Yunusali1987
1
4. MEXATRONIKA TIZIMLARINI AVTOMOBIL TRANSPORTLARIDA
QO`LLASH
Reja:
4.1. Mexatronika tizimlarni avtomobil transportida qo`llash.
4.2. Avtomobillarning aktiv xavfsizlik tizimlari.
4.3. Avtomobillarning passiv xavfsizlik tizimlari.
Tayanch so’zlar: Avtomobil ; avtomobilni xavfsiz boshqarish tizimi (AVSM); avtiv va
passiv xavfsizlik tizimi; tormozni antiblokirovkalash tizimi (ABS); intellektual kruiz-kontrol
tizimi (ICCS); ob- havo datchigi; avtomobil xavfsizlik podushkasi (airbag)
4.1. Mexatronika tizimlarni avtomobil transportida qo`llash
Yerusti transport vositalari ichida eng kompyuterlashgani bu avtomobil
transportidir (transportlovchi robotlar bu yerga kirmaydi).
Avtomobil (yunon. autos - o`zim va lot. mobilis - harakatchan) o`z
dvigateli bilan oson harakatlanadigan g'ildirakli yoki yarim gusenitsali rel ssiz
transport mashinasidir .
Hozirgi vaqtda yengil avtomobilning 40% narxini elektron komponentlar
va dasturiy ta`minot egallaydi. Avtomobillarda texnik yangiliklar kiritishning 90%
ni elektron sistemalar tashkil qiladi. Preiyum klassdagi yengil mashinalarda 70
tagacha protsessorlar mavjud, elektron tizimining 50 dan 70% xarajatini dasturiy
ta`minot tashkil qiladi. Amalda zamonaviy avtomobil - bu kompyuter,
faqatg’ildirakli.
5.1-rasmda zamonaviy avtomobil va uning asosiy boshqarish tizimlari
ko`rsatilgan.
Ana shu elektron tizimlarning asosini мexatronika tizimlari (MT) ташкил қилади.
Avtomobil bozoridagi kuchli raqobat mutaxassislarni yangi zamonaviy
texnologiyalarni qo`llashga majbur etadi.
Zamonaviy avtomobil MTlari quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
-
Dvigatelni boshqarish;
-
Uzatmalar korobkasini boshqarish;
-
Harakat xavfsizligini ta`minlash (tormoz, diagnostika, xavfsizlik podushkalari,
kruiz-kontrol, navigatsiya tizimi va h.k.)
-
Qulaylikni yaratish (klimat-kontrol , audio- va videotizimlarni avtomatik
boshqarish) va h.k.