Platsenta yordamida xomila nafas oladi, oziqlanadi va moddalar almashinuvi maxsulotlarini tashqariga chiqarib turadi.
Xorion vorsinkalari platsentaning asosiy massasini tashkil qiladi. Fizik-kimyoviy jixatdan olganda vorsinkalar yarim o‘tkazgich membranalardir. Xorion vorsinkalari platsentaning asosiy massasini tashkil qiladi. Fizik-kimyoviy jixatdan olganda vorsinkalar yarim o‘tkazgich membranalardir.
Bolaning ona qornida rivojlanishi. Bunday rivojlanish shartli ravishda ikki davrga:
1) embrional davriga 2) xomila davriga (fetal davr) bo‘linadi. Embrional davr urug‘lanish paytidan boshlab, to xomiladorlikning II oyi oxirigacha davom qiladi. Bu davrda eng muhim a’zo va tizimlar (asab, qon yaratish, yurak-tomir, xazm, ajratish, endokrin tizimlar) ning murtaklari hosil bo‘ladi, gavda, bosh, yuz, qo‘l-oyoq murtaklari shakllanadi.
Embrionda odamga xos xususiyatlar shakllanadi. Mana shu davrda rivojlanish jarayonlari juda tez bo‘ladi, moslashtiruvchi mexanizmlar xali rivojlanmagan bo‘ladi. Shu sababdan ham embrion zarar yetkazuvchi omillar ta’siriga juda ham sezgir bo‘ladi.
Embrionning rivojlanishi kislorod yetishmovchiligi, xaddan tashqari qizib ketish, mikroblar, alkogol va boshqa moddalar izdan chiqarib, uning xalok bo‘lishiga yoki mayib-majrux bo‘lib qolishiga olib keladi.
Xomila, ya’ni fetal davr II oy (8 xafta) oxiridan boshlab, xomila tug‘ilguncha davom etadi. Bu davrda xomila tez o‘sib, a’zo va tizimlari tez rivojlanadi. IV oy oxiriga kelib (16 xafta) xomilaning bo‘yi 15sm, massasi 110-120g ni tashkil qiladi. V oyning oxirida (20 xafta) xomila yuragini urishi yaxshi eshitiladi va uning harakati bilinadi. VII oyning oxiriga ketib (28 xafta) xomila massasi 1000-1200g ga, buyi 35-36sm ga yetadi.
Rivojlanish davri 8 dan 40 xaftalikgacha
Adabiyotlar:
Narziyev D.X., T.: “Mexnat”1986
Kodirov E. “Gistologiya” T.: “O’qituvchi” 1994
Alimov D.A. Gistologiya va Embriologiya. T. “O’qituvchi”