1872 yilda nashr etilgan “Odam va hayvonlarda emotsiyalarning ifodalanishi” nomli asarida CH.Darvin emotsiyalar rivojlanishining evolyutsion yo’lini asosladi. Uning mohiyati shundan iboratki, emotsiyalar yoki foydali, yoki evolyutsion jarayonda yashash uchun kurash tufayli sodir bo’ladigan turli maqsadga yo’naltirilgan reaktsiyalarning qoldiqlaridir.
G’azablangan inson qizarib ketadi, og’ir nafas oladi, kaftlarini qisib oladi, chunki ibtidoiy jamoa davrida har qanday g’azab, odamlarni urishishga olib kelgan, bu esa energetik muskul qisqarishlarini, muskul ishini ta’minlaydigan qon aylanish va nafas olishni ta’minlagan. Qo’rqqanda qo’llarning terlab ketishi u odamning maymunsimon avlodlarida bu reaktsiya daraxtlarning shoxlaridan ushlab olishni yengillashtirgan. Bu bilan CH.Darvin odamlar va hayvonlar emotsiyalarining paydo bo’lishida umumiylik borligi isbotlangan.
V.Vundtning emotsiyalar haqidagi tasavvurlari eklektik xarakterga ega. U bir tomondan Gerbartning tasavvurlar hislarga ta’sir etadi, degan fikriga qo’shiladi, boshqa tomondan uning fikricha, emotsiya bu tasavvurlarning kechishiga hislarning bevosita ta’sirida xarakterlanadigan ichki o’zgarishlardir. Vundt “tana” reaktsiyalarini hislarning oqibati sifatida qaraydi.
V.Vundtning ta’kidlashicha,mimika sezgining emotsional tonini aks ettirish sifatida dastlab elementar sezgilar bilan bog’liq ravishda vujudga keladi; murakkab oliy hislar keyinchalik paydo bo’lgan. Inson ongida qandaydir emotsiya paydo bo’lganda assotsiatsiya bo’yicha mazmunaan yaqin his yoki sezgi paydo bo’ladi. Ana shu sezgining emotsional toniga mos mimik harakatlarni chaqiradi. Masalan, nafratlanish, jirkanish (pastki labni oldinga chiqarish) og’izga kirgan yoqimsiz narsani tupurganga o’xshash harakatlarga o’xshaydi.
Amerikalik psixolog U.Djems (1884) emotsiyaning periferik nazariyasiga asos solgan. Bu nazariya emotsiyalarning ma’lum fiziologik reaktsiyalarga bog’liqligiga asoslanadi.U quyidagicha yozadi:”Biz xafa bo’lamiz va yig’laymiz. Oldimizdan ayiq chiqib qolsa, qo’rqib ketamiz va qochamiz. Dushmanimiz tomonidan jahlimiz chiqarilsa, uni uramiz”.
Daniyalik patalogoanatom K.G.Lange 1895 yilda xuddi shunga o’xshash fikrlar ifoda etilgan asarini nashr etdi.
Uning fikricha, xursandchilik 2 hodisaning natijasidir: ya’ni motor inervatsiyaning kuchayishi va qon tomirlarining kengayishi bilan bog’liq.