28-Mavzu boyicha o’quvchilarning bilimlarini tekshirish uchun na’munaviy savollari. Elektrоn genyerаtоrlаrvazifasi.
Tebrаnish kоnturi: so'nuvchi vа so'nmаs tebrаnishlаr.
Elektrоn genyerаtоrlаri blоk chizmаsi vа uning ishi.
Multvibrаtоr vа trigger to'g'risidа tushunchаlаr.
Elektrоn оstsilоgrаf ishlаsh jаrаyoni.
Elektron generator uyg’otish usuliga qarab nechta turga bo’linadi.
O’z-o’zini uyg’otish generatorini tushuntiring.
O’z-o’zini uyg’otish shartlarini ayting.
Sinxron va asinxron generatorni farqini aytib bering.
Stator va rotor qismi nimadan iborat.
28-Mavzu: Elektrоn genyerаtоrlаr. 1.Tebrаnish kоnturi: so'nuvchi vа so'nmаs tebrаnishlаr, elektrоn genyerаtоrlаri blоk chizmаsi vа uning ishi, multvibrаtоr vа trigger to'g'risidа tushunchаlаr. 2.Elektrоn оstsilоgrаf ishlаsh jаrаyoni.
Reja: 1. Elektrоn genyerаtоrlаr.
2.Tebrаnish kоnturi: so'nuvchi vа so'nmаs tebrаnishlаr.
3.Elektrоn genyerаtоrlаri blоk chizmаsi vа uning ishi.
Elektron generatorlar – bu o‘zgarmas energiya tokini har xil amplituda, chastota, shakl va quvvatdan o‘zgaruvchan tok aylantirib beruvchi qurilmadir.
Elektron generatorlar ishlashini prinspial farq qiluvchi ikki turga bo‘linadi.
1. Majburiy tebranish generatori.
2. Avtotebranish generatori.
Majburiy tebranishlar generatori tashqi elektr ta’siri ostida tebranishlar yuzaga keladi. Avtotebranishlar rejimida esa tebranishlar tashqi o‘zgaruvchan kuchlanish bo‘lmaganda ham yuzaga keladi. Bunday qurilmalarni avtogeneratorlar yoki o‘z-o‘zida uyg‘onuvchi generatorlar ham deb yuritiladi. Generatsiyalanayotgan signalning shakliga ko‘ra generatorlar yana ikki turga bo‘linadi.
1. Garmonik tebranishlar – bu generatorlar amplitudasi sinus yoki kosinuslar qonuni bo‘yicha o‘zgaruvchan tebranishlarni ishlab chiqaradi.
2. Relaksatsion (implusli) generatorlar. Nosinusoidal shakldagi signallarni ishlab chiqaradi.
Umumiy holda sinusoidal tebranishlar generatori chastota spektrini aylantiruvchi jarayonni hosil qiluvchi qurilmadir, ya’ni o‘zgarmas tok energiya manbayini yuqori chastotali tebranishlar energiyasiga aylantiradi (2.1-rasm).
Generatsiyalanayotgan tebranishlarning chastotasiga bog‘liq holda generatorlar quyidagi turlarga bo‘linadi.
1. Past chastotali generatorlar. Bunday generatorlar chastotasi gacha bo‘lgan tebranishlarni generatsiyalaydi.
2. Yuqori chastotali generatorlar – chastota diapazoni .
3. O‘ta yuqori chastotali generatorlar – chastota diapazoni va undan yuqori.
Elektr tebranishlarning manbayi sifatida avtogeneratorlar radio uzatuvchi, radio qabul qiluvchi o‘lchov apparaturalari, elektron hisoblash mashinalari telimetrik qurilmalar va hokazolarda keng qo‘llaniladi.
Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar Tebranishlarni o‘rganishda biz aytgan edikki, fizikaviy tabiatiga qarab tebranishlar ikkiga, ya’ni mexanik va elektromagnit tebranishlarga bo‘linadi.
Elektromagnit tebranishlar deb zaryadlar, toklar, elektr va magnit maydonlari kuchlanganliklarining o‘zaro bog‘liq davriy o‘zgarishiga aytiladi.
Shunga o‘xshash jarayonlar tebranish konturi deb ataluvchi sistemada elektr tebranishlari hosil bo‘lganda ro‘y beradi.