5.2-rasm. Mercedes (W116) avtomobilining tormozni antiblokirovkalash
tizimi (ABS)
1 – elektr yuritmali gidravlik nasos; 2 – g’altaklar aylanish tezligi datchiklari; 3-
boshqarish bloki
ABS lar quyidagi komponentlardan iborat: g’altaklar aylanish tezligi (chastotasi)
datchiklari, boshqarish bloki (elektron protsessor), servoklapanlar, elektr yuritmali
gidravlik nasos va bosim akkumulyatori.
Intensiv tormozlashda g’altaklar aylanishdan to`xtaydi, avtomobil sirpana
boshlaydi va rul bilan boshqarish imkoniyati bo`lmaydi, tormoz yo`li uzunligi esa
bunda juda o`sishi mumkin. Bu quyidagicha ro`y beradi: g’altak aylanayotganida
protektor va yo`l orasidagi kontaktda qovushqoqlik ishqalanishi (трение
сцепления) paydo bo`ladi, uning kuchi blokirovkada paydo bo`ladigan sirpanish
ishqalanishi (трение скольжения) kuchidan katta bo`ladi. Qovushqoqlik
ishqalanishisiz g’altaklar yon tomon kuchlanishlarni qabul qilolmaydi, shuning
uchun avtomobil inertsiya ta`sirida sirpanishni davom ettiradi: bunda to`siqlarni
aylanib o`tish yoki burilishga qaytish mumkin bo`lmaydi.
ABS bunday vaziyatga yo`l qo`ymaydi: g’ildirakdagi datchiklar aylanish
tezligini sekundiga 10 marta o`lchab, g’ildiraklar blokirovkalanganda
g’altaklarning yana aylanishini ta`minlash uchun gidromodul bir yoki bir nechta
tormoz magistrallarida bosimni tushiradi.
Yunusali1987
5
Dostları ilə paylaş: |