchash vositalarini tayyorlash, ta’mirlash yoki ishlatish joylarida, qiyoslash uchun maxsus qiyoslash qurilmalari, etalonlar talab qilinadigan hollarda tegishli qurilmalar va etalonlarga ega bo’lishlari va ularni Davlat metrologiya xizmati organlari ixtiyoriga berishlari lozim.
O’lchash vositalarini tayyorlash, ta’mirlash yoki ishlatish joylarida Davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan qiyoslashlarni amalga oshirish vaqtida yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilarga amal qilishlari kerak:
Davlat metrologiya xizmatiga tegishli bo’lgan etalonlami va yordamchi vositalarni zarur bo’lgan hollarda qiyoslash joyiga olib kelish va olib ketishni ta’minlashlari;
qiyoslashni bajarish uchun zarur bo’ladigan xonalar va yordamchi xodimlarni ajratishlari;
zarur hollarda Davlat metrologiya xizmatiga tegishlietalonlarni ularning tamg’asi ostida saqlab berishnita’minlashlari;
ko’chma qiyoslash laboratoriyasi tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan holda turish joyini berishlari hamda elektr, gaz va suvta’minoti tarmoqlariga ulanishini, shuningdek, uning saqlanishini ta’minlashlari.
O’lchash vositalari Davlat metrologiya xizmati organlari talabiga muvofiq qiyoslash uchun ochilgan holatda, texnik tavsifi, ishlatish metodikasi, pasporti yoki so’nggi qiyoslash haqidagi guvohnomasi, zaruriy butlovchi qurilmalar bilan birga taqdim qilinishi lozim.
O’lchash vositalarini qiyoslash grafiklarini tuzish tartibiyuqorida sanab o’tilgan normativ hujjatlarga muvofiq ravishdabelgilanadi, korxona tomonidan ularning ishlatish sharoitlariva intensivligi hisobgaolib tuziladi.
Fizik kattalik o’lchamining o’zgarish faktini bu o’zgarishni miqdoriy baholamasdan aniqlash uchun qo’llaniladigan o’lchash vositalari indikatorlar guruhiga kiritilishi mumkin va qiyoslanmaydi. Faqat indikator sifatida qo’llaniladigan o’lchash vositalarining old tomoniga “I” (indikator) belgisi qo’yiladi. O’lchash vositalarini indikatorlar guruhiga metrologik xizmatga ega bo’lgan korxona (tashkilot)lar o’tkazishlari mumkin, bunda uning nizomi vazirlik (idora) metrologiya xizmati nizomi asosida ishlab chiqilgan bo’lib, “O’zstandart” agentligi bilan kelishilgan bo’lishi kerak. O’lchash vositalarini indikatorlar maqomiga o’tkazish mas’uliyati metrologik xizmat rahbari zimmasiga yuklanadi. Indikatorlar maqomiga o’tkazilgan o’lchash vositalari maxsus ro’yxatga kiritiladi va unda o’lchash vositalarining turi, zavod nomeri (tartib raqami), ishlatish bo’yicha vazifalari tavsifi ko’rsatiladi. Indikatorlar sifatida qo’llaniladigan o’lchash vositalari ro’yxati nusxasini “O’zstandart” ning xududiy organiga topshiriladi. Agar metrologik nazorat o’tkazish vaqtida o’lchash vositalari indikatorlar maqomiga noto’g’ri o’tkazilgan yoki ularning vazifasi ro’yxatda ko’rsatilganiga mos kelmasa, u holda o’lchash vositalari - indikatorlar ro’yxati bekor qilinadi, metrologik xizmat o’lchash vositalarini indikatorlarga o’tkazish huquqidan ajraladi, o’lchash vositalari esa qiyoslashdan o’tkaziladi
O’quv maqsadlarida (namoyish etish) qo’llaniladigan o’lchash vositalari davriy qiyoslashdan o’tkazilmaydi. Unga “O’” (o’quv) belgisi qo’yiladi. Boshqa maqsadlar uchun ular qo’llanilishi mumkin emas. Ularning sozligi tegishli qoidalar bilan nazorat qilinadi va o’quv jarayoni talablariga mos bo’lishi kerak.
Ishlatilayotgan va saqlashga qo’yilgan o’lchash vositalarini qiyoslashni ma’lum vaqt oraliqlaridan keyin -qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqlarda bajariladi. Qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqlarni belgilashda ikkita o’zaro zid talabni hisobga olishga to’g’ri keladi, Bir tomondan, ravshanki, qiyoslash qancha tez-tez o’tkazilsa, o’lchash vositalarining metrologik ishonchliligi shuncha yuqori bo’ladi va, demak, qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqlarni qisqartirish lozim. Biroq o’lchash vositalarini qiyoslash qiyoslashning o’ziga ham, ishlab chiqarish sohasidan o’lchash vositalarini jalb qilinishi va almashtiruvchi o’lchash vositalari fondini yaratish zarurligi natijasida ham ancha kam iqtisodiy xarajatlarni talab qiladi. Buni hisobga olinsa qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqlarni maksimal oshirish lozim. SHuning uchun qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqni tanlash muhim texnik-iqtisodiy ahamiyatga ega.
Optimal qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqlarni tanlash masalasi yetarlicha murakkab bo’lib, hali tugal hal qilinmagan. Bu oraliqning tanlanishiga ta’sir ko’rsatadigan omillarning xilma-xilligi bilan bog’liqdir. O’lchash vositalarining xatoligi ishlatilish jarayonida o’zgarmas bo’lib qolmaydiva ayrim hollarda ularning qiymatlari mazkur o’lchash vositalari uchun ruxsat etiladigan aniqlik klassidan oshib ketishi mumkin. SHu munosabat bilan ba’zi mamlakatlarning (AQSH, Kanada) milliy metrologiya xizmati laboratoriyalarida qiyoslash natijalarining amal qilish muddati ko’rsatilmaydi va bu bilan qiyoslashda aniqlangan xatoliklar (tuzatmalar) qiymatlari faqat qiyoslash vaqtida to’g’riligi va vaqt o’tishi bilan o’zgarishi mumkinligi ta’kidlanadi.
Xatolik ruxsat etiladigan chegaralardan qachon ortib ketishini iste’molchining o’zi hal etishi lozim. Buning uchun, ravshanki, xatolikning o’zgarish jarayoni modeliga ega bo’lish lozim.
Amaliyotda qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqlarni aniqlashning bir necha metodlaridan foydalaniladi. Bularning hammasi quyidagiga asoslanadi: o’lchash vositalari joriy xatoliklari o’zgarishining matematik kutilishi va dispersiyasi vaqt ichida o’zgaradigan tasodifiy nostatsionar jarayondir. Bu jarayonning parametrlari o’lchash vositasining faqat turiga emas, balki ishlatish sharoitlariga, ishlatilish intensivligiga ham bog’likdir. Qiyoslash oralig’ining qiymati ruxsat etiladigan: ishlamay qolish ehtimolligiga (metrologik yaroqlilik koeffitsientiga) ham bog’likdir. Bu to’rtta asosiy omilni qiyoslashlar o’rtasidagi hisoblashda asos qilib olinishi mumkin.
Ba’zi o’lchash vositalari uchun bu omillar bir xildir. Masalan, barcha ishchi etalonlar laboratoriya sharoitlarida, temperatura va namlik doimiy bo’lganida, silkinishlar, vibratsiyalar, tajovuzkor muhit bo’lganida ishlatiladi. Bu o’lchash vositalarini ishlatish intensivligi taxminan bir xil va faqat o’lchash vositalarining tipiga bog’liq. Ishlamay qolishning ruxsat etiladigan ehtimolligi ishonchlilik ehtimolligining funktsiyasi bo’lib, qiyoslash sxemasi bilan aniqlanadi. SHu sababli ishchi etalonlar uchun qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqlar, bu vositalar davlat metrologiya organlarida yoki idoralar metrologiklar xizmatlaridan foydalanishidan qat’iy nazar, mamlakat doirasida bir xil qilib belgilanishi mumkin. Masalan, elektr kattaliklarining ishchi etalonlari uchun ushbu qiyoslash davriyligi belgilangan:
o’lchash transformatorlari - 5 yilda 1 marta;
sig’im, o’zgaruvchan tok induktivligi va sig’imi o’lchovlari -2 yilda 1 marta;
elektr kattaliklarining boshqa ishchi etalonlari - biryilda 1 marta.
O’lchash vositalarini qiyoslashni amalga oshirish uchun fizik kattalik birligi o’lchamini davlat etalonidan yoki dastlabki namunaviy o’lchash vositasidan ishchi o’lchash vositalariga uzatish tartibini yoki tizimini o’rnatish zarur. Bunday tizimni birlik o’lchovini etalondan yoki dastlabki o’lchash vositasidan ishchi o’lchash vositasiga uzatish vositalari, usullari va aniqligini reglamentlovchi, o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan hujjatni ifoda etadigan qiyoslash sxemalari belgilaydi.
Mustaqil davlatlar hamdo’stligida davlatlararo qiyoslash sxemalari (sobiq umumittifoq) va mahalliy (Davlat metrologik xizmati yoki Mahalliy metrologik xizmatining alohida idoralari) qiyoslash sxemalari farqlanadi. Birinchi mahalliy qiyoslash sxemalarini tuzish namunaviy va ishchi o’lchash vositalarini qiyoslash usullari va vositalariga standartlar va metodikalarni ishlab chiqishga asos bo’lib xizmat qiladi.
Davlatlararo qiyoslash sxemalari davlat standartlari sifatida tasdiqlanadi.
Davlatlararo qiyoslash sxemasi elementlari bo’lib barcha etalonlar, namunaviy o’lchash vositalari, ishchi o’lchash vositalari va shuningdek birlik o’lchamini uzatish usullari (qiyoslash usullari) hisoblanadi.
Mahalliy qiyoslash sxemalari fizik kattaliklar birligi o’lchamini uzatishning ikkidan ortiq bosqichi bo’lganda tuziladi va davlatlararo qiyoslash sxemalariga zid kelmasligi lozim.
Mahalliy qiyoslash sxemalariga fizik kattalikning foydalanishda bo’lgan yoki muomalaga chiqarilayotgan barcha ishchi o’lchash vositalari kiritiladi.
Mahalliy qiyoslash sxemasi elementlari bo’lib namunaviy o’lchash vositalari, ishchi o’lchash vositalari, shuningdek qiyoslash usullari nomlari hisoblanadi; qiyoslash sxemasiga nusxa - etalonlar va ishchi etalonlar nomlarini kiritishga yo’l qo’yiladi.
Qiyoslash sxemasida, odatda, faqat bitta fizik kattalik birligi o’lchamini uzatish ko’rsatilishi lozim.
Mahalliy qiyoslash sxemasini uning DMX idorasi bilan kelishilgandan so’ng korxona me’yoriy hujjati sifatida ishlab chiqiladi. Mahalliy qiyoslash sxemalarini shuningdek metrologik institutlar yoki DMX yuqori idoralari bilan kelishadigan DMX hududiy idoralari tuzadilar.