5.3-rasm. Aylanish chastotasi datchigini o`rnatish joyi
Zamonaviy avtomobillarda asosan konstruktsiyasi sezgir element va
uzatish elementlaridan tashkil topgan magnitrezistorli (магниторезистивные)
aylanish chastotasi datchiklari va Xoll datchiklari qo`llaniladi. Magnitrezistorli
datchiklarda magnit maydoni o`zgarishi natijasida qarshilik o`zgaradi. Xoll
datchiklarida magnit maydoni o`zgarishi natijasida kuchlanish o`zgaradi.
Barcha zamonaviy ABSlar to`rt kanalli hisoblanadi, ya`ni elektronika har
bir g’altakni alohida boshqaradi.
Dostları ilə paylaş: |