MUNTAZAM XATOLIK. TASODIFIY XATOLIK. BEVOSITA VA BILVOSITA O’LCHASHLARDAGI XATOLIKLAR. O’lchash xatoliklari turli sabablarga ko’ra turlicha ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
o’lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini siljishidan kelib chiquvchi sabablar;
o’lchash ob’ektini o’lchash joyiga (pozitsiyasiga) o’rnatishdan kelib chiquvchi sabablar;
o’lchash vositalarining zanjirida o’lchash ma’lumotini olish, saqlash, o’zgartirish va tavsiya etish bilan bog’liq sabablar;
o’lchash vositasi va ob’ektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (temperatura yoki bosimning o’zgarishi,
elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va hokazolar) dan kelib chiquvchi sabablar;
o’lchash ob’ektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar;
operatorning malakasi va holatiga bog’liq sabablar va shu kabilar.
O’lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo o’lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bo’ladi.
O’lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga ko’ra quyida keltirilgan turlarga bo’linadi:
O’lchash xatoliklari ifodalanishiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
Absolyut (mutlaq) xatolik. Bu xatolik kattalik qanday birliklarda ifodalanayotgan bo’lsa, shu birlikda tavsiflanadi. Masalan, 0,2 V; 1,5 /µm va h.k. Mutlaq xatolik quyidagicha aniqlanadi
bunda, Ax - o’lchash natijasi;
Ach - kattalikning chinakam qiymati;
Ao - kattalikning haqiqiy qiymati.
Absolyut xatolikni teskari ishora bilan olingani tuzatma (- popravka) deb ataladi
Odatda, o’lchash asboblarining xatoligi keltirilgan xatolik bilan belgilanadi.
Absolyut xatolikni asbob ko’rsatishining eng maksimal qiymatiga nisbatini protsentlarda olinganiga keltirilgan xatolik deb ataladi
Nisbiy xatolik - absolyut xatolikni haqiqiy qiymatga nisbatini bildiradi va foiz (%)larda ifodalanadi
O’lchash sharoiti tartiblariga ko’ra xatoliklar quyidagilarga bo’linadi: