Energiya tejovchi led lampalari led lampalari turlari led lampalarining xarakteristikalari


LED lampalarining afzallik va kamchiliklari



Yüklə 129,97 Kb.
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü129,97 Kb.
#191784
1   2   3
9-MA\'RUZA ELEKTR YORITISH

LED lampalarining afzallik va kamchiliklari


LED lampalarining afzalliklari:
1. Kam quvvat sarfi. LED lampalar odatdagi chug‘lanma chiroqlarga qaraganda 70% kam elektr energiyasini iste‘mol qiladi. Masalan, 10 Vattli LED odatdagi 100 Vattli chug‘lanma chiroqning yorug‘ligini ishlab chiqaradi, bu juda foydalidir.
2. Xizmat muddatining uzoqligi. Eng yaxshi LED lampalar har qanday chiroqlardan ancha uzoq, ya‘ni 100000 soatgacha ishlaydi.
3. Mexanik shikastlanishlarga bardoshligi. LED lar alyuminiy va plast-massa materiallaridan tayyorlangan bo‘lib, bu lampaning tashqi muhit ta‘sir-lariga chidamliligini ta‘minlaydi. Shuningdek, chug‘lanma chiroqlarda mavjud elementlarning yo‘qligi ham, xavfli isitishni yo‘q qiladi.
4. Miltillash jarayoning yoqligi. Lyumitsent lampalar o‘zgaruvchan tokda ishlaydi va chastotasi soniyasiga 100 dan ortiq miltillaydi, albatta biz buni sezmaymiz, ammo uzoq muddatda foydalanishimiz jarayonida, bu biz-ning ko‘zimiz to‘r pardasiga juda zararlidir. Lekin, LED lampalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqim bilan ishlaganligi uchun, bu miltillash imkoniyatini yo‘q qiladi.
5. Ultrabinafsha yoritishining yoqligi. Chug‘lanma chiroqlar ultrabinaf-sha yoritishini hosil qiladi. Shuningdek, u tunda barcha hasharotlarni o‘ziga tortadi (yoqimsiz, ayniqsa yozgi oqshom, oshxonada ochiq deraza bilan o‘tir-moqchi bo‘lganingizda). LED lampalar toza yorug‘lik beradi.
6. Turli xil kuchlanishlarda ham ishlashi. Manba kuchlanishi pasaygani-da, LED lampalar biroz kamroq yoritilganligini hisobga olmasak, lekin lampa-ni ishlash oralig‘i 80-230 V oralig‘idadir.
7. Minimal issiqlik ishlab chiqarishi. LED lampalar deyarli qizib ketmay-di hamda -50 ÷ +70 darajagacha bo‘lgan haroratlarda ishlaydi.
8. Shovqinning yoqligi. Bolalar xonasi uchun tungi yoritish uchun juda qulay.
9. Juda yuqori yoruglik chiqishini kam energiya sarfi bilan va neonli lampalar bilan solishtirish mumkin.
10. Yonaltirilgan yoruglikning mavjudligi. Ushbu jarayon, reflectorlarga bo‘lgan ehtiyojni yo‘q qiladi. Reflektor (lot. refl ecto - bukaman, qaytaraman) - yorugʻlik, tovush va issiqlik shaklidagi toʻlqinlar, gidrostatik, elektromagnit energiya oqimlari yoʻnalishi va jadalligini, shuningdek, qayishqoqlik xossasiga ega bulgan kattik, jismlar harakati yoʻnalishini oʻzgartirish uchun moʻljallangan qaytargich qurilma. Reflektorning qaytaruvchi sirti bir yoki bir necha koʻzgudan iborat. Toʻlqinlar yoki oqimlarni tuplash uchun reflektor sirti botik, (sferik, paraboloidal va boshqalar) boʻlishi lozim. Reflektor akustika, radiotexnika (antenna), uy-roʻzgʻorlarda ham ishlatiladi.
11. Foydalanishning qulayligi. Oʻrnatishi juda oson, hattoki mutaxassis boʻlmagan shaxslar ham oʻrnatishi mumkin.
LED lampalarining kamchiliklari:
1. LED lampalarida bitta LED (svetodiod) ishdan chiqsa, butun lampa oʻchib qoladi;
2. Juda uzoq masofalarda yorugʻlikning aniqlanishi va yetarli darajada kuchli boʻlmagan yorugʻlikni, strukturadagi LED lampalarning sonini koʻpay-tirish orqali yoʻq qilinishi mumkin;
3. LED lampalarda LED (svetodiod) - bu yarimoʻtkazgichli element boʻlib, yoritishning sifati oʻtkazgichning qarshiligiga bogʻliq va shu sababli tashqi harorat oʻzgarishi bilan yorugʻlik sifati ham oʻzgaradi;
4. Yuqori raqobat tufayli, sanoat korxonalarida LED lampalarini ogʻir sharoitdagi ishlarda ham foydalanishmoqda, bu esa ish davomiyligiga salbiy taʻsir qiladi;
5. LED lampalarini tez-tez nazorat qilish talab qiladi, ayniqsa ochiq havolarda ishlatilganda, changlarini tez-tez tozalab turish kerak;
6. Yorugʻlikning notekis taqsimlanish muammosining mavjudligi, bu odamlarda LED lampalari yorugʻligi bilan muntazam ishlaganlaridan soʻng, maʻlum muddat vaqtinchalik koʻrlikka olib kelishi mumkin;
7. LED lampalarining asosiy kamchiliklaridan biri, bu narxining nisbatan yuqoriligidir.
Nazorat savollari
1. Uy yoritgichi uchun qaysi lampalar yaxshiroq?
2. LED lampa, lyuminestsent, galogen va chug‘lanma chiroqlarning afzal-lik va kamchiliklari qanday?
3. LED lampa, lyuminestsent, galogen va chug‘lanma chiroqlarni ishlatish qanchalik tejamkor?
Yüklə 129,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin