Chiroqlar va muzlatkich
Uyimizni yoritish uchun o‘rtacha statistikaga ko‘ra, jami xarajatlarning taxminan 10–12 foizi ketadi. Agar yorug‘lik diodli lampalar o‘rniga quyma lampalardan foydalanilsa, bu ko‘rsatkich bir necha baravar yuqori bo‘lishi ham mumkin. Chiroq haqida gap ketganda, elektrni tejashning eng oddiy usuli – hech kimga kerak bo‘lmagan xonalarda chiroqni yoqiq qoldirmaslikdir.
Standart muzlatkich yiliga o‘rtacha 150 kilovatt-soat energiya iste’mol qiladi. Biroq mutaxassislarning ta’kidlashicha, muzlatkich xona devori yoki burchagiga o‘ta yaqin qo‘yilsa va havo aylanishi yaxshi bo‘lmasa, juda issiq xonada tursa, energiya sarfi oshib ketadi. «Yana bir jihat – muzlatkich 3/4 qismga to‘ldirilgan holatda samarali ishlaydi. Shu sababdan uning eskirgan narsalar bilan to‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak», deydi A.Peryavichyus.
Xulosa o‘rnida aytganda, uyda hamda ofisda aksariyat energiya tejamkor yechimlarni tez va osonlik bilan ro‘yobga chiqarish mumkin. Buning uchun alohida investitsiya yoki katta bir mehnat talab etilmaydi. Avvalo, o‘z xonadonimizni (yoki ofisimizni) vaqt ajratib auditdan o‘tkazishimiz lozim bo‘ladi. Har kim bugungi iste’mol ko‘rsatkichidan qat’i nazar, tejash uchun qandaydir ortiqcha narsani topadi.
Bu yerda yana bir jihatni unutmaslik lozim. Fanda «Xulq-atvor iqtisodiyoti» degan nazariya bor (uning asoschilaridan biri bo‘lgan Richard Taler 2017 yilda Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan). Ushbu nazariyaga ko‘ra, odamlar ba’zida o‘z xulq-atvoriga zid bo‘lgan, iqtisodiy irratsional harakatlar qiladi. Masalan, fitnes-klubga abonement sotib oladi, ammo bormaydi.
Energiya hamda suv resurslaridan foydalanishda tejamkor va mas’uliyatli bo‘lish, avvalo, hech bo‘lmaganda, o‘z iste’molini qat’iy nazorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda aynan shu iqtisodiy modeldan samarali foydalanish mumkin. Oddiy misol: sizning telefoningizga har oy keladigan oylik elektr iste’moli to‘g‘risidagi odatdagi quruq statistik ma’lumot bilan birga, ushbu xonadon bir oyda o‘z mahallasi, tumani va respublikadagi o‘rtacha iste’moldan ko‘proq/kamroq ishlatgani ko‘rsatib berilsa, bu ma’lumot har qanday odamni o‘ylashga, o‘z iste’molini «jilovlashiga» juda kuchli turtki bo‘ladi. Elektr energiyasi o’rtacha O’zbekiston fuqarosining uy-joy kommunal xo’jaligi xarajatlarining katta qismini tashkil qiladi. Shu bilan birga, bu xarajatlarni kamaytirish unchalik qiyin emasligini hamma ham bilmaydi. Elektr energiyasini tejashning oddiy, ammo samarali usullari bilan tanishib chiqing. Iste'mol madaniyati – mahsulotlar va xizmatlarni xarid qilishda odam odobini boshqarish uchun belgilangan qoida va me'yorlar to‘plamidir. Elektr energiyasi iste'mol madaniyati haqida gap ketganda, avvalo “svet” haqini o‘z vaqtida to‘lab borish tartibini tushunar edik, deb yozmoqda Energetika vazirligi.
So‘nggi statistik ma'lumotlarga qaraganda, respublikaning har 100 xonadoniga 153 dona televizor, 102 dona sovitkich, 34 dona konditsioner, 54 dona changyutgich, 80 dona kir yuvish mashinasi, 246 dona telefon va 49 dona kompyuter to‘g‘ri keladi. Mana shunday elektr texnika buyumlarini qanday ishlatish bilan elektr energiyasi sarfini ko‘payib ketishi yoki kamayishi kuzatilmoqda.
“Elektr energiyasi sarfini kamaytirishda amal qilib kelayotgan qoidalar bilan bir qatorda, shu kungacha biz jiddiy e'tibor bermagan, demak amal qilmagan, endi esa iste'mol madaniyatimizda kundalik me'yorga aylanib borayotgan tejamkorlik ham muhim o‘rin tutishini alohida ta'kidlashimiz to‘g‘ri bo‘ladi.
Xonadon sharoitida elektr energiyasini qanday qilib tejash mumkin?
“O‘zenergoinspeksiya”ning bu boradagi oddiy tavsiyalariga jiddiy amal qilsangiz, bir yilda 500 kVt. soat elektr energiyasini yoki amaldagi tarif bo‘yicha 147 500 so‘mgacha mablag‘ingizni tejab qolgan bo‘lasiz”, - deyiladi vazirlik ma'lumotida.
Misol sifatida keltirilishicha, uydagi birgina televizor rozetkadan o‘chirilmaganda (kutish rejimida qolsa) o‘rtacha bir kunda 25 Vt, bir oyda esa 750 Vt elektr energiyasi behuda sarflanadi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblaridan kelib chiqib, uy sharoitida elektr energiyasini tejashning asosiy ko‘rsatkichlari eslatib o‘tilgan.
Davlatimiz rahbari bu haqda bir hafta oldin kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilishda ko‘rsatma bergan edi. Shu asosida kuz-qish mavsumida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash va bir maromda yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Ma’lumki, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanib, turmush darajasi yaxshilangani sari energiyaga talab ham oshib boradi. So‘nggi besh yilda yurtimizda elektr energiyasi iste’moli 20 foizga, jumladan, aholi tomonidan sarflanishi 31 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkich yiliga 6 foizdan o‘sib bormoqda.
Shu bois energiya ishlab chiqarish izchil rivojlantirilmoqda, bunga qo‘shimcha suv, quyosh, shamol energetikasi stansiyalari barpo etilmoqda. Shu bilan birga, elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfini hisoblash tizimi ham tartibga keltirildi. Endigi muhim vazifa – bu ne’matni qadrlab, tejab, o‘z o‘rnida foydalanish.
Taqdimotda mutasaddilar bu boradagi takliflarni bayon etdi. Xususan, sanoat korxonalarida ish jarayonini optimallashtirish, energiya ishlab chiqarish texnologiyasini modernizatsiya qilish, qozonxonalarni yangilash va ta’mirlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga tabiiy gaz va elektr energiyasini 10 foizgacha qisqartirish mumkinligi aytildi.
Davlatimiz rahbari bu masala yildan-yilga dolzarb bo‘lib borishi, shuning uchun hamma soha va hududlarda energiyani tejashga o‘rganish kerakligini ta’kidladi. Bu pirovard natijada xalqimizni energiya manbalari bilan uzluksiz va barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda dunyoda energiya resurslari taqchilligi sezilmoqda. Shuning uchun ko‘plab davlatlarda energiya sarfini tejash va aholi xonadonlarida issiqlik haroratini mo‘’tadillashtirish choralari ko‘rilmoqda.
Yurtimizda ham bu borada ijobiy tajribalar ommalashmoqda. Masalan, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida ko‘chalarni yoritish tizimidan oqilona foydalanish hisobiga bir haftada 50 ming kilovatt-soat yoki 14 foiz elektr energiyasi tejalayotir.
Shu bois mutasaddilarga hududlarga chiqqan holda, energiyani tejash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni izlash vazifasi qo‘yildi.
Ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorligini oshirish, quyosh panellaridan foydalanishni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi hamda Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi vakolatlarini kuchaytirish, noqonuniy holatlarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Dostları ilə paylaş: |