Konstitutsion nazariyaning mazmuni, rollar nazariyasi mazmuni.
Inson psixikasi doimo rivojlanishda. Bola insoniyat tarixi davomida jamg‘argan tajribalarni o‘zlashtirishi jarayonida rivojlanadi. Bu jarayon kattalar tomonidan doimiy nazorat, ya’ni ta’lim sharoitida amalga oshadi. Ta’lim bolaning psixik rivojlanishi jarayonida belgilovchi rol’ o‘ynaydi. Ta’lim tabiiy iste’dod, ijtimoiy muhit va u yoki bu yosh uchun samarali, tushunarli ta’lim usullariga asoslanadi. SHunday qilib, shu narsani ko‘rish mumkinki, go‘daklikda ko‘rgazmali-harakatli fikrlash, keyin esa ko‘rgazmali-obrazli, og‘zaki-mantiqiy, mavhum, umumiy nazariy fikrlash turlari paydo bo‘ladi.
Rivojlanish jarayonida faqat bilim va faoliyat usullarining o‘zgarishi va murakkablashishi sodir bo‘lib qolmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o‘zgarishlarni, ya’ni shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishini o‘z ichiga oladi.
Rivojlanish jarayonida bolalar psixik faoliyatining turli jihatlari o‘zgaradi, usullar yig‘ilishi va o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Bola ko‘p miqdordagi turli harakatlarni bajara oladi, bilim va tasavvurlari o‘zgaradi. Mazkur o‘zgarishlar ichidan nisbatan umumiy va belgilovchi o‘zgarishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
Rivojlanish jarayonida faqat bilim va harakat usullarining o‘zgarishi, murakablashishi sodir bo‘lmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o‘zgarishlar, ya’ni shaxsning umumiy xususiyatlari rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish dinamikasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) bola shaxsini yo‘naltirishdagi umumiy xususiyatlar (o‘qish, anglash, atrofdagilar bilan munosabat),
2) faoliyatining psixologik tuzilishi xususiyatlari (motiv, maqsad, ob’ekt)
3) anglash mexanizimining rivojlanish darajasi.
SHunday qilib, bolaning butun rivojlanish jarayonini uch qismga bo‘lish mumkin:
ta’lim jarayonida bilim va faoliyat usullarining rivojlanishi,
2) egallangan usullarni tatbiq etish mexanizmlarining psixologik rivojlanishi,
3) shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishi (yo‘naltirilganlik, faoliyatning psixologik tuzilishi, anglash va fikrlash).
Ko‘rsatilgan rivojlanish yo‘llarining har biri o‘ziga xos. Bu yo‘llarning barchasi o‘zaro bog‘liqlik va faqat birgalikdagina psixik rivojlanish deb ataluvchi shaxsdagi o‘zgarishlar jarayonini tashkil etadi
1. Shaxs faoliyati va uning yo`nalishi. SHaxsning ustanovkalari va muhim orientatsiyalari.
Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha hatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu - o‘sha oddiy qo‘limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog‘liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg‘onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bo‘lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:
A. Tashqi faollik - bu tashqaridan va o‘z ichki istak-xohishlarimiz ta’sirida bevosita ko‘rish, qayd qilish mumkin bo‘lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo‘ladigan faollik.
B. Ichki faollik - bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o‘zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko‘rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘z ichiga oladi.
Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga - predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, maruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo‘lib, u avvalo o‘sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o‘zgarishlar qilish orqali, bilimlar zahirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa, ichki faoliyat - birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki - aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi.
Aqliy harakatlar - shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
• perseptiv - ya’ni, bo‘lar shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi;
• mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi;
• fikrlash faoliyati - aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni echishga qaratilgan faoliyat;
• imajitiv - («image» -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
YUqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo‘lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o‘tish ro‘y bergan bo‘lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g‘oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko‘chirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi.
Hayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni engillashtiradi. O‘qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi.
YUqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. SHaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tutishi, egallagan mavqei ham sababsiz, kuzatilmaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq - atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va «motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi.
«Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya - inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo‘lida?» degan savollarga javob qidirish - motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi.
Motivlarning turlari. Motivlar quyidagi turkumlarga ajratiladi: shaxsning ijtimoiy ehtiyojlariga mos motivlar; umumiylikka ega bo‘lgan motivlar; faoliyatga mos motivlar; paydo bo‘lish xususiyati, muddatiga ko‘ra motivlar; aks etish darajasi nuqtai-nazaridan ierarxik vujudga kelgan motivlar.
Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra har qanday faoliyat muayyan motivlar ta’sirida vujudga keladi va etarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. SHuning uchun ta’lim jarayonida o‘zlashtirish, egallash va o‘rganishni amalga oshirishni ta’minlash uchun o‘quvchilarda o‘quv motivlari mavjud bo‘lishi lozim.
2.Faoliyatning tuzilishi. Tashqi (amaliy) va ichki (aqliy) harakatlar. Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi haqida tushuncha. Ish-harakatlarni bajarish usullari (operatsiyalar). Aqliy operatsiyalar.
Agar xayvonlarning xatti – xarakati atrofdagi narsalarning ta’siri bilan belgilansa, kishining faolligi esa eng yoshlik chog`idan boshlaboq insoniyatning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Xatti – xarakatning ana shu tipi aloxida xususiyatga ega bo`lib, psixologiyada u faoliyat degan tushuncha bilan ifodalanadi.
Inson faolligining o`ziga xos xususiyatlari nimada? Eng avvalo uning farq qiluvchi xususiyati shuki, ish – xarakatning mazmuni butunlay extiyoj bilan belgilanmaydi. Extiyoj motiv sifatida ish xarakatga turtki beradiyu, ish – xarakatning shaqli va mazmuni esa ijtimoiy sharoit, talab va tajribalar bilan belgilanadi. Kishini ishlashga majbur qilayotgan motiv undagi ovkatga extiyoj bo`lishi mumkin. Lekin kishi, masalan, stanokni boshqarar ekan, ochligini kondirish uchun emas, unga topshirilgan detalni tayyorlash uchun ishlaydi. Uning ish xarakatini mazmuni extiyojlar bilan emas, balki jamiyat undan talab qilayotgan bir maxsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Demak, faoliyatning birinchi farq qiluvchi belgisi uning kishi tomonidan anglanganligi va ma’lum maqsadga yo`naltirilganligidir.
Ikkinchidan, faoliyat ong va iroda bilan bevosita bog`langan bo`ladi. CHunki ongsiz yoki irodaviy jarayonlarsiz xech qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin emas. Demak, faoliyat anglangan maqsad bilan boshqariladigan kishining ichki /psixik/ va tashqi /jismoniy/ faolligidir.
SHunday qilib, faoliyat haqida gapirish uchun avvalo kishi faolligining maqsadi qanchalik anglanganligini aniqlash zarurdir.
Faoliyat – bu borlikka nisbatan faol munosabatning shaqlidir, u orqali inson bilan borlik o`rtasida aloqa urnatiladi. Faoliyat orqali kishi tabiatga, narsalarga, boshqa kishilarga ta’sir qiladi. Ana shu xarakatlarda kishi o`zining ichki moxiyatini ochib, atrofdagi narsalarga nisbatan sub’ekt, odamlarga nisbatan shaxs rolini bajaradi. U narsalarning javob ta’sirini boshdan kechirish orqali esa kishilar narsalar, tabiat va jamiyatning xaqiqiy, ob’ektiv, ichki moxiyatini bilib oladi.
Xar bir oddiy ishni bajarishga qaratilgan va faoliyatning nisbatan tugallangan elementi ish – xarakat deb aytiladi. Bu keltirilgan misolimiz predmetli ish – xarakatlardir. CHunki u tashki olamdagi u yoki bu predmetning xolatini yoki xususiyatini o`zgartirishga karatilgan bo`ladi.
Xar qanday predmetli ish – xarakat bir qancha xarakatlardan tashkil topadi.
Biror faoliyatni bajarishdagi barcha xarakatlar kishi tomonidan nazorat qilinib tuzatilib boriladi. Nazorat qilish va xolatlarni tuzatish qobiliyatidan maxrum bo`lgan kasallar xatto eng oddiy ish-xarakatni ham muvoffaqiyatli bajara olmaydi. Ular stakanni stoldan olishda, og`izga olib kelishda xatolarga yo`l qo`yadilar.
Nazorat qanday yul bilan amalga oshiriladi? Bu sezgi organlari /ko`rish, eshitish, muskul sezgi va boshqalar/ orqali amalga oshiriladi. CHunki xar bir ish – xarakatni bajarayotganimizda barcha xarakatlarimizni ko`zimiz orqali yoki eshitish sezgimiz orqali tekshirib turamiz.
Faoliyatning tuzilishi quyidagicha: ehtiyoj-motiv-maqsad-reja-usul-harakat-natija-xulosa
Agar hayvonlarning xatti-harakati butunlay atrof-muhit bilan belgilansa, kishining faolligi uning ilk yoshlaridanoq butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga ko`ra yo`naltirib boriladi. Xatti-harakatning bu turi shu qadar o`ziga xoslikka egaki, psixologiyada unn atash uchun maxsus termin - faoliyat termini qo`llaniladi. Faollikning bu, alohida maxsus insoniy turining farq qiluvchi psixologik belgilari nimalardan iborat?
Bu farq qiluvchi belgilardan biri shundan iboratki, faoliyatning mazmuni tamomila uni keltirib chiqargan ehtiyoj bilan, belgilanmaydi. Basharti motiv sifatidagi ehtiyoj faoliyatga turtki berib, uni rag`batlantirar ekan, u holda faoliyatning shakllari va mazmuni ijtimoiy shart-sharoitlar, talablar va tajriba bilan belgilanadi. Masalan, kishini ishlashga undagan motiv (sabab) ovqatga nisbatan ehtiyoj tug`ilishidan ham kelib chiqishi mumkin. Lekin odam stanokni, masalan, uning ochligini bartaraf etnsh uchun emas, balki bu unga topshirilgan detalni tayyorlash imkonini bergani uchun ham boshqaradi. Uning faoliyati mazmuni shunchaki ehtiyoj bilan emas, balki maqsad bilan - undan jamiyat talab qilayotgan muayyan mahsulotni tayyorlash uchun belgilanadi.
Kishining nima uchun muayyan tarzda harakat qilayotgani uning nimani ko`zlab ish qilayotganiga mos kelmaydi. Uni faoliyatga undovchi xohish-istaklar, sabab bilan ushbu faoliyatni yo`naltiruvchi bevosita maqsad bir-biriga to`g`ri kelmaydi.
Binobarin, faoliyatnnng birinchi farqli belgisi shundan iboratki, u faollik manbai bo`lgai ehtiyoj sifatida yuzaga chiqqan holda faollikning yo`naltiruvchisi bo`lgan anglanilgan maqsad bilan bashqariladi. K. Marks faoliyatning ushbu eng muhim belgisini qayd etarkan, shunday deb yozgan edi: «O`rgimchakning ishi to`quvchining ishini eslatadi, asalari ham mumdan uya yasab, ba'zi kishilarni - me'morlarni uyatga qoldiradi. Lekin eng yomon me'mor ham eng yaxshi asalaridan avvalo shu bilan farq qiladiki, u mumdan uya yasashdan oldin, bu uyani miyasida ko`radi.
Mehnat protsessining oxirida bu protsess boshlanmasdan oldinoq kishining tasavvurida, ya'ni fikran mavjud bo`lgan natija hosil bo`ladi. Kishi asalaridan tabiat bergan narsaning formasini o`zgartirish bilangina farq qilib qolmaydi; tabiat bergan narsada u o`z ongli maqsadini ham amalga oshiradi, bu maqsad, qonun sifatida, kishining ish usulini va bu ishning xarakterini belgilab beradi va kishi o`z irodasini ana shu maqsadga bo`ysundirishi lozim».
Levin yuqorida keltirgan so`zlarida faoliyatning psixik jihatdan boshqarilishining yana bir muhim belgisini qayd etadi. Faoliyat muvaffaqiyatli bo`lishi uchun psixika narsalarning xususiy ob'ektiv xossalarini aks ettirishi va ular bilan (organizmning ehtiyojlari bilan emas) oldiga qo`yilgan maqsadga erishish usullarini ham belgilab berishi lozim. Va nihoyat, faoliyat kishining xulq-atvorini maqsadga qaratilgan harakatlarni ro`yobga chiqarish, xususan olganda esa yuzaga kelgan ehtiyojlarni, o`zicha zudlik bilan qondira olmaydigan, ya'ni bevosita madadga tayanmaydigan faollikni rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlash imkonini beradigan darajada boshqarishga qodir bo`lishi kerak. Bundan ko`rinib turibdiki, faoliyat bilish va iroda bilan chambarchas bog`liq bo`ladi, ularga tayanadi, bilish va irodaviy jarayonlarsiz yuz berishi mumkin emas.
Demak, faoliyat - kashining anglanilgan maqsad bilan boshqarib turiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir.
Shunday qilib, faoliyat haqida gapirish mumkin bo`lishi uchun kishi faolligida anglanilgan maqsadning mavjudligini aniqlash lozim. Faoliyatning barcha qolgan jihatlari - uning motivlari, bajarilish usullari, tegishli axborotni tanlash va qayta ishlash anglanilgan bo`lishi ham, anglanilmagan bo`lishi ham mumkin. Ular shuningdek, chala-yarim tarzda anglanilgan va hatto noto`g`ri anglanilgan bo`lishi ham mumkin.
Masalan, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola uni o`ynashga majbur qiladigan ehtiyojni kamdan-kam tarzda anglab yetgani kabi kichiq yoshdagi maktab o`quvchisi o`z o`qish faoliyatining motivlarini anglamagan holda ish ko`radi. Intizomsiz o`smir o`z xatti-harakatlarining haqiqiy motivlarini chala-yarim va ko`pnncha noto`g`ri anglaydi. Hatto katta yoshdagi odamlar ham o`zlarining noto`g`ri va nomunosib xatti-harakatlari va qiliqlarini oqlash uchun ularga ikkinchi darajali, «niqoblangan» motivlarni to`g`ri deb da'vo qilishadi.
Faqat motivlar emas, balki faoliyatning u yoki bu rejalarini tanlashga olib kelgan ko`pgina fikrlash jarayonlari ham kishi tomonidan to`la-to`kis anglanilgan bo`lavermaydi. Faoliyatni amalga oshirishning usullariga kelganda shuni aytish kerakki, ularning ko`pchiligi odatda ongdan tashqari holda yo`naltiriladi. Bunga odatlanib qolingan har qanday harakat: yurish, so`zlash, xat yozish, avtomobilni boshqarish, musiqa asbobida kuy chalish va shu kabilar misol bo`lishi mumkin.
Faoliyatning ana shu barcha jihatlari ongda aks etish darajasi va to`laqonliligi tegishli faoliyatning anglanilganligi darajasini belgilaydi.
Faoliyatning anglanganligi darajasi qanday bo`lishidan kat'i nazar, maqsadni anglash xamisha uning muqarrar belgisi bo`lib qolaveradi. Ushbu belgi bo`lmagan hollarda kishi tushunchasidagi faoliyat ham bo`lmaydi, balki impulsiv (beixtiyor) xatti harakat yuz beradi. Faoliyatdan farqli o`laroq, impulsiv xatti-harakat bevosita ehtiyojlar va hissiyot bilan idora qilinadi. U individning qattiq xayajonga tushishi (affekti) ni va maylinigina ifoda etadi va shuning uchun ham ko`pincha egoistik va jamiyatga zid xarakterga ega bo`ladi. Jumladan, g`azabnok yoki to`xtatib bo`lmaydigan darajada ehtirosga berilgan kishi impulsiv harakat qiladi.
Xatti-harakatning impulsivligi uning anglanilmaganligi degan ma'noni bildirmaydi. Lekin bu holatda kishi shaxsiy motivining maqsadda ifodalangan ijtimoiy mazmuni emas, balki faqat uning shaxsiy motivi anglanilgan bo`ladi, o`sha motiv uning xatti-harakatini yo`naltiradi.
Dostları ilə paylaş: |