Maykop madaniyati Shimoliy Kavkaz tog` oldi hududlarida tarqalgan bo`lib, mil. avv. III ming yillikning 2-yarmiga oiddir. 1897 yilda tekshirilgan. Maykop madaniyatiga ko`plab qo`rg`onlar, ba`zan mustahkamlangan manzilgohlar mansubdir. Maykop madaniyatining so`nggi bosqichida tosh maqbaralar, jumladan, dalmenlar paydo bo`lgan. Asosiy jangovar v mehnat qurollari sifatida mis boltalar, motiga, cho`qmor, pichoq, xanjar, panshaxa, nayza uchlari hisoblangan. Turli bezak buyumlari, Maykop madaniyatiga mansub qabilalar Sharq xalqlari bilan aloqada bo`lishgnidan dalolat beradi. Maykop madaniyatining qizil, ba`zan naqshinkor sopol idishlari kulolchilik dastgohida tayyorlangan. Xo`jlikning yetakchi shakli – chorvachilik va dehqonchilik bo`lgan. Maykop madaniyati qabilalari ibtidoiy jamoa bosqichiga yashaganlar. Ba`zi qo`rg`onlardan topilgan qimmatbaho buyumlar jamiyatda mulkiy tabaqalanish ildiz otganligidan dalolat beradi.
Maykop madaniyatiga xos Maykop qo`rg`oni Maykop shahri (RF ga qarashli Aligeya Respublikasi poytxti, Kuban daryosi irmog`i Belaya daryosi sohida joylashgan) hududida joylashgan. N.I. Veselovskiytomonidan 1897 yilda o`rganilgan. Qo`rg`onning balandligi 11 m bo`lib, undagi boy qabrda qabila sadori va uning ikki xotini dafn etilgan. Maykop qo`rg`onidan kumush taqinchoqlar va ularga mustahkamlangan 4 ta oltin buqa haykalchalari hamda qimmatbaho guldor chodir topilgan. Chodir yopinchig`iga oltin suvi yuritilgan halqalar, sher v buqa suratlari solingan. Sardorning yoniga 2 oltin va 14 kumush idish qo`yilgan. Ulardan biriga Kavkaz tog`i va bir qator bo`lib ketayotgan hayvonlarni tasvirlovchi manzara o`yib ishlangan. Bu idishdagi tasvirlar – eng qadimgi xaritografik rasmlardan biridir. Sardor xotinlari qabridan bezak buyumlari – tillaqoshlar, turli xildagi olitn va serdolik munchoqlar, feruza va la`l tumorchalar, shuningdek, malika kiyimlariga qadalgaan turli hayvon haykalchalari topilgan. Maykop qo`rg`oni topilmaalari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanadi.
Mezolit va neolitda terib-termachlab ovqat topishdan yovvoyi o`simliklar ekish va o`tkazish yo`li bilan vujudga kelgan dehqonchilik eneolit zamonida yuqori хo`jalik shakliga aylanadi. Dehqonchilik va chorvachilik ortiqcha mahsulotlar yetishtirishga va mol ayrboshlashni tartibga solinishiga yordam beradi. Eneolitning yana bir xarakterli xususiyati shundaki, Mesopatamiya, Old Osiyo va Osiyo hududlarida dastlabki shahar-davlatlarning paydo bo`lishi, quldorlik munosabatlarining shakllanishi jarayoni ko`zga tashlanadi. Bu jarayonlar ijtimoiy munosabatlarning keyingi davrlardagi rivojlanishiga juda katta ta`sir ko`rsatadi.
Xulosa O`zbekistonda eneolit yodgorliklar yaxshi o`rganilgan. Arxeolog S.Tolstov Quyi Amudaryo etaklarida neolitdan mis-tosh davriga o`tish davrini aniqlagan. Quyi Zarafshon vohasining qadimgi eneolit makonlari arxeologlar Ya.Gulomov, A.Asqarov, U.Islomovlar tomonidan o`rganilgan. Arxeolog olimlarning fikricha Buxoro viloyatining Lavlakon va Beshbuloq qishloqlarida, Zamonbobo I qabristonidan topilgan moddiy manbalar eneolit davriga oiddir. Bu makondan chaqmoqtosh qurollar bilan birga misdan yasalgan ignalar, munchoqlar ham topilgan.
Quyi Zarafshonning Kaptarqum va Kattatuzkon manzillarida to`rt joydan eneolit yodgorliklari topilgan. Bu erdan toshdan ishlangan yorg`uchoqlar, o`roq pichoqlar, pichoq qadamalar bilan birga misdan ishlangan qurol siniqlari qazib olingan.
1977 yilda Yuqori Zarafshon (Tojikiston bilan O`zbekiston chegarasida) hududida Sarazm qishlog`i xarobasi topilgan. U eneolit davriga oid muhim yodgorlik bo`lib, o`rganilgan moddiy manbalar O`zbekistonda dehqonchilik qabilalarining O`rta Osiyoning shimoli- sharqiy hududlariga siljiganini ko`rsatadi. Chunki, shimol ziroatchilari janubiy O`rta Osiyoning-Turkmaniston dehqonchilik markazlari bilan bog`langan edi. Sarazm yodgorlikligini olimlar to`rt bosqichga bo`ladi. Bu yodgorlik AQSh, Frantsiya olimlarini ham e`tiborini tortgan, ular ham turli yillarda ilmiy izlanishlar olib borgan. Sarazm yodgorligi eneolit davridan ilk bronza davrigacha yashagan bobodehqonlar manzilgohi ekanligi aniqlangan.
Sarazm 90 ga maydonni egallagan, 10ta tepalikdan iborat yodgorlikdir. Sarazm I eneolit davriga oid bo`lib, bu erdan topilgan idishlarda qora va qizil bo`yoqlarda ishlangan geometrik shakllar mavjud.
Sarazm II so`nggi eneolit va ilk bronza asriga o`tish davriga mansub. Bu bosqich naqshsiz sopol buyumlari bilan xususiyatli. Sarazm III-IV esa bronza davriga mansub.
Sarazm I bosqichida guvaladan kulbalar qurgan dehqonlar manzilga asos soladilar. Arxeologlar bu erdan mudofaa devorlari bilan o`ralgan 48ta kulba, ya`ni paxsadan qurilgan uyni topib o`rganganlar. Bu uylar 2-3 xonali qilib qurilgan bo`lib, ular yakka, kichik oilalarga mo`ljallangan. Xonalardan kichik, dumaloq shakldagi o`choqlar topilgan. Bular – otashkadalar, jamoa olovi o`rni bo`lib, unda olov saqlangan. Otashkadalar e`tiqod markazi yoki joyi hisoblangan.
Yana bir eneolit va bronza davriga oid bo`lgan yodgorlik qoldiqlari Zamonbobo madaniyati nomi bilan mashhur. Arxeolog Ya.Gulomov 1950 yil qadimgi qabriston qoldiqlarini topib, o`rganadi.
Ma`lumki, kishilik madaniyatining bir necha ming yillarni o`z ichiga oluvchi tarixi yozuv bo`lmagan davrga to`g`ri keladi. 5 ming yillik tarixiy davrdan ilgarigi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy jarayonlar moddiy topilmalarni o`rganish orqali tiklanadi. Eneolit mis-tosh davrining o`ziga xos tarixi, biz yuqorida keltirib o`tgan 5 madaniy jarayonda o`z aksini topgan. Eneolitning besh umumlashtiruvchi alomatlari bu davr qabilalari madaniyatining o`zidan oldingi davrlarga nisbatan bir bosqich yuqoriga ko`tarilganidan dalolat beradi.
Sarazm moddiy topilmalari ichida Shimoliy Afg`aniston, Eron, Kaltaminor madaniyatiga mansub buyumlar ham bor. Ular eneolit davri qabilalarining keng madaniy va iqtisodiy aloqalarda bo`lganligidan dalolat beradi.
Markaziy Osiyoda eneolit yodgorliklari Turkmaniston hududlarida yaxshi o`rganilgan. Turkmanistonda eneolit 3 bosqichga bo`lib o`rganiladi:
Ilk eneolit (Anov I, Nomozgoh I makonlari).
Rivojlangan eneolit (Anov II, Nomozgoh II).
So`nggi eneolit (Nomozgoh III . . . )
Turkmaniston eneolit makonlaridan tosh qurollar (o`roq va pichoq qadamalar, qirg`ichlar), sopol idishlar) geometrik shakldagi naqshlangan) topib o`rganilgan. Bu davr makonlarida uy joylar paxsa yoki g`ishtdan, dumaloq va to`g`ri to`rtburchak shaklida qurilgan. Inshootlarning o`rtasida markaziy o`choq bo`lgan. U diniy marosimlar o`tkazish va e`tiqod joyi vazifasini o`tagan. Dehqonchilik bilan shug`ullanuvchi qabilalar erga, quyoshga, suvga, hosildorlikka sig`inishgan. Murdani ko`mishda urug` a`zolarining saganalari paydo bo`lgan. Murdaning yoniga sopol idishlar, mehnat qurollari va zeb-ziynat buyumlari qo`yilgan. Eneolitda ibtidoiy diniy tasavvur–totemizm hayvonlar haykallarini tarqalishida ko`zga tashlanadi.
Mezolit va neolitda terib-termachlab ovqat topishdan yovvoyi o`simliklar ekish va o`tkazish yo`li bilan vujudga kelgan dehqonchilik eneolit zamonida yuqori ho`jalik shakliga aylanadi. Dehqonchilik va chorvachilik ortiqcha mahsulotlar etishtirishga va mol ayrboshlashni tartibga solinishiga yordam beradi. Eneolitning yana bir xarakterli xususiyati shundaki, Mesopatamiya, Old Osiyo va Osiyo hududlarida dastlabki shahar-davlatlarning paydo bo`lishi, quldorlik munosabatlarining shakllanishi jarayoni ko`zga tashlanadi. Bu jarayonlar ijtimoiy munosabatlarning keyingi davrlardagi rivojlanishiga juda katta ta`sir ko`rsatadi.