Ibragimova X. X - Toshkent axborot texnologiyalar texnikumining "Telekommunikatsiya" kafedrasi ustasi
Safarov X.E. - Toshkent axborot texnologiyalar texnikumining "Telekommunikatsiya" kafedrasi o’qituvchisi
Diplom oldi amaliyoti davrida o’quvchilar maxsus fanlardan olgan bilimlarini mustaxkamlashadi, raqamli elektron avtomatik telefon stantsiyalarida texnik xizmat ko’rsatish, nosozliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish usullarini o’rganish.
Dasturiy va apparat ta’minot tizimi, abonent qurilmalari, abonent va bog’lovchi liniyalar, stantsiya jihozlari, signalizatsiya tizimi, elektr ta’minot qurilmalari, texnik xizmat ko’rsatish va ishlatish asoslarini nazariy jihatlari, texnik nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish usullari, odam-mashina muloqot aloqasida qo’llaniluvchi dasturlash tillari va buyruqlari, qurilmalarni sinovdan o’tkazish bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallashga erishish.