Energetik ichimliklar: sifat vaxavfsizlik ko’rsatkichlari



Yüklə 33,52 Kb.
səhifə1/2
tarix20.09.2023
ölçüsü33,52 Kb.
#145620
  1   2
Alkogolsiz ichimliklar maqola1


ENERGETIK ICHIMLIKLAR: SIFAT VAXAVFSIZLIK KO’RSATKICHLARI


M21-20 guruh talabasi Xabibullaeva Nargiza Xamdam qizi

Bugungi kunda energetik ichimliklar har qanday sotuv shahobchalarida, barlar hamda klublarda sotiladi, ularni shuningdek sport zallari va sport maydonchalarida ham ko’rish mumkin. Reklama ularni charchoqqa qarshi kurash, faol turmush tarzi, aqliy faoliyat, klub raqslari va sport bilan shug’ullanishga yordam berish vositasi sifatida ko’rsatadi. Shu o’rinda, “Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi to‘g‘risidagi” umumiy texnik reglamentiga ko’ra Energetik ichimliklar deb – tarkibida 150 mg/l dan ortiq kofein va (yoki) inson organizmiga tetiklashtiruvchi ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli miqdorda boshqa tarkibiy qismlar mavjud ichimliklar hisoblanadi.


Sotsiologlar o'zlarining tadqiqot ma'lumotlariga asoslanib, 20 yoshgacha bo'lgan o'smirlar va yoshlarning taxminan uchdan bir qismi muntazam ravishda energetik ichimliklar iste'mol qilishlarini ta’kidlashmoqda. Global miqyosda energetik ichimliklarning bozor qiymati 2018 yilda 53,01 milliard AQSh dollarini tashkil etdi va 2026 yilga kelib yillik o'sish sur'ati 7,20 foizni tashkil etgan holda 86,01 milliard dollargacha oshishi kutilmoqda. [1]
Energetik ichimliklarning ikkita asosiy turi mavjud (stimulyatorlar) [2]:
1-spirtsiz;
2-kuchsiz alkogolli.
Alkogolsiz va kuchsiz alkogolli energetik ichimliklar tarkibida quyidagi komponenet va ingredientlar uchraydi:
1-jadval



Modda

Inson organizimiga ta’siri


Kofein, tein, matein alkaloidlar

Moddalar ohangni oshiradi, alqiy faoliyatni yaxshilaydi, qon bosimini oshiradi, ochlik tuyg'usini bostiradi


Teobromin

bu kakao loviya ekstrakti. Bu kofeinga o'xshash alkaloid


Taurin

metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, qon glyukoza va qon bosimining pasayishiga ta'sir qiladi


Jenshen ekstrakti, guarana, lemongrass, exinatsei ekstraktlar

an’anaviy ravishda xalq tabobatida tanani mustahkamlash va kuchni tezda tiklash uchun ishlatiladigan o’simliklar


Karnitin

almashinuvini tezlashtiradi va ishtahani oshiradi


Melatonin

uyqu chastotasini tartibga soluvchi va endokrin tizimga ta’sir qiluvchi gormon


B guruhi vitaminlari

qon tomirlarining devorlarini mustahkamlovchi va neyronlar o’rtasida signallarni to’g’ri uzatish uchun zarur bo’lgan moddalar


Boshqa ta’m beruvchi qo‘shimchalar, xushbo’ylik beruvchi moddalar, oziq-ovqat bo’yoqlari, konservanlar

Foydalanish maqsadiga ko'ra, energetik ichimliklar shartli ravishda guruhlarga bo'linadi: ba'zilarida ko'proq kofein, boshqalarda vitaminlar va uglevodlar mavjud energetik ichimliklardir. "Qahva" ichimliklari to'liq, tuzatib bo'lmaydigan ishchanlar, tungi vaqtda ishlaydiganlar va o'qishga majbur bo'lgan talabalar uchun, "vitamin-uglevod" ichimliklar esa bo'sh vaqtlarini sport zalida o'tkazishni afzal ko'radigan faol odamlar uchun mos keladi.


Energetik ichimliklar tarkibida vitaminlar va glyukoza majmuasi ham mavjud. Glyukoza tezda qonga kirib, oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi va mushaklar, miya va boshqa muhim organlarni energiya bilan ta’minlaydi.
Olimlar tahlili shuni ko'rsatdiki, energetik ichimliklar brendlarining xilma-xilligiga qaramay, ularning retsept tarkibi asosan bir-birini takrorlaydi. Ularning ko'pchiligida asosiy “quvvatlovchi" yoki tetiklashtiruvchi komponent bu – kofeindir.
Alkogolsiz tonik ichimliklarning fizikaviy va kimyoviy ko'rsatkichlari 2-jadvalda ko'rsatilgan talablarga javob berishi kerak.

Yüklə 33,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin