«elektrotexnika va sxematexnika» fanidan


I-bob. Bir va ko’p kaskadli operatsion kuchaytirgichlar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə3/10
tarix17.02.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#84713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Zoir kurs ishi 2

I-bob. Bir va ko’p kaskadli operatsion kuchaytirgichlar
Tayanch so’zlar va iboralar.
Termoelektron emissiya, kaskad, tranzistor, P-N-P o’tkazuvchanlik klasifikatsiya, bipolyar va maydon tranzistorlari.
1.1.Bir va ko’p kaskatli kuchaytirgichlar haqida umumiy malumot.
Xosil qilingan elektr tebranishlarni kuchaytirish juda muxim texnologik jarayondir. O’zaro aloqada elektrotexnikaning eng muxim masalasi ham shu kuchaytirish jarayoniga bog’liq.
Elektron lampali va tranzistorli kuchaytirgichlarning ishi vakuumli lampalarda boshqaruvchi to’r va tranzistorlarda elektr tebranishlarni kuchaytirish xossasidan foydalanishga asoslangan. Elektron lampali kuchaytirgichlarni o’rganishda, dastavval uch elektrodli elektron lampani ishlash printspini yaxshi o’rganish kerak. Elektr tebranishlarni kuchaytiruvchi qurilma past chastotani kuchaytirgichlar (PChK) deyiladi. Odatda chastotasi f-50Gts-12kGts gacha bo’lgan chastotalar past chastotalar deb qabul qilingan. Past chastotali kuchaytirgich bir kaskadli yoki ko’p kaskadli bo’ladi. Ularning asosiy vazifasi zanjirdagi kuchlanish va quvvatni kuchaytirishdan iborat. Bunday turdagi kuchaytirgichlarni electron lampalar, tranzistorlar, magnit elementlar va boshqa integral mikrochizmalar yordamida ko’rish mumkin.
Kuchaytirgich ko’rsatgichlari.
1. Kuchaytirish koeffitsienti;
2. Kuchaytiriladigan chastota oralig’I;
3. Kirish kuchlanishi (sezgirligi);
4. Kuchaytirgichning chiqish quvvati;
5. Foydali ish koeffitsienti;
6. Signalni to’g’ri chiqishi yoki buzilishi;
-Kuchaytirish koeffitsienti “K” bilan belgilanadi.
-Kuchaytirish chikish toki (a)
U -Kuchaytirish kirish toki (a)
Kuchaytirgichlar tavsifi:
Avtomatik boshqarish tizimlari, radiotexnika, radiolokatsiya va boshqa tizimlarda kichik quvvatli signallarni kuchaytirgichlardan foydalaniladi.
Kichik quvvatli o’zgaruvchan signalning parametrlarini buzmasdan doimiy kuchlanish manbaining quvvati hisobiga kuchaytirib. Beruvchi qurilma kuchaytirgich deb ataladi. Kuchaytirgich qurilmasi kuchaytiruvchi elementi, rezistor, kondensator chiqish zanjiridagi doimiy kuchlanish manbai hamda iste’molchidan iborat. Bitta kuchaytiruvchi elementi bo’lgan zanjir kaskad deb ataladi.
Kuchaytiruvchi element sifatida qanday element ishlatilishiga qara kuchaytirgichlar elektron, magnitli va boshqa xil turlarga bo’linadi. Ish rejimiga ko’ra ular chiziqli va nochiziqli kuchaytirgichlarga bo’linadi. Chiziqli ish rejimida ishlovchi kuchaytirgichlar kirish signali shaklini uzgartirmasdan kuchaytirib beradi. Chiziqli bo’lmagan ish rejimida ishlovchi kuchaytirgichlarda esa kirish signali ma’lum kiymatga erishganidan so’ng chiqishdagi signal o’zgarmaydi. Chiziqli rejimda ishlaydigan kuchaytirgichlarning asosiy tavsifi, amplituda chastota tavsifi (AChT)dir. Bu tavsif bo’yicha kuchaytirish koeffitsientini moduli chastotaga qanday bog’likligini ko’rsatadi. AChTsiga ko’ra chiziqli kuchaytirgichlar tovush chastotalar kuchaytirgichi (TChK), quyi chastotalar kuchaytirgichi (QChK), yuqori chastotalar kuchaytirgichi (YuChK), sekin o’zgaruvchan signal kuchaytirgichi yoki o’zgarmas tok kuchaytirgichi (O’TK) va boshqalarga bo’linadi. Tranzistorlarda qurilgan bir kaskadli kuchaytirgichlar. Hozirgi vaqtda keng tarqalgan kuchaytirgichlarda kuchaytiruvchm element sifatida ikki qutbli yoki bir qutbli tranzistorlar ishlatiladi. Kuchaytirish quyidagicha amalga oshiriladi. Kichik kirish toki chiqish zanjiridagi tokda o’zgaruvchan tashkil etuvchini hamda boshqariladigan elementning chiqish zanjirida kirish zanjiridagi kuchlanishdan ancha katta bo’lgan o’zgaruvchan kuchlanish hosil qiladi. 1-rasmda umumiy emittorli (UE) kuchaytirish kaskadining chizmasi hamda kirish va chiqish tavsiflari ko’rsatilgan. Kuchaytirish kaskadlari UE, UB, UK chizmalar bo’yicha yig’iladi. Umumiy kollektorli (UK) chizma tok va quvvat bo’yicha kuchaytirish imkoniyatiga ega. Bunda chizmaga asosan, kaskadning yuqori chiqish qarshiligini isteemolini aniqlash lozimdir. Tranzistorli kuchaytirgichning chizmasini ko’rib chiqamiz.
Bu kuychaytirgich tokni ham, kuchlanishni ham kuchaytirish
imkoniyatiga ega.
a) Sifatli kuchaytirgich uchun   4%
b) Telefon aloqalariuchun   15%
kuchaytirgichning shovqin darajasi-shovqin kuchlanishining kirish kuchlanishiga nisbatiga aytiladi. Tranzistorli kuchaytirgichlar amplituda, chastota va amplitudichastota tavsifi bilan baholanadi. Kuchaytirgichning ish rejimini tanlash, ko’p kaskadli kuchaytirgichlar, ular orasidagi bog’lanish. Kuchaytirgich turlari va ishlash rejimi. O’zgaruvchan signallar kuchaytirgichni tanlash. Ko’p kaskadli kuchaytirgichlar.
Tayanch so’zlar va iboralar.
Kaskad, elektron kuchaytirgich, elektr tebranish tranzistor, tiristor, tebranish konturi, kuchaytirgich turlari, eletr signallari.
Kuchaytirgich turlari va ishlash rejimi.
O’zaro aloqa qilish vositalarida elektromagnit to’lqinlar turi keng ishlatiladi. Ana shu maqsadlarni amalga oshirish uchun elektr tebranishlarni kuchaytirish, tarqatish, qabul qilish juda muhimdir. Yaqin o’tmishda bu ishni vakuumli elektron lampalar bajarar edi, hozir elektr tebranishlarni kuchaytirish uchun tranzistorlar keng ishlatiladi. Ishlatish soxasiga qarab kuchaytirgichlar quyidagi turlarga bo’linadi.
- O’zgarmas tok kuchaytirgichi;
- Past chastotali kuchaytirgichlar;
- Keng qamrovli kuchaytirgichlar;
Har bir tur kuchaytirgich ma’lum bir kattalikni parametrlarini kuchaytirib berishga mo’ljallangan. Kuchaytirgichlarni har birini alohida tahlil qilamiz!!!
O’zgarmas tok kuchaytirgichi;(O’TK).
Bu kuchaytirgichlar sekin o’zgaruvchan chastotasi ƒq0 Gts  18 Gts signallarni kuchaytirib berishga mo’ljallangan. Tibbiyot soxasida ishlatiladigan elektr asboblar va uzatgichlar yordamida kichik signallarni kuchaytirishga, hamda amaliy ishlarda fotouzatgich, termouzatgich va shu kabilarni kuchsiz, sezilarsiz signallarni kuchaytiradi. Bu kuchaytirgichlarni yuklamasi elektromagnit rele, cho’lg’amli lampa va elektr o’lchov asboblari kiradi. Past chastotali kuchaytirgichlar;(PChK). Bu kuchaytirgichlar asosan tovush chastotasi ƒq16Gts  20kGts bo’lgan tovush signallarni kuchaytiradi. Bu kuchaytirgich radiotexnikada, tovushni kuchaytirish soxalarida keng ishlatiladi. Tovush chastotasini qabul qiluvchi manbalar, mikrofon, magnit kallak (galovka) hamda radio va televideniya qurilmalarini signal kirish joylari (antenna ulanadiganjoy). Kuchaytirgichning yuklamasi, radiokarnay, telefon, magnitofon tovushni yozib olish qurilmasi, ostsillograf va boshqa elektron qurilmalar.
Keng qamrovli kuchaytirgichlar;(KQK). Bunday rusumdagi kuchaytirgichlar keng spektrli chastotalarni kuchaytirish uchun mo’ljallangan. Masalan ostsillograflar yordamida tadqiq etiladigan keng qamrovli signallar, yoki o’ta yuqori chastotali (SChV diapazon)li signallarni talab etilgan darajada kuchaytirib beradi. Detsimetrli to’lqinlarda (DMV)da ishlaydigan barcha televideniya qurilmalariga foydalaniladi.
Barcha turdagi kuchaytirgichlarni asosiy tavsifi kuchlanishni, tok kuchini, va quvvatni kuchaytirish koeffitsienti hisoblanadi. Kuchaytirgichning asosiy elektron qurilmasi bu –tranzistordir. Oddiy o’zgarmas tok (fototok)ni tranzistor yordamida kuchaytirishni ko’rib chiqamiz. (jarayonda sodir bo’ladi. Tranzistorning statik koeffitsienti-V bazadagi tok bilan o’zaro bog’liqligi quyidagi ifodada ko’rsatilgan. Turli xil tranzistorlar qo’llanilishni hisobga olsak ularni statik koeffitsienti Vq10dan  100gacha o’zgaradi. Bu koeffitsient o’zgaruvchan bo’lib tranzistor bazasini tokini o’zgarishiga qarab o’zgaradi. Tranzistorning kollektor tokini oshirish zarur bo’lib, boshqa bir tranzistorli kuchaytirgichdan foydalansa bo’ladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin