O’LCHASH VOSITALARINI QIYOSLASH VA KALIBRLASH
1-Mavzu: Fanga kirish. O’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlashning
umumiy masalalarini o’rganish. O'lchash vositalarini qiyoslash va
kalibrlashning umumiy masalalari. Qiyoslash usullari va vositalari.
Ma’ruzachi: Akhrorbek Ermatov
Reja:
1.
Fanga kirish, o’lchash vositalarini qiyoslash va
kalibrlashning umumiy
masalalari, qiyoslash usullari va vositalari
2.
O'lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlashning umumiy masalalari;
3.
Qiyoslash usullari va vositalari
Qiyoslash usullari va vositalarining
hujjatlari standartlar, rahbariy hujjatlar,
tavsiyanomalar yoki ishlatish hujjatlarining tarkibidagi bo’limlari ko’rinishida
ishlab chiqilishi mumkin.
Umumiy alomati bo’yicha birlashtirilgan va bevosita qiyoslash uchun ham,
o’lchash vositalarini qiyoslash bo’yicha hujjatlarni
ishlab chiqish uchun ham
qo’llaniladigan, shu guruhga tegishli bo’lgan o’lchash vositalarining guruhini
qiyoslash usuliyatini belgilandigan me’yoriy hujjatlar standartlar, rahbariy hujjatlar,
tavsiyanomalar ko’rinishida ishlab chiqiladi.
Ishlatish hujjatlari tarkibiga kiruvchi qiyoslash
usuliyatlari va qiyoslash
bo’yicha yo’riqnomalari, o’lchash vositalarini muayyan xilini qiyoslash usullarini
va qiyoslash vositalarini aniq belgilashi lozim.
O’lchash vositalarini muayyan xilini qiyoslash bo’yicha me’yoriy hujjatlarini
standartlar, rahbariy hujjatlar, tavsiyanomalar ko’rinishida ishlab chiqishga ruxsat
etiladi.
Standartlari, rahbariy hujjatlarni, tavsiyanomalarni ishlab chiqish O’z RST 1.1
va O’z RST 1.8 larga binoan amalga oshiriladi.
Ishlatish hujjatlari tarkibiga kiruvchi qiyoslash usuliyatlari va qiyoslash
bo’yicha yo’riqnomalar o’lchash vositalarini Uz RST 8.009 bo’yicha xilini
tasdiqlash sinovlariga tayyorlashda yoki O’z RH 51—022 bo’yicha o’lchash
vositalarini tasdiqlangan xiliga muvofiqligi sinovlariga
tayyorlash jarayonida
hujjatni qayta ko’rib chiqishda o’lchash vositalarini ishlab chiquvchi-tashkilot
tomonidan ishlab chiqiladi.
O’z RST 8.011 ga binoan metrologik attestatlashga taqdim etiladigan o’lchash
vositalarini qiyoslash bo’yicha me’yoriy hujjatlari o’lchash
vositalarini ishlab
chiquvchi- tashkilot, ishlab chiqaruvchi, iste’molchi yoki metrologik attestatlashni
o’tkazuvchi tashkilot tomonidan ishlab chiqiladi.
O’lchash vositalarni qiyoslash bo’yicha me’yoriy hujjatlari davlat metrologik
xizmati idoralarida metrologik ekspertizadan o’tishi lozim.
Seriyali ishlab chiqarishga mo’ljallanayotgan o’lchash vositalarini qiyoslash
bo’yicha me’yoriy hujjatlari metrologik xizmatning Bosh markazi (MXBM) bilan
kelishilgan bo’lishi va O’zstandart agentligi tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim.
Chet eldan keltiriladigan o’lchash vositalarini qiyoslash bo’yicha me’yoriy
hujjatlari, shu o’lchash vositalarni Respublikada bo’lgan metrologik ta’minotining
vositalarida qiyoslanishi mumkinligini aniqlash maqsadida MXBM da metrologik
ekspertizadan o’tishi lozim.
Talab etilgan aniqlikda metrologik tavsiflarini aiiqlanishini ta’minlaydigan,
Respublikada bor bo’lgan qiyoslash vositalaridan foydalanish maqsadida me’yoriy
hujjatlarga qo’shimchalar ishlab chiqishga ruxsat etiladi.
Chet eldan keltiriladigan o’lchash vositalarini qiyoslash bo’yicha me’yoriy
hujjatlari yoki o’zgartishlari davlat metrologik xizmati idoralari tomonidan
tasdiqlanishi lozim.
O’z RST 8.011 ga binoan metrologik attestatlanishi lozim bo’lgan o’lchash
vositalarni qiyoslash bo’yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash
davlat metrologik
xizmati idoralari o’tkazadi.