Subyektiv xatolik - kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolikdir.
Muntazam xatoliklar va ularni kamaytirish usullari. Additiv va mulbtiplikativ xatoliklar. Umuman, muntazam xatolikni yo’qotish yo’li bir aniq ishlab chiqilmagan. Lekin, shunga qaramay, muntazam xatolikni kamaytirishni ba’zi bir usullari mavjud.
Xatoliklar chegarasini nazariy jihatdan baholash, bu uslub o’lchash uslubini, o’lchash vositalarining xarakteristikalarini, o’lchash tenglamasini va o’lchash sharoitlarini analiz qilishga asoslanadi. Masalan: o’lchash asbobining parametrlari yoki tekshirilayotgan zanjirning ish rejimini bilgan holda biz uning tuzatmasini (xatoligi) topishimiz mumkin. Xatolik, bunda, asbobning iste’mol qiluvchi quvvatidan, o’lchanayotgan kuchlanishning chastotasini oshishidan hosil bo’lishi mumkin.
Xatolikni o’lchash natijalari bo’yicha baholash. Bunda o’lchash natijalari har xil printsipdagi usul va o’lchash apparaturasidan (vositalaridan) olinadi. O’lchash natijalari orasidagi farq - muntazam xatolikni xarakterlaydi. Bu uslub yuqori aniqlikdagi o’lchashlarda ishlatiladi.
Har xil xarakteristikaga ega bo’lgan, lekin bir xil fizikaviy printsipda ishlaydigan apparatura yordamida o’lchash usuli. Bunda o’lchash ko’p marotaba takrorlanib, o’lchash natijalari muntazam statistika usuli yordamida ham ishlanadi. O’lchash apparaturasini ishlatishdan oldin sinovdan o’tkazish. Bu usul ham aniq o’lchashlarda ishlatiladi. Muntazam xatoliklarni keltirib chikaruvchi sabablarni yo’qotish yo’li. Masalan: tashqi muhit temperaturasi o’zgarmas qilib saqlansa, o’lchash vositasini tashqi maydon ta’siridan himoyalash maqsadida ekranlashtirilsa, manba kuchlanishi turg’unlashtirilsa (stabillashtirilsa) va h.k.
Muntazam xatolikni yo’qotishning maxsus usulini qo’llash: o’rin almashlash (o’rindoshlik), differentsial usuli, simmetrik kuzatishlardagi xatoliklarni kompensatsiyalash usuli.
O’lchash vositalarining absolyut xatoligi o’lchanadigan kattalikning o’zgarishiga bog’liq, shuning uchun ham absolyut xatolik ifodasi ikki tashkil etuvchidan iborat deb qaraladi. Masalan: absolyut xatolikning maksimal qiymati quyidagicha ifodalanadi
Xatolikning birinchi tashkil etuvchisi o’lchanadigan kattalikning qiymatiga bog’liq bo’lmaydi va u additiv xatolik deyiladi. Ikkinchi tashkil etuvchisi esa o’lchanadigan kattalikning qiymatiga (o’zgarishiga) bog’liq bo’lib, multivlikativ xatolik deb ataladi
Tasodifiy xatoliklar.
Tasodifiy xatolik va ularning taqsimlanishi
Tasodifiy xatolik biror fizikaviy kattalikni takror o’lchaganda hosil bo’ladigan, o’zgaruvchan, ya’ni ma’lum qonuniyatga bo’ysinmagan holda kelib chiqadigan xatolikdir. Bu xatolik ayni paytda nima sababga ko’ra kelib chiqqanligi noaniqligicha qoladi, shuning uchun ham uni yo’qotish mumkin emas. Haqiqatda o’lchash natijasida tasodifiy xatolikni mavjudligi takror o’lchashlar natijasida ko’rinadi va uni hisobga olish, o’lchash natijasiga uni ta’siri (yoki o’lchash aniqligini baholash) matematik statistika usuli yordamida amalga oshiriladi.
Bevosita o’lchashlar natijasining xatoliklarini baholashda quyidagi funktsiyadan foydalaniladi
bu yerda f - aniq funktsiyadir, x1,x2,...xn- bevosita o’lchash natijasi.
Xatolikni baholash uchun esa xatolikning taxminiy formulasidan foydalaniladi.
Absolyut (mutlaq) xatolikning maksimal qiymati quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi
Xatolikning nisbiy qiymati esa quyidagi formuladan topiladi:
Tasodifiy xatolik esa (uning dispertsiyasi) quyidagicha hisoblanadi
O’lchash vositalarini aniqligini, qanchalik aniq o’lchashini baholash uchun o’lchash vositalarining aniqlik klassi (sinfi) degan tushuncha kiritilgan. Aniqlik klassi - bu o’lchash vositalarini shunday umumlashgan xarakteristikasi bo’lib, ularning yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan asosiy va qo’shimcha xatoliklari chegarasi (doirasi) bilan aniqlanadi. Demak aniqlik klassi o’lchash vositasining aniqlik ko’rsatkichi emas, balki uning hususiyatlari bilan belgilanadi, aniqlanadi.