Biogenetik nazariya va uning mohiyati, sotsiogenetik nazariyasining mazmun mohiyati, konstitutsion nazariyaning mazmuni, rollar nazariyasi mazmuni.
Xozirgi kunda inson shaxsini tadqiq qilishga har hil nuktai nazardan yondoshadigan bir kator nazariyalar (ta’limotlar) mavjud:
a) biogenetik,
b) sotsigenetik,
v) psixogenetik,
g) kognitivistik,
d) psixo-analitik,
e) bixevioristik.
Biogenetik nazariyada -insonning biologik etilishi bosh omil sifatida qabul qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller, va E.Gekkel kashf qilgan- ular fikricha: shaxs psixologiyasining individual rivojlanishi (ontogenez) butun insoniyatning tarixiy rivojlanishining (filogenezni) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi. (chakalok-faqat sut emizuvchi xayvon, 6 oylikda maymunlar darajasiga etadi, 2 yoshida oddiy odam, 5 yoshda ibtidoiy gala, maktabga kirgach ibtidoiy davr odami darajasida, 16-18 yoshda xozirgi zamon kishilari darajasiga etadi deb xisoblaydilar. Inson zotidagi rivojlanishi bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi. Biologizm tarafdorlaridan Krechmer«Konstitutsion nazariya» yaratgan. Z.Freyd esa shaxsning barcha xatti-harakatlari instinktlaridan kelib chikadi deb xisoblaydi. Albatta, biologik omillar inson xulqini belgilovchi birdan bir omil emas.
Sotsiogenetik nazariya - inson biologik tur sifatida to`g’ilib, xayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi, deb xisoblaydi. M.: rollar nazariyasi ta’limoti inson ijtimoiy muxitda bajarishi shart bo`lgan maxsus rollar uning xulq atvorida, boshqalar bilan munosabatida sezilarli iz qoldiradi deb xisoblaydi.
AQShda individual tajriba va bilimlarni o`zlashtirish nazariyasi keng tarqalgan.
Bu nazariyalarda inson xayotining ijtimoiy tarixiy, ob’ektiv shart-sharoitlari e’tiborga olinmagan.
Psixogenetik nazariya –psixik jarayonlarning rivojlanishini 1-darajali ahamiyatga ega deb xisoblaydi.
Kognitivistik yo`nalish-J.Piaje, Dj.Kelli- aql idrok funktsiyalari hamda uning davrlari xaqidagi ta’limot.
Ko`rsatma berish deganda bilish faoliyati bilan bog`lik bo`lgan extiyojni ma’lum usulda qondirishga tayyor turish tushuniladi. Ko`rsatma berish shaxsning o`zi anglab etmagan bir xolatdir. Bunday xolatda shaxs biror extiyojini qondirishi mumkin bo`lgan ma’lum faoliyatga tayyor to`rgan bo`ladi.
SHaxs ijtimoiy, konkret - tarixiy sharoitlarda yashashi, ta’lim-tarbiya olishi tufayli tarkib topadi. SHaxs taraqqiyotining xarakatlantiruvchi kuchi nimadan iborat? Bu masalani xal qilish yuzasidan psixologiya tarixida ikkita okim mavjud bo`lib, ulardan birinchisi shaxs psixik taraqqiyotining biogenetik kontseptsiyasi, ikkinchisi esa soo`iogenetik kontseptsiyasidir.
Biogenetik kontseptsiyaga ko`ra inson shaxsining taraqqiyoti biologik faktor, ya’ni nasliy faktor bilan belgilanadi. Bu kontseptsiyaga ko`ra, odam psixik faoliyatining shakllarigina emas, balki bu faoliyat shakllarining mazmuni ham go`yo tug`ilishidan peshonasiga yozib qo`yilgan emish, odamning psixik taraqqiyot bosqichlari va ularning yuzaga kelish tartiblari avvaldan belgilanib qo`yilgan emish. Biogenetiklar pedagoglardan bolada taqdir yo`li bilan qanday shaxsiy sifatlar yuzaga kelishini bilib turishni, lekin ularning yuzaga kelishiga qarshilik qilmaslikni, aksincha yordam berishni talab qiladilar.
Sotsiogenetik kontseptsiya shaxsning taraqqiyotini uning atrofidagi ijtimoiy muxitga bog`lab tushuntiradilar. Ularning aytishicha «odam ijtimoiy muxit nusxasidir». Soo`iogenetik ham biogenetiklar singari rivojlanayotgan odamning shaxsiy faolligini inkor qiladilar. Odam faqat atrofidagi muxitga moslashadigan, passiv rol o`ynaydigan mavjudot deb qaraydilar. Agar soo`iogenetik kontseptsiyani to`g`ri deb bilsak, u xolda nima sababdan ba’zi xolda bir xil muxitda xar xil odamlarning etishib chiqishi tushunib bo`lmaydigan masala bo`lib qoladi.