Polimer moddalar olishda ayrim kichik molekulyar massali uchuvchan moddalar, masalan, suv, ammiak, HCl ajralib chiqishi natijasida polikondensatlanish reaksiyasi ketadi. Ko‘p marta takrorlangan kondensatlanish reaksiyasi polikondensatlanish deb ataladi. Kichik molekulyar massali moddalar ajralib chiqishi natijasida kimyoviy tarkib o‘zgaradi. Dastlabki monomer va hosil bo‘lgan polimerning tarkibi bir xil bo’luvchi odatdagi polimerlanish reaksiyalaridan polikondensatlanish reaksiyasining farqi ham ana shunda.
Polikondensatlanish jarayoniga fenol C6H5OH va formaldegid CH2O orasida boradigan reaksiyani misol qilib keltirish mumkin:
Tabiiy YMBlarga o’simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan va ularning hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan selluloza, kraxmal, oqsillar, nuklein kislota, lignin va tabiiy kauchuklar va boshqalar kiradi.
Shun’iy YMB tabiiy yuqori molekulyar birikmalarni kimyoviy qayta ishlash natijasida hosil qilinadi. Masalan, viskoza va asetat tolalari –sellulozani qayta ishlash, rezina esa tabiiy kauchukni vulkanlash mahsulidir.
Sintetik YMBlarga sintetik plastik massalar, kauchuklar va sintetik tolalar kiradi. Sintetik YMB tabiatda uchramaydigan va polikondensatlanish reaksiyalari asosida sintez qilib olinadi.
YMB ko’pincha polimerlar (grekcha “poli” –ko’p, “meros” –qism ma’nosiga ega) ham deb ataladi. Bir necha ming molekulalari o’zaro birikib, polimer hosil qiladigan quyi molekulyar moddalar monomerlar deyiladi. Masalan, quyidagi reaksiyada:
nCH2 = CH2 (-CH2 – CH2-)n
etilen-monometr polietilen-polimer
Polimer molekulalari makromolekula ham deyiladi. Makromolekula ko’p marta takrorlanadigan atomlar gruppasi –CH2 – CH2 –struktura birikmalari deyiladi. Polimer molekulasidagin soni monomerning necha molekulasi birikib, makromolekula hosil qilishini ko’rsatadigan sob bo’lib, polimerlanish darajasi deyiladi.
YMBlar tuzilishi va xossalari jihatidan juda turli-tumandir. Lekin shu bilan bir qatorda polimer moddalarning o’ziga xos xususiyatlari ham bor. YMBlarning molekulyar massasi juda katta bo’lib, bir necha mingdan bir necha milliongacha bo’ladi. Odatda, YMBlar molekulyar massasi turlicha bo’lgan makro-molekulalarnig aralashmasidan tashkil topgan. Shu sababli, ham polimerlarning molekulyar massasi uning tarkibiga kirgan makromolekulya molekulyar massasining o’rtacha qiymatiga tengdir. YMB larning fizik va mexanikaviy xossalari ko’p jihatdan ularning molekulyar massasiga og’liq. Molekulyar massasining ortib borishi bilan quyi molekulyar moddalar uchun xarakterli bo’lgan diffuziya, uchuvchanlik, eritmalardagi xarakatchanlik singari xossalsr asta-sekin yo’qolib, makromolekulalarning o’ziga xos )bo’kish, yuqori qovushqoqlik, qizidirilganda haydalmasdan parchalanish kabi) xususiyatlari paydo bo’ladi.