Elementlar davriy o'zgaruvchan xossalari. Gorizontal va diogonal o'xshshliklar


Metallarning korroziyasi va unga qarshi kurashish usullari



Yüklə 169,65 Kb.
səhifə11/17
tarix07.01.2024
ölçüsü169,65 Kb.
#210942
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Elementlar davriy o

Metallarning korroziyasi va unga qarshi kurashish usullari.
Metallar korroziyasi metallarning tashqi muhit bilan kimyoviy va elektrokimyoviy ta’sirlashuvi natijasida o’z- o’zidan sodir bo’ladigan jarayondir. Korroziyaga qarshi kurashish va undan himoyalanishning asosiy maqsadi dunyodagi cheklangan bo’lgan metall resurslarini tejashdir. Bu katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Korroziya mashinalarning metal qismlarini, kema va tankerlarning korpuslarini, quvurlarni, rezervuarlarni, dengizdagi inshootlar va boshqa agressiv muhitdagi metallarning korroziyaga uchrab yemirilishi natijasida katta yo’qotishlarga olib keladi. Metallar deganda oddiy metallar va ularning qotishmalari shuningdek metal buyumlar va ularning konstruktsiyalarini nazarda tutamiz. Odatda metallar korroziyasi sodir bo’lgan muhit suyuqlik muhitida yoki gaz muhitida bo’ladi. Korroziya geterogen jarayon bo’lib, u ikki faza chegarasida sodir bo’ladi: metal- suyuqlik yoki metal- gaz ko’rinishida bo’ladi. Sodir bo’lish mexanizimiga ko’ra metallar korroziyasi ikki turga: kimyoviy(quruq) va elektrokimyoviy(nam) korroziyalarga bo’linadi. Kimyoviy korroziya muhitni tashkil qilgan moddaning molekulalari bilan metall atomlarining o’zaro tasiri natijasida sodir bo’ladigan jarayon bo’lib, bir vaqtning o’zida oksidlanish qaytarilish jarayoni sodir bo’ladi. Suvsiz suyuqliklar (asosan, suyuq metallar) va atmosfera gazlarining metall yuzasi bilan ta’sirlashuvi natijasida kimyoviy korroziya namoyon bo’ladi. Kimyoviy korroziya turlari 3 xil bo’ladi: 1) Oksidlanish korroziyasi 2) Gazlar ta’siridagi korroziya 3) Suyuq metallar tasiridagi korroziya Passiv metallar korroziyasi. Passiv korroziya shikastlanishini kamaytirishda juda foydali, ammo uning passivlashtiruvchi plyonka hosil qilish qobiliyatiga to‘sqinlik qiladigan bo‘lsa, yuqori sifatli qotishma ham korroziyaga uchraydi. Muayyan atrof-muhit uchun to‘g'ri darajadagi materialni to‘g'ri tanlash ushbu materiallar guruhining uzoq muddatli ishlashi uchun muhimdir. Agar passiv plyonkada kimyoviy yoki mexanik omillar ta'sirida buzilish sodir bo‘lsa, natijada paydo bo‘ladigan asosiy korroziya usullari o‘z ichiga olishi mumkin chuqurlikdagi korroziya, yoriqlarning korroziyasiva stress korroziyasining yorilishi Korroziyaning oldini olish tadbirlari metallar korroziyalanishining oldini olish tadbirlari xilma- xil bo‘lib, ularga masalan, sirt yuzalarini korroziyabardosh metallar (Zn, Cr, Al, Ni) bilan qoplash, agressiv muhit aktivligini pasaytirish va boshqalar kiradi. Quyida bu usullar bilan qisqacha tanishib chiqamiz: a) Sirt yuzalarini korroziyabardosh metallar bilan qoplash. Buning uchun avval buyumlarning sirt yuzalari mexanik yoki kimyoviy usullarda zang, moy va boshqalardan tozalanadi, Keyin esa korroziyabardosh metall (Zn, Sb, Rb) vannasiga tushirilib, u yerda ma’lum vaqt saqlanadi. Masalan, tunuka list, sim, trubalar rux vannasida ruxlansa, mis buyumlar qalayli vannada qalaylanadi. Jarayonning oddiyligi, ish unumining yuqoriligi va puxta qoplama hosil qilishi sababli bu usul amalda keng qo‘llaniladi.
b) Buyum sirtini galvanik usulda korroziyabardosh metallar bilan qoplash. Buning uchun vannaga korroziyabardosh metall tuzining suvdagi eritmasi (elektrolit) quyilib, unga buyum (katod) va korroziyabardosh metall plastinkasi (anod) tushiriladi. Katod tok manbaining manfiy qutbiga, anod esa musbat qutbiga ulanadi. Zarur tok o‘tishida anod plastinkasi elektrolitda erib, uning ionlari katod sirtiga yig‘ila boradi. Qoplama qalinligi tok kuchiga, uning o‘tish vaqtiga bog‘liq. Shuni qayd etish lozimki, agar buyum o‘z potensialidan kichik potensialli metall bilan qoplansa – anodli va aksincha, o‘z potensialidan katta potensialli metall bilan qoplansa – katodli usul deyiladi. d) Buyumlarning sirtini korroziyabardosh metallar bilan to‘yintirish. Bu usulda buyumlar sirtiga himoya parda yuqori temperaturali sharoitda korroziyabardosh metallar atomlarining diffuziyalanishi (alitirlash, silitsirlash, xromlash) hisobiga boradi. Bu usullarning ba’zi xillari bilan tanishamiz: e) Kimyoviy usul. Bu usulda po‘lat buyumlar N 2 NO 3 tuzining 140– 150 o Сtemperaturali eritmasiga tushirilib, 40– 50 daqiqa saqlanadi. Bunda ajralgan O 2 buyum sirti bilan birikib himoya parda hosil qiladi. Buyumlarni korroziyabardosh metallar bilan qoplash. Bu usulda metall listlar sirtiga korroziya-bardosh metall list qo‘yilib, birgalikda qizdirib, prokatlanadi. Natijada qo‘sh qavatli (bimetall) qoplama hosil bo‘ladi. f) Elektrokimyoviy usul. Bunda buyumlar yuziga yaqinroq joyga protektor deb ataluvchi plastinka o‘rnatiladi. Bu plastinka potensiali himoya etiluvchi metall potensialidan kichik bo‘lmog‘i lozim. Bunday sharoitda buyumlarni elektrolitda yoki suvda ishlashda u bilan protektor orasida galvanik tok hosil bo‘ladi. Bunda protektor- anod, buyumkatod vazifasini bajaradi. Ma’lum vaqtdan so‘ng anod, ya’ni protektor korroziyaga berilaboradi. Bunda buyum korroziyaga berilmay saqlanadi. Masalan, kemalarning po‘lat vintlarini korroziyadan saqlashda protektor sifatida rux plastinkalaridan foydalaniladi. g) Muhit aktivligini pasaytirish. Buning uchun muhitga ma’lum miqdorda ingibitor deb ataluvchi maxsus moddalar kiritiladi. Bu usuldan, masalan, bug‘ qozonlarida va boshqa suv bilan ta’minlanadigan tizimlarda keng foydalaniladi. Masalan, ichki yonuv dvigatellarining sovitish tizimiga quyiladigan suvga ma’lum miqdorda xrompik (K 2 Cr 2 O 7) qo‘shilsa, metall korroziyadan ancha saqlanadi.
Korroziyaga qarshi kurashish usullari
Metall buyum sirtini korroziyaga turg‘un bo‘ladigan metall qatlami bilan qoplash. Shu maqsadda ishlatiladigan metallning standart elektrod potensiali korroziyadan saqlanadigan metallnikidan manfiyroq bo‘lishi lozim. Bunday imkoniyatlardan biri temir buyumni rux qatlami bilan qop­lash (anod qoplama) dir. Shu qatlam oksidlanib tamom bo’lmaguncha himoya qilinayotgan temir buyum korroziyaga duchor bo’lmaydi.
Teskari holda, qoplovchi metallning standart elektrod potensiali himoya qilinayotgan metallnikiga qaraganda musbatroq qiymatga ega bo‘lgan vazi­yat — katod qoplama bo‘ladi. Bunga misol sifatida temir buyumni qalay yoki nikel qatlami bilan qoplashni keltirish mumkin. Bu metall qatlami shikastlangan taqdirda himoya qilinmayotgan metall jadallashgan korrozi­yada qatnashadi, qisqa vaqt davomida ishdan chiqadi.
Metall buyum sirtini metall bo‘Imagan qatlam bilan qoplab, metallni tash­qi muhit ta’siridan himoya qilish usuli ko‘pgina holatlarda maqsadga muvofiq bo‘ladi. Metallarning yuzasini bo‘yoq, lak, emal, surkov moylar, polimer moddalar, solidol, texnik vazelin kabi vositalar bilan qoplash usuli metallni tashqi agressiv muhit ta’siridan saqlash choralaridan biridir. Turli amallar vositasida metall buyum sirtida yupqa nitridlar, oksidlar, karbidlar, silitsidlar, fosfatlar, xromatlar kabi pardalar hosil qilish yaxshi natijalarga olib keladi.
Metallarga turli qo’shimchalar qo ‘shib, korroziyaga chidamli yuzani hosil qilish keng qo‘llaniladi. Tarkibida 18—20% Cr va 10% Ni bo’lganda po‘lat zanglamaydigan holatga o‘tadi. Bunday po‘lat tarkibiga Ni va oz miqdorda Mo qo‘shilsa, po’latning korroziyaga chidamliligi juda yaxshi bo‘ladi. Po‘latga Co, Cu, Ni qo‘shilganda uning passivlanishi kuzatiladi.
Metall yuzasida korroziyaga chidamli pardalar hosil qilish (oksidirlash) jarayonida tayyor buyumni yuqori temperaturada organik mod­dalar ishtirokida kuydirilib, «ko‘kartiriladi» va «qoraytiriladi». Metall bu­yum turli oksidlovchilar (K2Cr2O7, NaNO3 va boshqalar) ishtirokida konsentrlangan ishqor eritmasida qaynatilganda ham metall yuzasining korroziyaga chidamliligi ortadi.



Yüklə 169,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin