Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 118-modda) va “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 40-son, 431-modda) qonunlariga muvofiq elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotish jarayonining yagona tartibini o‘rnatadi, shuningdek ushbu jarayonda ishtirok etayotgan ho‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro munosabatlarini belgilaydi.

Asosiy atamalar va tushunchalar
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
elektr energetikasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, sotish va iste’mol qilish sohasi;
yagona elektr energetika tizimi — elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalar, magistral elektr tarmoqlari, hududiy elektr tarmoqlari majmui va ularning tezkor-dispetcherlik boshqaruvi;
elektr tarmoq — elektr energiyasini uzatish va taqsimlashga mo‘ljallangan elektr tarmoqlari ho‘jaligi obyektlari majmui;
elektr energiyasining tranziti — bir davlat elektr tarmoqlari orqali, boshqa davlat hududida ishlab chiqarilgan va uchinchi davlat hududiga mo‘ljallangan elektr energiyasini uzatish;