Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.
Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi.
Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada ta’ssurot uyg‘otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi.
Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir.
Chunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi.
Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida «Yuragi orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter bosib ketdi» kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi.
Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti qismlarining oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi.
Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining nerv-fiziologik asosiga ega bo‘lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi:
«Menimcha, ko‘pincha odatdagi turmush tartibining o‘zgargan paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi dinamik streotipning qat’iylik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak».
Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol ko‘rinadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo‘lsak, biron yoqimli ko‘ydan lazzatlanish, yoki biron mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik hissiyot hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin.
Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa millat odamiga yoqmasligi mumkin. Bunda ajablanishga hech qanday o‘rin yo‘q. Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga nisbatan deyarli buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga keladi. Ana shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni tug‘diradi. Demak, uzoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim murakkab hisni tashkil qiladi.
Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi. Chunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida bo‘ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya po‘sti qismidagi neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi bosh miya po‘sti bilan bog‘liq.
Uzoq vaqt davomida psixologlar hissiyotlar tabiati haqidagi masalani echishga uringanlar. XVIII-XIX asrlarda ushbu muammo bo‘yicha hech qaday nuqtai nazarlar mavjud emas edi. Keng tarqalgan qarashlardan hissiyotlarning organik ifodalanishlari – bu psixik hodisalarning oqibati haqidagi dalil asosida paydo bo‘lgan intellektuallashtirish nuqtai nazaridir. Tasavvur fundamental psixologik dalil bo‘lib hisoblanadi, bizning hislarimiz esa turli tasavvurlar o‘rtasida o‘rnatiladigan aloqalarga mos keladi, va tasavvurlar o‘rtasidagi nizolika nisbatan ta’sirlanish sifatida ko‘rib chiqiladi, deb hisoblagan I.F. Gerbart, bu nazariyaning aniq ifodasini keltirdi.
V. Vundt ham bu nazariyaning tarafdori edi. SHunday qilib, hissiyotlarni tadqiq qilishda ular haqidagi sub’ektiv, ya’ni, hissiyotlarning psixik tabiati haqidagi fikrlar o‘z tasdig‘ini topdi, unga muvofiq psixik jarayonlar ma’lum organik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
1872 yilda CH. Darvin «Inson va hayvonlarda hissiyotlarning ifodalanishi» asarini chop etdi. Uning fikriga ko‘ra, hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida umumiyliklar mavjud. O‘z fikrini u hayvonlar va odamlar turli emotsional holatlarining tashqi ifodalanishini kuzatishdan kelib chiqqan holda, asoslab berdi. Ushbu kuzatishlardan olingan ma’lumotlar evolyusion ta’limot nomini olgan hissiyotlar nazariyasi asosiga qo‘yildi, bu ta’limotga asosan, hissiyotlar tirik mavjudotlar evolyusiyasi jarayonida hayotiy muhim bo‘lgan organizmning yashash sharoitlari va vaziyatlariga moslashishni ta’minlovchi moslashish mexanizmlari sifatida yuzaga keldi.
Hissiyotlarning hozirgi zamon tarixi 1884 yilda U. Djemsning «Hissiyot nima?» maqolasining chop etilishidan boshlanadi. U. Djems va undan mustaqil ravishda G. Lange hissiyotlar nazariyasini ishlab chiqdilar, unga asosan, hissiyotlarning paydo bo‘lishi hosil qilinadigan tashqi ta’sirlar, ixtiyoriy harakat va tizimlar sohasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar, emotsional kechinmalarning xuddi o‘zidir. Djems bo‘yicha, «yig‘laganimiz sababli qayg‘ulimiz; qaltiraganimiz uchun qo‘rqamiz; kulganimiz uchun xursand bo‘lamiz». Bu hissiy xabar miyaga ta’sir ko‘rsatib, ma’lum hulq-atvorni o‘t oldiradi, teskari somatosensor va visserosensor afferentatsiya esa hissiyotni yuzaga keltirishini bildiradi.
Lekin Djems-Lange konsepsiyasi bir qator e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Organik va emotsional jarayonlarning nisbatiga U.Kennon qarama-qarshi fikr bildirdi. Uning aniqlashiga ko‘ra, insonda sun’iy tarzda hosil qilinadigan organik o‘zgarishlar har doim ham hissiyotli kechinmalar birgalikda kuzatilmaydi.
Keyinchalik, P.Bardning ko‘rsatishicha, haqiqatda, tana o‘zgarishlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotli kechinmalar deyarli bir vaqtda paydo bo‘ladi, bosh miya tuzilishidagi barcha qismlardan esa hissiyotlar bilan talamusning o‘zi emas, balki, gipotalamus va limbik tizimning markaziy qismlari bog‘lanadi. Lindsey-Xebbning faollashtirish nazariyasi Djems-Lange va Kennon-Bardlarning psixoorganik nazariyalaridan so‘ng paydo bo‘ldi.
Bu nazariyaga ko‘ra, emotsional holatlar bosh miya quyi qismi nayining retikulyar formatsiyaga ta’siri bilan belgilanadi, chunki bu tuzilma organizmning faolligi darajasiga javob beradi. Hissiyotli ifodalanishlar esa asab tizimining biror bir seskantiruvchiga javoban faollik darajasining o‘zgarishidir.
Nazariyalarning alohida guruhini hissiyotlar tabiatini kognitiv omillar, ya’ni, tafakkur va ong orqali ochib beradigan dunyoqarashlar tashkil etadi. Ularning orasida, birinchi navbatda, L. Festingerning kognitiv dissonans nazariyasini ta’kidlab o‘tish lozim. Uning asosiy tushunchasi dissonansdir. Bu sub’ektning ob’ekt haqida psixologik qarama-qarshi ma’lumotga ega bo‘lgan vaziyatda yuzaga keladigan salbiy emotsional holat. Bu nazariyaga muvofiq, ijobiy emotsional kechinmalar odamda o‘zi kutgan natijalar tasdiqlanganida paydo bo‘ladi. Bunday ijobiy emotsional holat konsonans sifatida xarakterlanadi, Salbiy hissiyotlar faoliyatdan kutilgan natijalar va voqeiy natijalar o‘rtasida farqlar yoki dissonans bo‘lganida yuzaga keladi.
S.Shexterning kognitiv-fiziologik konsepsiyasiga asosan, paydo bo‘ladigan emotsional holat qabul qilinadigan rag‘batlar va yuzaga keladigan jismoniy o‘zgarishlar bilan birga insonning o‘tmish tajribasi va uning vaziyatni sub’ektiv baholashi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda baholash uning dolzarb va ehtiyojlari asosida shakllanadi.
Kognitivistik nazariyalar qatoriga P.V. Simonovning hissiyotlar axborot beruvchi konsepsiyasi ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini baholashi bilan belgilanadi.
Bu ehtimollikni baholashni inson tug‘ma va avval orttirilgan individual tajriba asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun taxminiy zarur vositalar, vaqt, zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan ma’lumot bilan taqqoslagan holda amalga oshiradi. P.V. Simonovning yondoshuvi quyidagi formulada aks etgan: H = E (M – A), bunda H – hissiyot, uning kuchi va sifati; E – dolzarb ehtiyoj kattaligi va o‘ziga xos xususiyati; M – dolzarb ehtiyojni qondirish uchun zarur ma’lumot; A – ayni paytda insonda mavjud bo‘lgan tegishli axborot.
Ushbu formuladan kelib chiqadigan oqibatlar quyidagicha: agar insonda ehtiyojlar mavjud bo‘lmasa (E = 0), u holda hissiyotlarni ham sezmaydi (H = 0); ehtiyoj sezayotgan inson uni amalga oshirish uchun to‘la imkoniyatga ega bo‘lgan holatda ham, hissiyotlar yuzaga kelmaydi. Agar ehtiyojni qondirish ehtimolligining sub’ektiv baholanishi yuqori bo‘lsa, ijobiy hislar namoyon bo‘ladi. Salbiy hislar esa sub’ekt ehtiyojini qondirish imkoniyatini salbiy baholaganda yuzaga keladi.
Miya po‘stlog‘i emotsional holatlarni boshqarishda o‘ta muhim o‘rin tutadi. I.P. Pavlov tomonidan aynan, miya po‘stlog‘ining hissiyotlar kechishi va ifodalanishi, boshqarishi, tanada yuz beradigan barcha hodisalarni o‘z nazorati ostida ushlab turishi, po‘stloq osti markazlariga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishi, ularni boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan. YUqorida bayon etilganlarning tasdig‘i sifatida sub’ektiv kechinmalar va ularning tashqi ifodasi o‘rtasida keskin farqlar kuzatiladigan klinik holatlarni keltirish mumkin. Miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i shikastlangan bemorlarda istalgan seskantiruvchi muvofiq kelmaydigan tashqi ta’sirlanish: qattiq kulgi yoki shashqator ko‘z yoshlarga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin, kulib turib, bu bemorlar o‘zlarini qayg‘uli, yig‘lab turib esa, ba’zan xursandchilik sezadilar.
Inson hissiyotli kechinmalarida ikkinchi signal tizimi katta ahamiyatga ega, chunki kechinmalar tashqi muhitning bevosita ta’sirlari bilan birgalikda so‘zlar, fikrlar orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shunday, o‘qib chiqilgan hikoya, tomosha qilingan film mos bo‘lgan emotsional holatni yuzaga keltirishi mumkin. Hozirda ikkinchi signal tizimi intellektual, ahloqiy, estetik yuksak insoniy hissiyotlarning fiziologik asosi bo‘lib sanaladi.
Positive moods tend to trigger more left frontal lobe activity. People with posi¬tive personalities—exuberant infants and alert, enthusiastic, energized, and persis¬tently goal-directed adults—also show more activity in the left frontal lobe than in the right.
Pedagoglik kasbining paydo bo’lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa ko’rinadiki, dastlab uning doirasida differentsiallashuv va integratsiyalashuv jarayoni chegaralangan bo’lsa, key-inchalik ochiqchasiga ta’lim va tarbiya qarama-qarshi qo’yila boshladi: o’qi-tuvchi o’qitadi, tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin XIX asrga kelib, taraqqiy-parvar pedagoglarning ishlarida argumentlarni asoslashda ob’ektiv nuq-tai nazardan ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala boshladi. I.F. Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, lekin maqsad yo’q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita etishmaydi.
Nemis pedagogi A. Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi: “Ta’lim printsiplari bor ekan, hamisha tarbiya printsiplari ham bo’ladi, yoki aksincha”.
Pedagogik jarayonning yagonaligi g’oyasi K.D Ushinskiy g’oyalarida chu-qur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma’muriy, o’quv va tarbiya elementlarini bir butun tizim sifatida tushundi. K. D. Ushinskiyning taraqiyparvar g’oyalari uning izdoshlari: N.F. Bunakov, P.F. Lesgaft, K.B Yelniskiy, V.P Baxterov va boshqalarning ishlarida o’z aksini topgan.
Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida shug’ullan-di. U pedagogik jarayonlarning ko’ptomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini taxlil qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, o’qi-tish, o’rgatish, tarbiya, pand-nasihat, o’git va boshqa bir qator so’zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona pedagogik jarayondir”.
N.K.Krupskaya, A.P.Pinkvich, S.T.SHatskiy, P.P.Blonskiy, M.M.Rubin-shteyn, A.S.Makarenko yagona pedagog jarayonning taraqqiyotiga katta hissa qo’shishdi.
XX asrning 70-yillarida Yu.K. Babanskiy, B.S.Ilьin, V.M.Korotov, B.V.Kraevskiy, B.T.Lixachev, Yu.P. Sokolnikov va boshqalar yagona pedagogik jarayonga ilmiy qiziqish bilan qarashdi. Pedagogik jarayonning mohiyati tizimli metodologik yondashuv asosidagina zamonaviy mualliflar tomonidan ochib berildi.
U pedagogik ob’ektlarni tizimlar sifatida qarashni taklif etadi, aynan: tarkibiy qismlarining tuzilishini, ular orasidagi o’zaro aloqadorlikni aniqlash kabilarni o’zida jamlaydi.
Pedagogik jarayon – pedagogik fanlarning eng muhim, asosiy katego-riyalaridan biri.
Pedagogik jarayon kattalarning pedagogik faoliyati va tarbiyachilar-ning boshqaruvchilik roli tufayli faol hayotiy faoliyat natijasida bolaning o’zini-o’zi o’zgartirishining maqsadga yo’naltirilgan mazmundor, tashkiliy harakatidir.
U haqiqatdan ilmiy asoslangan, rivojlantiruvchi va takomillashib boruvchi tizim sifatida mavjud bo’ladi hamda tarbiya qonuniyatlari, pedagogning ijodkorligi va ta’lim oluvchilarning yosh bilan bog’liq o’zgarishlari dinamikasiga asoslanadi.
Pedagogik jarayon boshqa barcha ijtimoiy jarayonlar (iqtisodiy, siyo-siy, axloqiy, madaniy va boshqalar) bilan chambarchas bog’langan. Uning mo-hiyati, mazmuni va yo’nalganligi ijtimoiy jarayonlarning holati, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining real o’zaro haraka-tiga bog’liq bo’ladi.
O’quv-tarbiya jarayonining asosiy xususiyati – yagonalik, undagi barcha muhim tarkibiy qismlarni saqlab qolish zaruriyati.
Yaxlitlik asosiga ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’min-lash pedagogik jarayonning mohiyatini tashkil etadi.
Pedagogik jarayon – ko’plab jarayonlarning ichki aloqadorligi yig’indi-sidir. Unda o’qitish, ta’lim, tarbiya, shaxsning shakllanishi va rivojla-nishi jarayonlari birlashadi.
Pedagogik jarayonning umumiyligi va birligi uni tashkil etuvchi barcha jarayonlarni yagona maqsadga bo’ysundiradi. Pedagogik jarayonning murakkab ichki munosabatlari:
- uni tashkil etuvchi jarayonlarning birligi va mustaqilligi;
- undagi jarayonlarning yaxlitligi va teng huquqliligi;
- umumiy mavjudlik va o’ziga xoslikni saqlashda namoyon bo’ladi.
Pedagogik jarayonga uning tarkibiy qismlarining o’zaro aloqadorlikda qonuniy joy egallashi birligini o’zida ifoda etuvchi yagona tizim sifatida qarash mumkin. Tuzilish(struktura) – bu tarkibiy qism(element)larning tizimdagi joylashuvidir. Tizimlarning tuzilishi tarkibiy qismlarni qabul qilish mezonlarida belgilangani bo’yicha, bundan tashqari ular orasidagi aloqadorlikda tashkil etiladi. Pedagogik jarayonning o’zi maqsad, vazifa, mazmun, metodlar, pedagog va tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati shakllari, shu bilan birga erishilgan natijalar bilan xarakterlanadi.
Pedagogik jarayonda ishtirok etadigan tizim tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:
- pedagoglar;
- tarbiyalanuvchilar;
- tarbiyaviy shart-sharoitlar.
Jarayonning aniq maqsadli tarkibiy qismi pedagogik faoliyatning barcha ko’p obrazli maqsad va vazifalarini: bosh maqsad – har tomonlama va barkamol shaxsni tarbiyalashdan – alohida sifatlarni shakllantirishning aniq vazifasigacha o’z ichiga qamrab oladi.
Mazmunli tarkibiy qism umumiy maqsad bilan birga, xuddi shunday aniq vazifani qo’yadigan ma’noni aks ettiradi.
Faoliyatli tarkibiy qism – jarayonni tashkil etish va boshqarishda busiz belgilangan natijalarga erishish mumkin bo’lmagan pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati va ularning hamkorligi. Mazkur tarkibiy qism pedagogik adabiyotlarda yana tashkiliy yoki tashkiliy-boshqaruvli deb ham nomlanadi.
Jarayonning natijali tarkibiy qismi uni amalga oshishi samarador-ligini aks ettiradi, qo’yilgan maqsad bilan bog’liqlikda muvafaqqiyatli o’zgarishlarga olib kelish bilan xarakterlanadi.
Professor I.P.Rachenko ta’lim tizimidagi tarkibiy qism(kompo-nent)larni quyidagicha bo’lib ko’rsatadi:
- tizim faoliyatini aniqlashtiruvchi maqsad va vazifalar;
- ta’lim va tarbiya mazmuni maqsad va vazifalarining amalga oshishi-ni ta’minlovchi pedagogik kadrlar;
- tizimning ilmiy asosda ishlashini tashkil etuvchi ilmiy kadrlar;
- ta’lim oluvchilar(ta’lim oluvchilar);
- moddiy-texnik ta’minot;
- tizim va uning samaradorligi ko’rsatkichlarining moliyaviy ta’mi-noti;
- shart-sharoit(psixofiziologik, sanitar-gigienik, estetik va ijti-moiy);
- tashkil etish va boshqarish.
Amerikalik pedagog F. G. Kumbs quyidagilarni ta’lim tizimining asosiy tarkibiy qismlari deb hisoblaydi:
- tizimning faoliyatini aniqlashtirib beruvchi maqsad va birinchi galdagi vazifalar;
- ta’lim oluvchilar hamda tizimning asosiy vazifasi hisoblanmish o’qitish;
- tizim faoliyatini muvofiqlashtirish, rahbarlik va baholashni amalga oshiruvchi boshqarish;
- turli vazifalar bilan bog’liqlikda o’quv muddati hamda ta’lim oluvchilar guruhining tuzilishi va taqsimlanishi;
- mazmun – eng asosiysi, ta’lim oluvchilar ma’lumotga ega bo’lishlari shart;
- o’qituvchilar;
- o’quv qo’llanmalar: kitoblar, doskalar, xaritalar, filьmlar, laboratoriyalar va boshqalar;
- o’quv jarayoni uchun zarur bo’lgan bino;
- texnologiya – ta’limda foydalaniladigan barcha metod va usullar;
- bilimlarni baholash va nazorat qilish: qabul qilish, baholash, imtihonlar, tayyorgarlik sifati qoidalari;
- bilimlarni oshirish va tizimni takomillashtirshi uchun tadqiqot ishlari;
- ta’lim samaradorligi ko’rsatkichlari xarajatlari.
Dostları ilə paylaş: |