3-bosqich. Noaniqlikni tashkil etuvchilarining miqdoriy tasvirlanishi. Har bir aniqlangan potentsial manbaga xos bo’lgan noaniqlik qiymati aniqlanadi va baholanadi. Ko’pincha noaniqlikning bir qancha manbalar bilan bog’liq bo’lgan yagona hissasini baholash yoki aniqlash mumkin. SHuningdek mavjud ma’lumotlar noaniqlikning barcha manbalarini yetarli darajada hisobga olayotganligini ko’rib chiqish muhim va noaniqlikning barcha manbalarining adekvat hisobga olinishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan qo’shimcha eksperimentlar va tadqiqotlarni puxta rejalashtirish zarur.
4-bosqich. Yakuniy noaniqlikni hisoblash. 3-bosqichda olingan axborot umumiy noaniqlikka bo’lgan yoki alohida manbalar bilan yoki bir qancha manbalarning yakuniy effektlari (samaralari) bilan bog’liq bo’lgan bir qancha mikdoriy tasvirlangan xossalardan iboratdir. Bu xossalarni standart og’ishlar ko’rinishida ifodalash va mavjud qoidalarga muvofiq yakuniy standart noaniqlikni olish uchun ularni jamlash zarur. Kengaytirilgan noaniqlikni olish uchun tegishli qamrov koeffitsientidan foydalanish zarur.
O’lchash natijalarini yaxlitlash va yozib borish. O’lchash vositalarining metrologik xarakteristikalari. Noaniqlikni baholash kontekstida “o’lchash kattaligini tasvirlash” aynan o’lchanayotgan nafaqat bir ma’noli narsaning ifoda qilinishini, balki o’lchash kattaligini u bog’liq bo’lgan parametrlar bilan bog’lovchi mikdoriy ifodalanishini taqdim etishni ham talab etadi. Bu parametrlar boshqa o’lchash kattaliklari, to’g’ridan-to’g’ri o’lchanmaydigan kattaliklar yoki konstantalar bo’lishi mumkin. SHuningdek namuna tanlash bosqichi metodikaga kiritilganmi yoki yo’qmi aniq belgilanishi lozim. Agar u kiritilgan bo’lsa, u holda namuna tanlash metodikasi bilan bog’liq bo’lgan noaniqlikni baholash ham zarur. Bu barcha axborotlar metodikaga hujjatda bo’lishi lozim.
Analitik o’lchashlarda ayniqsa foydalanilayotgan metodga bog’liq bo’lmagan natijalarni olish uchun mo’ljallangan va bunga mo’ljallanmagan o’lchashlar o’rtasidagi farqni o’tkazish muhim. Oxirgilari ko’pincha empirik metodlar kontekstida ko’rib chiqiladi.