9-mavzu. LED lampalar, ularning turlari va xarakteristikalari. Reja: Energiya tejovchi LED lampalari.
LED lampalari turlari.
LED lampalarining xarakteristikalari.
Energiya tejovchi LED lampalari
Davr talabidan kelib chiqib, elektr energiyasidan foydalanmasdan zamo-naviy odamlarning hayot-tarzini tasavvur qilish qiyin. Yaʻni, bugungi kunda yorugʻlik manbalarining asosiy isteʻmolchilari elektr energiyasi bilan ishlayidi-lar. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning taxminan 15 foizi yoritish mos-lamalari tomonidan isteʻmol qilinadi. Elektr energiyasining sarfini kamaytirish uchun, yorugʻlik chiqarishni koʻpaytirish va yorugʻlik manbalarining umrini oshirish maqsadi bilan, asta-sekin eski va yuqori quvvat isteʻmol qiladigan analogli lampalardan voz kechib, yangi eng tejamkor yorugʻlik manbalaridan foydalanish kerak.
Shuningdek, bugungi kun talab va ehtiyojlaridan kelib-chiqib, insoniyat-ning hayotiy kundalik ehtiyojlarida foydalanish uchun LED lampalari kirib keldi.
Elektr energiya tejash nuqtai nazaridan bugungi kunning eng foydali narsalaridan biri, bu LED lampalari deb aytsak mubolagʻa boʻlmaydi. LED lampasini tarjima qilinganida, ingliz tilida “LED - yorugʻlik chiqaradigan diod” maʻnosini bildiradi. Bunday lampalarning yorugʻlik samaradorligi 60-100 Lm/Watt ni tashkil qiladi va oʻrtacha xizmat muddati 30000-50000 soatni tashkil qiladi. Shu bilan birga, ushbu turdagi zamonaviy lampalar qizib ketmaydi va kundalik ehtiyojlar uchun ishlashda toʻliq xavfsizdir.
LED lampalarining tashqi koʻrinishlari LED lampalarining rang harorati juda xilma-xildir, yaʻni yumshoq sariq-dan salqin oqgacha. Lampalarning rangni tanlash, foydalaniladigan xonani toʻgʻri tanlash va uy egasining xohishlariga ham bogʻliqdir. Masalan, ofislar uchun - 6400 K belgisi bilan yorqin oqni tanlash yaxshidir, bolalar xonasi uchun - tabiiy yorugʻlikka yaqin 4200 K, yotoqxona uchun - biroz sargʻish soyali 2700 K belgisini tanlash maqsadga muvoviqdir.
Shuningdek, LED lampalarida lyuminestsent lampalarining asosiy kamchi-ligi hisoblanadigan - miltillab ishlash hodisasi yoʻq va bunday yoritishda ishlash koʻzlar uchun juda qulaydir. Ular odatiy 220 V kuchlanishli tarmoqda ishlaydi va standart E27 va E14 bazalari bilan jihozlangan.
Avvallari uylar uchun LED lampalari kabi yoritgichlar yoʻq edi. Ularni tanlash va oʻrnatish jarayonlarini faqat avtoulov mexaniklari bilishi mumkin edi, chunki ular asosan avtomashinalar panellarida va koʻrsatkich chiroqlarida ishlatilgan. Bugungi kunda lampalarning uy sharoitida ishlashi shu qadar tanish boʻlganki, biz LED lampalari va eski uslubdagi yoritgichlarni tanlash haqida oʻylamaymiz. LED lampalarida yorugʻlik oqimi doimiy qiymatda va isitish qiymati minimaldir. Shuning uchun ular qizib ketmaydilar va lyuminestsent lampalar singari yillar davomida ketma-ket xizmat qilishlari mumkin.
LED lampalarining yuqori qiymatlariga qaramay, ulardan foydalanish foydalidir. Chunki, kamroq energiya sarflanishi, bunday lampalar elektr energiyasining oylik toʻlovini kamaytirishga ham yordam beradi. Asosiysi, uy uchun LED lampalarini tanlashda, quvvatlar farqini ham hisobga olish kerak. Masalan, umumiy maqsadlar uchun moʻljallangan chugʻlanma chiroq qanday quvvat sarf qilishini bilib, uni 8 qiymatiga boʻlish mumkin. Yaʻni odatiy chiroqni 100 Vt quvvatga oʻzgartirishdan 100:8=12,5 Vt quvvat kelib chiqadi va shu kabi hisoblashlar bilan, bizga 12 Vt quvvatli LED lampa kerakligiga oydinlik kiritamiz.
Yana bir muhim koʻrsatkich, bu LED lampalari xonalarda ancha qulay yoritilishni taʻminlaydi. Oq rangdagi yorugʻlikning mavjud ranglardan eng maqbuli, bu 2600-3200 K va 3700-4200 K oraligʻidagi rangdir. Bunday yorugʻ-lik tabiiy quyosh nuriga yaqin va koʻzlarga zarari yoʻq. Yorugʻlikning 6000 K indikatori juda yuqori oq rangni beradi hamda 2600 K dan kam esa sariq rangni beradi. Bunday ranglar koʻzlarga zararli, odam tezda charchaydi va bosh ogʻrigʻi paydo boʻlishi hamda koʻrish yomonlashishi mumkin.
Bunday lampalar qizib ketib, yonmaydi va vaqt oʻtishi bilan ular taxminan 30% gacha oʻzlarining yorqinligini yoʻqotadilar. Shuningdek, xizmat muddati 15 yilgacha. LED lampalar har doim bir yoʻnalishda yorugʻlik chiqaradi. Ushbu xususiyat uning substratda joylashgan joyiga qarab belgilanadi. LED lampalari-dagi yorugʻlik yoʻnalishi yorugʻlik chiqaradigan joylarning geometriyasiga bogʻliq. Shuni yodda tutgan holda, siz chiroq yoki qandil uchun lampochkani tanlashingiz kerak.