4. Spin kvant son – s - elektronning o`z uqi atrofida aylanishini ifodalaidi.
Elektronning shaxsiy harakat momenti miqdorining tanlangan uqda bo`lgan
proeksiyasi spin kvant son deb ataladi.
Spin kvant sonining qiymati faqat ikki xil +1/2 yoki -1/2 bo`lishi mumkin, bu
xolat qarama-qarshi yunalgan strelka ↑ yoki ↓ yordamida ifodalanadi.
Agar ikkita elektronning spini bir yo`nalishda bo`lsa, ular parallel spinli,
qarama-qarshi yo`nalishga ega bo`lsa, antiparallel spinli elektronlar bo`ladi.
Elektron joylashadigan atom orbitallarni yacheykalar - □ (s- orbital), □□□ (p-
orbitallar), □□□□□ (d - orbitallar) ko`rinishida yoki ba’zan gorizontal chiziqlar —
, — — — va — — — — — ko`rinishida ham tasvirlanadi. Ya’ni, agar har bir
orbitalda bittadan elektron bo`lsa, yuqoridagi s-, p- va d-orbital quyidagicha
tasvirlanadi (yarim to`lgan orbitallar holida): ↑, ↑↑↑ va ↑↑↑↑↑ ulardan ikki xili
uchun tula to`lgan vaziyat uchun ↑↓ va ↑↓↑↓↑↓ bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |