Amir temur o‘gitlarining tarbiyaviy ahamiyati annotatsiya



Yüklə 457,7 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.10.2023
ölçüsü457,7 Kb.
#160358
amir-temur-o-gitlarining-tarbiyaviy-ahamiyati



 
AMIR TEMUR O‘GITLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI 
 
 
Annotatsiya:
ushbu maqolaning mazmun-mohiyati quyidagicha, Sohibqiron 
bobomiz Amir Temur ma’naviy me’rosi haqida ta’lim jarayonida o‘quvchiga 
tushuncha berish, o‘gitllar tub ma’nosini o‘rgatish.
Kalit so‘zlar:
adolat,
ta’lim jarayoni,
ma’naviy meros,
insonparvarlik,
el-yurt 
osoyishtaligi,
”Temur tuzuklar”, “Dil ba yor-u, dast ba kor”.
Kurashib erishilmagan g‘alaba, g‘alaba emas.
 
Amir Temur
 
Amir Temur –
buyuk davlat arbobi,
kuragi yer ko‘rmagan sarkada,
qonunshunos, ruxshunos,
notiq,
iste’dotli me’mor va adolat ustiga barpo etilgan yurt 
asoschisi.
El-yurt tinchligi uchun umrini tikkan va uni jahonga mashhur qilgan bu 
buyuk insoning jang-u jadal va tahlikaga to‘lib-toshgan hayoti va faoliyatni garchan 
qisqa va umumiy tarzda kichik bir maqolda yoritish mushkul holat.
Amir Temur 7 yoshidan ilm olishni boshlaydi.Yosh bo‘lishiga qaramay uning 
ilmga muhabbati va o‘tkir zehni ta’lim jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi. U yosh 
bolalilk paytidan boshlab o‘zining dovyuak, mard, jasurligi bilan omma e’tiboriga 
tushadi. Jang san’atini mukammal egallaydi. Qur’oni Karimni yod oladi,
hadis ilmini 
o‘rgandi.O‘rgangan bilimlari ostida halol,
pok,
aql-zakovatli,
e’tiqodi mustahkam,
adolatlatli inson bo‘lib yetishadi.
Amir Temur yovuzlikni,johillikni,
zo‘ravonlikni 
hushlamas,
adolat va insonparvarlikni ulug‘lar edi.Uning tarix zarvaraqlariga oltin 
harflar bilan bitgan “Kuch adolatdadir” degan hikmatli gapi bunga yaqqol misol bo‘la 
oladi.Shu o‘rinda takidlash joizki, uning jahonga mashhur nodir asari bo‘lmish 
“Temur tuzuklari” kitobida ham bu g‘oyalar ilgari surilgan.Asarda nafaqat jang 


 
san’ati,mamlakatni 
qanday 
boshqarish 
yoriqnomasi 
balkim 
odob-axloq 
me’yorlari,yoshlarni ma’naviyatga boshlovchi g‘oyalar keng yoritilib berilgan. 
Taniqli olim Bo‘riboy Ahmedov “Temur tuzuklari” podshohlarning turish-turmush 
va odob-axloq normalarini belgilab beruvchi risoladir, deb tariflaydi. 
Amir Temur jang-u jadallikda kechgan umri davomida yosh avlodga turmush 
odobi, hulq-odob qoidalari, ma’naviyat-madaniyat haqida takrorlanmas o‘gitlar 
meros qilib qoldirgan va bu o‘gitlarni pedagogika jarayonida qo‘llash ta’limda 
ko‘zlangan maqsadga yo‘l ochadi.Amir Temurning ma’naviy merosida 
insonparvarlik, adolatlilik, mehnatsevarlik, vatanga sadoqat, to‘g‘rilik, do‘stlik-
hamkorlik, mehr-muruvvat ko‘rsatish,yaxshilik,sabr-qanoat kabi xislatlar ulug‘lanib, 
xiyonat, bevafolik, sotqinlik, yolg‘onchilik qoralanadi. 
Hayotda “rosti-rusti” qoidasiga rioya etgan Amir Temurning o‘zi 
naqshbandiylik tariqatidagi “Dil ba yoru,dast ba kor” tamoyiliga ko‘ra ish tutib, 
Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr Farobiy,Jaloliddin Davoniy va boshqalar tomonidan 
targ‘ib etilgan va haqiqiy komil inson,adolatli hukmdor uchun zarur bo‘lgan quydagi 
o‘n ikki qoidani o‘ziga yo‘riq qilib olganini ko‘ramiz: 
1.
Har yerda va har vaqtda Islom dinini quvatlash; 
2.
Davlat va saltanatni boshqarishda o‘n ikki tabaqa; 
3.
Toifadagi kishilarga tayanish; 
4.
Dushman bilan kurashda maslahat; 
5.
Kengash ; 
6.
Tadbirkorlik bilan ish ko‘rish; 
7.
Faolik; 
8.
Hushyorlik ko‘rsatish; 
9.
Ehtiyotkorlik ko‘rsatish; 
10.
Saltanat ishini yurgizishda murosayu madora; 
11.
Muruvvat bilan ish ko‘rish; 
12.
Sabr-toqat bilan ish ko‘rish. 
Amir Temur hayoti va faoliyati davomida o‘zi qat’iy rioya etgan,haqiqiy 
yetuklik belgisi sanalgan din,imon,aql bilan ish ko‘rish va ilmga e’tiqodni 


 
boshqalarga ham tavsiya etgan hamda avlodlarni ham shu ruhda tarbiyalashga kata 
e’tibor qaratgan. Quyida uning shu mazundagi xalq orasida keng tarqalgan o‘gitlarini 
misol keltirishimiz mumkin: 
1.
Yaxshi odam yurt tuzar,yomon odam yurt buzar. 
2.
Shijoatli odamni do‘st tut, chunki Alloh jasur kishilarni ardoqlaydi. 
3.
Ulamo bilan suhbatda bo‘l va pok niyyatli,toza qalbli kishilarga 
talpin.Bularning hikmatlaridan ulush tilanib,muborak nafaslari bilan dou-fotiha 
berishlarini iltimos qil. 
4.
Bir tayoqni sindirish mumkin, ko‘p tayoqni bukolmaysan ham. 
5.
Og‘zing to‘la qon b’lsa ham,dushman oldida tupurma. 
Amir Temur zamonida musiqa, badiy adabiyot, rassomlik sa’nati rivoj topib
yoshlarga she’r yozish,rasm chizish,musiqa aspoblarini chalish,kitobxonlik,lison ilmi, 
husnihat o‘rgatilgan.Sohibqironing buyuk saltanatida ijod qilgan shoirlar, rassomlar, 
mashshoqlar va boshqalar buning yaqqol dalilidir. Bu davrda katta shaxar 
hunarmandlari hamda ashula,raqs,suxandonlik bilan shug‘ullanganlari haqida 
Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida qayd etilgan. 
Sohibqiron bobomiz o‘zining hayoti tamoyillari haqida shunday degan: 
“Men o‘z hayotim mobaynida besh narsaga qa’tiy e’tiqod qo‘ydim va 
hamishalig‘ ularga amal qildim,ular ushbulardir: 
Alloh – ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig‘insang, istagan murod-u 
maqsadingga yetkazadi; 
Tafakkur- fikrlash va mushohada qobilyati; 
Qilich – ul yigitning yo‘ldoshi, el-yurt osoyishtaligining posponi,har qanday 
dushmanning mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin; 
Imon – ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turuvchi xususiyatdir.Imonli 
odam xiyonat qilmaydi,qarindosh-urug‘lari,el-yurtning or-nomusini himoya qiladi, 
halollik va pokizalikni fazilat biladi; 
Kitob (bitik) – barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-zakovatning, ilm-u 
donishmandlikning asosidir;hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir. 


 
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Amir Temurning ibratli,hayotiy pand- 
nasixatlari va o‘gitlarining har biri ma’no-mazmun kengligi, mantiqning 
kuchliligi,teranligi,ta’siri,umuminsoniy qadriyatlar asosiga qaratilganligi bilan 
alohida ahamiyat kasb etadi va ularni bitmas-tuganmas xazina, odob-axloqqa oid 
dasturlar deya olamiz. Bu o‘gitlar sohibqironning juda mashaqqatli va sertashvish, 
goh muvaffaqqiyatli, goh muvaffiqqiyatsiz, goh quvonchli,goho anduhli umrining 
ijodiy mevasi hamda xalqni bir maqsad yo‘lida birlashtirgan, jipslashtirgan sehrli va 
tarbiyaviy kuchga ega bo‘lgan durdona merosdir. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. “ Temur tuzuklari” [forschadan Alixonto‘ra Sog‘uniy va Habibulla 
Karomatov tarjimasi], 1991,1996; 
2. “Temur tuzuklari” ni O‘zbekistonda o‘rganish muommolari [Temuriylar davri 
madaniy yodgorliklari], 2003 
3. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” “Davlat ilmiy nashiryoti” Toshkent 
2011. 

Yüklə 457,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin