ILLYUZIYA (lot. illusio — yanglish tasavvur, yanglishish) — 1) voqelikni notoʻgʻri, yanglish idrok etish. Ikki xil Illyuziya farq qilinadi: a) sezgi va idrokning muayyan qonunlari tufayli roʻy beradigan Illyuziya lar. Koʻpincha, narsa va hodisalarni yaxlit idrok qilish kishida yanglish tasavvur hosil etadi. Mas, ogʻirligi aynan teng, ammo kat-taligi har xil boʻlgan ikki buyumni ketma-ket koʻtarib koʻrilsa, kattasi yengilroq, kichigi ogʻirrokdek tuyuladi. Buning sababi shundaki, kishi hajmi kattaroq buyumning xajmi kichikroq buyumdan ogʻir ekanligini oʻz tajribasida doimo sinab kelgan, bi-nobarin, hajmi har xil buyumlarni koʻz bilan idrok qilganda beixtiyor shu tajribasiga tayanib, kattaroq buyumlarni ushlaganida koʻproq zoʻr beradi, kichikroq buyumni qoʻliga olganda uncha zoʻr bermaydi.
Illyuziya kup hollarda koʻzning chalgʻishi bilan bogʻliq. Bu xil Illyuziyalar optik Illyuziya deyiladi. Optik Illyuziya muayyan sharoitda turli kesmalar uzunligi, burchaklar kattaligi, narsalar oʻrtasidagi masofalar va sh. k. oʻzaro taqqoslanganda ku-zatiladi. Bu xil Illyuziyalar turmushda kup uchraydi. Shuningdek, eshitish I. si (birovning nutqidagi ayrim suzlar boshqacha bir maʼnoda aytilgan soʻzdek eshitiladi), harakat I. si (poyezd juda ham tez yurganda vagondagi kishiga goʻyo u harakat qilmayotgandek tuyuladi) va b. ; b) insondagi psixofiziologik, koʻpincha hayajonlanish, charchash, qoʻrqish holatlarida roʻy beradigan subyektiv Illyuziya lar. Mac, oʻrmondagi toʻnka qoʻrqoq odamning koʻziga biron-ta yirtqich qayvonga oʻxshab koʻrinadi. Sogʻlom odamlarda Illyuziya oʻtkinchi holat; ayrim psixik kasalliklar (makrop-siya, metamorfopsiya, giperpatiya va h. k.) natijasida paydo boʻladigan Illyuziya ancha turgʻun. Illyuziyani yoʻq narsalar bordek boʻlib tuyuladigan holat — gallyutsinatsiyav&ya farq qilish kerak.
Illyuziya xususiyatlarini bilish ulardan toʻgʻri foydalanish imkoniyatini beradi. Mac, toʻla kishilar uzunasiga yoʻl-yoʻl kiyim kiyishga harakat qiladilar. Chunki bu xil kiyimlarda kishi Illyuziya tufayli nisbatan ixcham boʻlib koʻrinadi. Optik Illyuziyadan tasviriy sanʼatda, meʼmorchilik va harbiy maskirovkada, bosmaxona shriftlarini tayyorlashda keng foydalaniladi;
Illyuziya – bu sezgilarni aldanishi, ya’ni real mavjud bo‘lgan obyekt yoki hodisani yanglish his qilish va noto‘g‘ri talqin qilish hisoblanadi. Lotincha illusio – aldanish, adashish, xato so‘zidan olingan.
Illyuziyani ikki xil holatda hosil bo‘ladi: Sezgi a’zolarini faoliyati buzilmaydi – masalan optik illyuziyalar.
Patologik, affektiv, va narkotik holatlar – masalan og‘riq, qo‘rquv yoki mast holatlarda.
Shunga ko‘ra illyuziyaning uchta turi farqlanadi:
Affektiv illyuziyalar – insonning emotsional holatlari, ko‘pincha qo‘rquv natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, qorong‘u ko‘chadan yolg‘iz shoshilib ketayotib, burchakda turgan axlat idishini manyakka o‘xshatib yuborish.
Diqqat-e’tibor illyuziyalari – u diqqat e’tiborni ortishi yoki kamayishi bilan kechishi mumkin. Masalan, birovni kelishini kutayotganingizda diqqatingiz kuchayib har qanday shovqin qadam iziga o‘xshatilaveradi. Yoki diqqatni pasayib ketishiga misol: imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan charchagan student kitobning bir qatorini bir necha marotaba qaytarib o‘qiyverishi.
Pareydolik illyuziyalar – u tasavvuri (fantaziyasi) kuchli odamlarda kuzatiladi. Masalan, gilamdagi har xil naqshlar turli xil hayvonlarga yoki mahluqlarning yuzlariga o‘xshab ketishi.
Illyuziya va optik gallyutsinatsiyaning farqi nimada? Gallyutsinatsiyada odam aslida mavjud bo‘lmagan obektlarni bor qilib ko‘radi.
Illyuziyada odam bor narsalarni adashtirib ko‘radi.
Sezgilaringiz aldanmasligiga ishonasizmi? Unda quyidagi suratlarga bir qarang, sezgilaringiz aldanmas ekanmi?! 🙂