Eneolit davri arxeologiyasi



Yüklə 93 Kb.
səhifə2/6
tarix19.05.2023
ölçüsü93 Kb.
#117305
1   2   3   4   5   6
Eneolit davri kurs

T a ya n ch s o` z l a r
Eneolit, Sialk va Suza kompleksi, Mundigak, Anov-Nomozgoh, Sarazm, qurilish va me`morchilik, kulolchilik va metall, haykalchalar, Tripole madaniyati va uning bosqichlari, g`oyaviy qarashlar, Maykop, Drevneyam va Afanasev madaniyatlari, Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE), Anovtepa, Namozgohtepa, Oltintepa, Geoksyur, oilaviy ibodatxonalar, katta oila jamoasi.
Enolit – lotin va yunoncha so`zlaridan yasalgan bo`lib, «alneus» - lotincha mis, «litos» - yunoncha tosh degan ma`noni anglatadi. Eneolit atamasi bilan birga “Xalkolit” (“xalkos” yunoncha mis demak) ham ishlatiladi. Eneolit neolit bilan bir vaqtga to`g`ri keladi. Ammo ular orasida xronologik jihatdan katta farq bo`lmasada, madaniy darajalari jihatidan bir-biridan farqlanadi. Masalan, Yevropa va Osiyoning ko`p hududlarida miloddan avvalgi IV-III ming yillikda neolit qabilalari yashagan, ular bu vaqtda metaldan xabardor bo`lmagan, ovchilik va baliqchilik bilan shug`ullangan. Yevropa va Osiyoning boshqa o`lkalarida aynan shu paytda metalldan bir oz xabardor eneolit qabilalari yashagan va ularning xo`jaliklari odatda dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan. Miloddan avvalgi IV ming yillikda (mis) metallning qimmatli xususiyatlari bilib olingan. Natijada dastlabki metallurgiyaga asos solingan.
Eneolit davri yodgorliklarida rangli sopol buyumlar ko`plab topilgan. Xitoydan Dunaygacha (Ruminiya) «sopol makonlari» sifatida keng tarqalgan makonlar xarakterli bo`lib, shu xususiyatga ega bo`lgan makonlarda ijtimoiy taraqqiyotning bir xil bosqichi ko`zga tashlanadi. Bir-biriga juda kam o`xshaydigan ijtimoiy-iqtisodiy sharoit hamma erda amaliy san`atning bir-biriga o`xshash shakllarini taqoza etgan. Ammo sopol buyumlar bir-biriga o`xshasa ham aynan bir xil emas.
Eneolit makonlari birinchi bo`lib Ikki daryo oralig`i va Misrda vujudga kelgan. Arxeologlar eneolit davriga xos bo`lgan 5 umumiy birlashtiruvchi alomatni ajratib ko`rsatadilar:
1. Xo`jalikning hamma turidan ko`ra motiga bilan qilinadigan dehqonchilikning ustunligi;
2. Chaqmoqtosh qurollar ko`p bo`lishi bilan birga mis qurollarining paydo bo`lishi.
3. Katta-katta ibtidoiy jamoa birlashmalarining katta-katta paxsa uylarining mavjudligi;
4. Hayvonlarning loydan yasalgan va onalik urug`iga xos bo`lgan haykalchalarning mavjudligi;
5. Rangdor sopol buyumlari (gul solingan) ning tarqalishi.
Yuqoridagi alomatlar Misr, Mesopotamiya makonlarida, keyinroq Yevropa, Markaziy Osiyo yodgorliklarida ko`zga tashlanadi. Eneolitda Mesopatamiyada rangdor sopol buyumlarga katakli bezaklar, Misrning rangli sopol buyumlariga esa syujetli suratlar chizilgan. Osiyo va Yevropaning keng hududlarida esa rangdor sopol makonlari tarqalgan.
Eneolit makonlarining ko`pchiligida, ya`ni dehqonchilikning ibtidoiy usullari tarqalgan hududlarida rangdor sopol buyumlar tarqalgan bo`lsada, ba`zilarida mutlaqo uchramaydi. Masalan, Germaniya, Frantsiya, Yevropaning yana boshqa mamlakatlarida eneolit makonlarida rangli sopol buyumlar yo`q. Aksincha, bu yerdagi makonlarda naqshi tasma-tasma qilib o`yilgan kulolchilik buyumlari mavjud bo`lgan. Markaziy Osiyo, xususan O`zbekistondagi eneolit makonlarida sopol buyumlar sirti qizil yoki qora bo`yoqlardan ishlangan geometrik shakllardan iborat bo`lgan.
Eneolit makonlari yer yuzida dastlab Ikkidaryo va Misrda vujudga kelgan. Yuqo-rida ko`rsatilgan eneolit besh alomati bu mamlakatlardagi yodgorliklarda mavjud bo`l-gan. Masalan, Ikkidaryo oralig`ining rangdor sopol buyumlariga bezaklar chizilgan. Misrning rangli sopol buyumlariga syujetli suratlar solingan. Miloddan avvalgi IV-III ming yillikda Ikkidaryo oralig`i va Misrda (eneolit hali davom etayotgan davrda) qul-dorlik asosida yuksak madaniyat yuzaga kelgan. Ammo bu vaqtda Osiyo va Yevro-paning katta hududlarida unumdor xo`jalik shakllari endi rivojlana boshlagan edi.
Eneolit davriga xos bo`lgan birinchi xususiyat bevosita unumdor xo`jalik shakli – dehqonchilik mashg`ulotiga borib taqaladi. Eneolit davrida dehqonchilikda motiga bilan ishlov berish ustun darajada bo`lgan. Ammo o`z xususiyatiga ko`ra misdan foydalanish mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilgan bo`lsa-da, dehqonchilikda motiga tishi sifatida toshdan foydalanilgan. Mis qurollar tosh qurollarga nisbatan takomillashgan bo`lsa-da, u kuchli, og`ir va qattiq qurollar yasashga yaroqsiz edi. Mis o`z xususiyatiga ko`ra yumshoq va juda tez o`z shaklini o`zgartirgan. Shuning uchun ham motiga tishi sifatida toshdan foydalanilgan.
Mis-tosh davrida odamlar metall bilan tanishadi. Ungacha ibtidoiy odamlar 2-3 million yillar davomida faqat toshdan, yog`ochdan va suyakdan yasalgan qurollardan foydalangan edilar. Mis qurollar qattiq, kuchli bo`lmay, ayrim xususiyatlari jihatdan tosh qurollarga nisbatan pastroq darajada bo`lsa-da, o`zining shakli, ishlab chiqarish jarayonida qo`llanishidagi qulayligi, shuningdek juda tez turli shaklga kelishi oson bo`lganligi uchun ham chaqmoqtosh qurollar bilan parellel holda ishlatila boshlangan.
Ma`lumki, eneolit davrida Markaziy Osiyo aholisi madaniyati bir bosqich yuqori ko`tarilgan. Lekin ularning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti bir xil darajada bo`lmagan. Bu davrda unumdor xo`jalikka asoslangan qabilalar tezroq rivojlangan. Qo`shimcha xo`jalik bilan mashg`ul bo`lgan kishilar madaniy jihatdan bir necha yuz yillar orqada bo`lgan. Urug` munosabatlari ham tobora taraqqiy topib, kengaya boshlagan. Endi kichik-kichik oilalardan iborat bo`lgan urug` makonlari o`rniga bir necha urug`lar yashagan yirik manzillar paydo bo`ladi, ular jamoa birlashmalarini tashkil etadi. O`troq hayot ko`nikmalarini egallayotgan qabilalarning xom g`ishtdan yoki paxsalardan qurilgan katta-katta uylari paydo bo`ladi.
Yirik jamoa birlashmalari yashagan makonlardan ko`plab mehnat ov qurollari, zeb-ziynat buyumlari topilgan. Moddiy topilmalar ichida ayollarning ijtimoiy hayotdagi e`tibori va mavqeini ko`rsatuvchi haykalchalari ham bo`lgan.
Eneolit makonlari yer yuzining turli nuqtalari – Xitoy, Eron, Markaziy Osiyo, Ukraina, Bolgariya, Gretsiya, Frantsiya, Germaniya hududlaridan topib o`rganilgan. Mesopatamiyada Xassuan yodgorligi, Eronda So`za kompleksi, Ukrainada Tripole madaniyati, Kavkazortida Shengavit, Turkmanistonda Anov, Nomozgoh makonlari eneolit davriga mansubdir.
Eneolit makonlaridan topilgan qurollarning eng ko`p tarqalgani - retushlangan egri o`roqlar va silliqlangan tosh motigalardir. Egri o`roqlar barcha mamlakatlarda eng qadimgi dehqonchilik хo`jalik mashg`uloti bilan birga paydo bo`lgan. Yevropa va Osiyo hududlaridan topilgan makonlarda 3 xil don - bug`doy, arpa va tariq qoldiqlari topilgan. Bu donlarning yovvoyi xillari Yevropada yetishtirilgan. Ular bu yerlarga Markaziy Osiyo va Hindiston hududlaridan olib kelingan.
Yer yuzining ko`p hududlarida eneolit davri ibtidoiy dehqonlarning qishloqlari keng tarqalgan. Ular ho`jaligida dehqonchilik va chorvachilik asosiy mashg`ulot bo`lishi bilan birga, ovchilik ham mavjud bo`lgan. Ovchi qabilalarning faoliyati izlari ularning mozor qo`rg`onlarida saqlanib qolgan. Ularning eneolit davriga xos bo`lgan “Qadimiy chuqur” mozor qo`rg`onlari deb atalib, yer yuzida ulardan qadimiyrog`i yo`q. Ular miloddan avvalgi III ming yillikka oid. Qabr tagidagi oddiy go`r chuqurlar bu davr uchun nom bo`lgan. Qadimiy chuqur mozor-qo`rg`onlarida chaqmoqtosh o`q uchlari, qirg`ichlari pichoqsimon tosh qurollar uchraydi.
Eronning Koshon shahri yaqinida ko`pqatlamli eneolit davriga oid manzilgoh xarobasi topib o`rganilgan. Bu yerdan turar joy qoldiqlari, qabrlar, sopol idishlar, mis va jez (bronza) dan ishlangan qurollar va boshqalar topilgan.

Yüklə 93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin