Embrional rivojlanishning umumiy qonuniyatlari



Yüklə 8,39 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü8,39 Kb.
#191937
1   2   3
1549977838 68730

Embrion embrion qismlardan aloxida ajralib chiqib, bo‘yiga o‘sadi va bosh (kranial) hamda dum (kaudal) tomonlari bo‘lgan silindirsimon tuzilmaga aylanadi. Shu bilan bir vaqtda embrion varaqlari ham o‘zgarishlariga uchraydi. Tashqi embrion varag‘i yoki ektoderma teri ektodermasini paydo qiladi.

Embrionning o‘zida shakllanib paydo bo‘ladigan a’zolar bilan bir vaqtda uning rivojlanishi uchun yordamchi a’zolar (xorion, amnion, allantois va sariqlik xaltachasi) juda ham katta rol o‘ynaydi. Xorion yoki vorsinkali parda xomilaning pardasini hosil qiladi va amniotik xalta hamda sariqlik xaltalari bilan birgalikda uni o‘rab turadi.


Teri epiteliysi va uning unumlari (soch, junlar, tirnoqlar, yog‘ bezlari va sut bezlari), og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardalari va bezlarni qoplovchi epiteliyning bir qismi, siydik chiqarish va urug‘ chiqarish yo‘llari epiteliysi teri ektodermasidan rivojlanadi.

Embrionning o‘zida shakllanib paydo bo‘ladigan a’zolar bilan bir vaqtda uning rivojlanishi uchun yordamchi a’zolar (xorion, amnion, allantois va sariqlik xaltachasi) juda ham katta rol o‘ynaydi. Xorion yoki vorsinkali parda xomilaning pardasini hosil qiladi va amniotik xalta hamda sariqlik xaltalari bilan birgalikda uni o‘rab turadi.


Xorionning bachadon devori ichkarisiga qarab turadigan qismi tarmoqlanib ketgan bir qancha vorsinkalar chiqaradi, shular bachadon to‘qimalari bilan chatishib, qo‘shilib ketadi va ular bilan birgalikda bola o‘rni yoki platsentani hosil qilishda ishtirok qiladi.

Xomilaning ichki pardasi (amnion) suyuqlik bilan to‘lgan pufakchadan iborat. Embrion shu suyuqlikda rivojlanadi. Ichki pardani qag‘onoq pardasi deb ataladi. Xomila to tug‘ilish paytgacha shu parda ichida turadi. Amnion suyuqligi xomilaning moddalar almashinuvida ishtirok qiladi, uni nokulay mexanik ta’sirlardan saqlaydi va tug‘ruq jarayonining to‘g‘ri o‘tishiga imkoniyat yaratadi.


8-hafta

Yüklə 8,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin