Nazorat uchun savollar. Diod,teristor nima va ular qanday ish bajaradi? Diod konstruktsiyasini tushuntiring?
Yarim o’tkazgich elementlar- diodlar, stabilitronlar, dinistorlar, tiristorlar va simistorlarning volt-amper tavsiflari va ish rejimlarini o’rganish
Nazorat uchun savollar.
1.Diod,teristor nima va ular qanday ish bajaradi? 2.Diod konstruktsiyasini tushuntiring?
3.Sigim, induktivlik, rezistor nima va ular qanday ish bajaradi?
4.Diodni avfzalliklari nimada?
Diod — ikki elektrodli elektron lampa. Bir tomonlama oʻtkazuvchanlik xususiyatiga ega. Vakuum va yarimoʻtkazgich Diodlar boʻladi. Vakuum Diod anod va katoddan iborat. Tok berilib, katod qizdirilsa, elektronlar oqimi anodga qarab yoʻnaladi va anod toki hosil boʻladi. Katod bilan anod orasidagi potensiallar farqi kichik boʻlsa, lampa ichidagi elektronlarning bir qismi katodga aylanadi. Bunday hodisa toʻyinmagan rejim deb ataladi. Potensiallar farqi katta boʻlganda Diod toʻyingan rejimda ishlaydi. Bunda elektronlar harakati deyarli sezilmaydi. Yarimoʻtkazgich Diodda ikki xil oʻtkazgich chegarasida hosil boʻlgan potensial toʻsiq tokni faqat bir yoʻnalishda oʻtkazadi. Diod tokni toʻgʻrilash, tokni chegaralash va , chastotani oʻzgartirish uchun elektr apparatlar va radioapparatlarda qoʻllaniladi.
Diodning ishlash prinsipi bilan tanishish uchun sxemasi keltirilgan zanjir tuzamiz.
Bu sxemada Bk— katodni cho‘g‘lantirish uchun tok beruvchi batareya, uni cho‘g‘lantirish
batareyasi deb ataladi. Ba— anod bilan katod orasida kuchlanish hosil qiluvchi batareya, uni anod batareyasi deb, elektrodlar orasidagi kuchlanishni esa anod kuchlanishi (Ua) deb ataladi. Anod, galvanometr, anod batareyasi, katoddan iborat zanjir anod zanjiri deb, shu zanjirdagi tokni esa anod toki (Ia) deb ataladi. Katod, cho‘g‘lantirish batareyasi, reostatdan iborat zanjir cho‘g‘lanish zanjiri yoki katod zanjiri deb, undan oqayotgan tokni cho‘g‘lanish toki (Ich) deb ataladi.
Sxemadatasvirlangan elektr sxemadaK katod Bk katod
cho‘g‘lantirish batareyasi tomonidan hosil qilingan tok bilan
qizdiriladi. Reostat R1 yordamida cho‘g‘lanish tokini boshqarib,
katodning cho‘g‘lanish temperaturasini o‘zgartirish mumkin. Anod kuchlanishining kattaligini R2 reostat yordamida o‘zgartirib voltmetr yordamida, anod toki galvanometr yordamida o‘lchanadi.
Diod turlari Yarimo’tkazgichli diod Vakumli diod
Tiristor - bu uch yoki undan ortiq p-n birikmalarga ega bo'lgan va ikkita barqaror holatga ega bo'lgan yarimo'tkazgichli yagona kristallga asoslangan yarimo'tkazgichli qurilma.
Zamonaviy tiristorlar 1 mA dan 10 kA gacha bo'lgan oqim uchun ishlab chiqariladi; bir necha o'nlab voltdan bir necha kilovoltgacha bo'lgan kuchlanish uchun; ulardagi to'g'ridan-to'g'ri oqimning ko'tarilish tezligi 109 A / s ga, kuchlanish - 109 V / s ga etadi, yoqish vaqti bir necha o'ndan bir necha o'nlab mikrosaniyagacha, o'chirish vaqti bir necha birlikdan bir necha yuz mikrosaniyagacha.
Shuni ham yodda tutish kerakki, barcha tiristorlar ruxsat etilgan to'g'ridan-to'g'ri kuchlanish bilan taqqoslanadigan teskari kuchlanishni qo'llashga imkon bermaydi. Tiristor orqali boshqariladigan quvvat 100 MVt ga etishi mumkin.
Rezistor (lot. resisto — qarshilik koʻrsataman) — radio va elektrtexnika qurilmalari elektr zanjirining strukturaviy (tugal buyum koʻrinishidagi) elementi; asosiy vazifasi — elektr toki ga faol qarshilik koʻrsatish. Qarshilikning nominal qiymati (bir necha Om dan 1000 GOm gacha), undan ogʻish qiymati (0,001—20%) va maksimal sochish quvvati (Vt ning yuz larcha ulushlaridan bir necha MVt gacha) bn tavsiflanadi. Tayyorlanadigan materialiga qarab, R. metall, uglerodli, suyuklikli va yarimoʻtkazgichli; qarshilik turiga qarab, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan xillarga boʻlinadi. Bulardan tashqari, qarshiligi kuchlanishga (maxsus; varistorlar), traga (termorezistorlar), yoritilganlikka (fotorezistorlar) va deformatsiyaga (tenzodatchik) bogʻliq boʻlgan xillari bor. R. yordamida radioelektron qurilmalarda tok kuchi va kuchlanish rostlanadi, tra, yorugʻlik kuchi oʻlchanadi va boshqa Termobardosh materiallardan tayyorlangan baʼzi R. qizdirish elementi sifatida ishlatiladi.
Sig‘im datchiklarida xilma-xil kirish kattaliklarni (chiziqli va burchak xarakatlarni, mexanik kuchlanish, satx va kabilar) sig‘im o‘zgarilishiga aylantiriladi. Amalda sig‘im datchiklari kondensatorlardan yasaladi. O‘lchaydigan kattaliklariga qarab sig‘im datchiklari yuzasi o‘zgaruvchan, oraliq masofasi o‘zgaruvchan va dielektrik singdiruvchanligi o‘zgaruvchan turlariga bo‘linadi.