Emotsiyalar va xronologik yosh


Stress ko’rinishiga qarab ikki turga ajratiladi



Yüklə 26,77 Kb.
səhifə3/9
tarix14.08.2023
ölçüsü26,77 Kb.
#139323
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Emotsiyalar va xronologik yosh

Stress ko’rinishiga qarab ikki turga ajratiladi:
1. Konstruktiv - biz turidagi (ko’pchilik orasida);
2. Destruktiv - men turidagi (yakka shaxs o’zi bilan) kechadigan jarayon.
Stress holatini oddiy tilda aytadigan bo’lsak, bu insonlarda kechadigan tushkunlik holatidir. Insonning aqliy jihatlari va fiziologik tizimida stress holati bo’lmasligi mumkin emas. Bular ko’p hollarda muloqotlarda va boshqa ijtimoiy jarayonlarda yuz beradi. Stressni fiziologik va psixologik turlari mavjud. Fiziologik stress - bu o’ta jismoniy zo’riqish, biror og’riq, qo’rquv, kasalliklar natijasida vujudga keladi. Fiziologik stress organizm o’ta zo’riqishi, temperaturaning baland yoki past bo’lishi, nafas olishning qiyinlashishi bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, ba'zida odam organizmida qattiq og’riq bo’lganda, og’riq nimadan kelib chiqqanligini tushunib yeta olmaslik oqibatida odamda qo’rquv, xavotirlanish paydo bo’ladi va stress holatiga olib keladi.Psixologik stress-odamning ruhiy holatiga voqealarni ta'siri tufayli paydo bo’ladigan stress .Psixologik stress informasion stress va emosional stress turlariga ajraladi.Informasion stress axborotlarni haddan tashqari ko’p qabul qilish vazifalarni bajarishda bir qancha yechimlar bo’lsa-da, aniq ulardan qaysi birini tanlash yuqori darajadagi shiddat bilan qaror qabul qilishdagi ikkilanishi natijasida kelib chiqishi mumkin. Axborotlarni haddan tashqari ko’p qabul qilish oqibatida odam psixikasi zo’riqadi (charchaydi) va buyrak usti bezlaridan stressli garmonlar ko’p ishlab chiqara boshlaydi. Haddan tashqari zo’riqish natijasida miyada tormozlanish yuz beradi va oqibatda tanglikka olib kelgan axborotgina miyada aks etaveradi. Miya boshqa axborotlarni tashqi ta'sirni qabul qila olmay qoladi. Bu ba'zi hollarda salbiy yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Miyada stressga olib kelgan axborot tormozlanib, saqlanib qolganda tanglik holatining yuqori nuqtasiga chiqqanda tanglik holatidan chiqib ketolmay o’z joniga qasd qilishgacha olib kelishi mumkin. Emotsional stress-ta'qiq qilish, falokat, hayotiy o’zgarishlar (oilaviy mojarolar, to’satdan ishdan bo’shatish yaqin kishisini yo’qotish, uzoq muddatli sevgidan qutila olmaslik sababli, xavf ostida qolganda, atrofdagilar tomonidan noto’g’ri munosabat qilinganda va hokazolarda) ko’rinadi. Olimlar o’tkazgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, falokat, hayotiy o’zgarishlar, kundalik tashvishlar ko’proq stresslar hisoblanadi. Falokat - bu notinchlik, urush, yer qimirlash, suv toshqinlari, avtohalokatlar va hokazo. Bularning hammasi inson ruhiy holatiga juda katta salbiy ta'sir ko’rsatadi. Olimlar shuni ta'kidlashadiki, qattiq yer qimirlashi, suv toshqinlari, yong’in bo’lishi kabi falokatlarning inson ruhiyatiga katta ta'sir ko’rsatishi natijasida xavotirlanish darajasi yuqori bo’lishi kuzatiladi. Hayotiy o’zgarishlar - bu insonni hayotida yuz beradigan voqea va hodisalardir. Masalan, yaqin kishisining halok bo’lishi, kutilmaganda ish o’rnini yo’qotishi, ajralishlar va hokazo. Agarda inson bir qancha inhirozli vaziyatni boshidan o’tkazsa, qattiq kasallanishi va hattoki o’limga ham olib kelishi mumkin.Kundalik tashvishlar - bu ish joylarida sodir bo’ladigan qiyinchiliklar, o’qish joylaridagi o’quvchilarning o’quvchilarga, o’qituvchilarning o’qituvchilarga noto’g’ri munosabatda bo’lishlari, imtihonlarni muvaffaqiyatsiz yakunlanishi va hokazolarda namoyon bo’ladi. Kundalik tashvishlar mayda stresslarni kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin, mayda stresslar to’planib borib inson sog’liqiga ta'sir ko’rsatadi. Jumladan, qon bosimining oshishi, yurak faoliyatining buzilishi va boshqalarda kuzatilishi mumkin. Doimiy yuz berib turadigan kundalik tashvishlar, aqliy, jismoniy, emosional va ruhiy zo’riqishga olib kelishi mumkin Stress ayrim odamlarda yengil kechadi, ayrim odamlarda jiddiyroq, qiyinroq o’tadi. Bunga asosiy sabab quyidagilar deb belgilanadi: uning hosil bo’lishi stressli vaziyatga qay darajada munosabatda bo’lishimizga va bu holatni baholashimizga va u bilan kurashishimizga bog’liqdir. Masalan, optimist odamlar stress holatini taqdirning bir sinovi deb qabul qilsa, pessimist odamlar uning hayotiga xavf-xatar tug’ildi, deb qabul qilar ekanlar. Pessimistlarda xavotirlanish darajasi yuqori bo’ladi va ular vaqtida ovqatlanmasalar ham stress holatiga tushib qolaveradilar. Psixologlar Maykl Shayer va Marlz Karver fikricha, optimist inson eng og’ir, qiyin vaziyatda ham yaxshi deb oldinga intiladi, o’z organizmida stress moslashib olishiga yo’l qo’ymaydi. Birinchi bo’lib stress bo’yicha 1932 yili fiziolog Uolter Kennon va 1936 yilda vrach Gans Sele chuqurroq tushuncha berishga harakat qilganlar. U.Kennonning gomeostaz nazariyasi asosida 1933 yilda "Psixika va tana" asari yaratildi. Bu asarda barcha tashqi sharoit o’zgarishlariga optimal (to’la) moslasha oladigan bir yaxlit organizm haqida yozilgan. Organizmdagi turli o’zgarishlar, ya'ni ochlik, qo’rquv, jahldorlik holatlarini ko’p yillar kuzatib o’rganish natijasida "gomeostoz" ya'ni organizmni ichki holatini davomiyligi nazariyasi yaratildi. Uning fikricha, gemostoz va tashqi muhit ta'sirida asosiy o’rinni markaziy va vegetativ nerv tizimi egallaydi. Markaziy nerv tizimi tashqi-muhit, bilan vegetativ nerv tizimi esa gemeostoz holatini saqlab turadi. Bundan organizmni "qochishi va kurashishi" uchun energiya ishlab chiqaruvchi simpatoadrenal tizimi muhim rol o’ynaydi. 2.Emotsional hodisalarning psixologik nazariyalari

  • Faylasuflar va tabiatshunoslar tomonidan emotsiyaning mohiyati va tabiati jiddiy o’rganilganidan so’ng 2 asosiy nuqtai nazar paydo bo’ldi. Ulardan birinchisi intellektualistik nuqtai nazar deb atalib, I.F.Gerbart tomonidan aniq tavsiflangan bo’lib, emotsiyalarning organik namoyon bo’lishi psixik hodisalar oqibatidir.Gerbartning fikricha emotsiya bu – tasavvurlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar, nizolar tufayli sodir bo’ladigan psixik buzilishdir. Bu affektiv holat ixtiyorsiz ravishda vegetativ reaktsiyalarni sodir etadi. Ikkinchi nuqtai nazar sensualistlarning fikricha, organik reaktsiyalar psixik hodisalarga ta’sir etadi.


Yüklə 26,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin