Adronlar maxsus barion zaryadi (V) bilan ifodalanadi. V=+1 boʻlgan adronlar barionlar, V=0 boʻlgan adronlar mezonlar deb yuritiladi (barionlarga proton, neytron, giperonlar, barion rezonanslari; mezonlarga k va L^mezonlar, bozon rezonanslari kiradi).
Elementar zarrachaning oʻzaro taʼsirlashuv jarayonlarida tugʻilish va yoʻqolish (yutilish) xususiyati ularning eng muhim xossasidir. Elementar zarrachada oʻtadigan hamma fizik jarayonlar ularning tugʻilish va yoʻqolish aktlari orqali oʻtadi. Elementar zarrachada tugʻilish va yoʻqolishning mavjudligi Elementar zarracha elementar emasligini, ularning tarkibiy tuzilish xarakteri oʻzaro taʼsirlashuv jarayonlaridagina namoyon boʻlishini koʻrsatadi.
Barcha elementar zarrachalar ularning spiniga qarab, bozon yoki fermionlarga ajratiladi. Fermionlar yarim spinga ega boʻlib, materiyani tashkil etadi; fundamental kuchlar maydonlari asosi boʻlmish bozonlar esa butun spinlidir.
Fermion yarim spinli elementar zarrachadir. Italyan fizigi Enrico Fermi sharafiga shunday nomlangan. Fermionlar Fermi-Dirac statistikasiga boʻysunadi. Fermionlarga proton va elektron misol boʻlishi mumkin. Standart Modelda fermionlarning ikki tipi: kvark va leptonlar ajratiladi. Fermionlarning 24 xili bor: 6 ta kvark, 6 ta antikvark, 6 ta lepton va 6 ta antillepton uchun.
Fermionlar, Fermi zarralar —yarim butun spinga ega boʻlgan zarralar yoki kvazizarralar. Fermionlar safiga kvarklar (va kvarklardan tuzilgan barionlar — proton, neytron, giperon va boshqalar) hamda leptonlar (elektron, myuon, u lepton, neytrinolarning hamma turlari) va ularning antizarralari kiradi. Toq sondagi F.ning bogʻlangan tizimlari ham F.dir. F. uchun Pauli prinsipi oʻrinli, ayniy F. tizimi Fermi — Dirak statistikasiga boʻysunadi.