Energo-mexanika fakulteti «mashinasozlik texnologiyasi»


Qo‘yi juftli tekis mexanizmlarga misollar



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə9/35
tarix07.01.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#209718
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Energo-mexanika fakulteti �mashinasozlik texnologiyasi�

Qo‘yi juftli tekis mexanizmlarga misollar:
1. Krivoship - polzunli mexanizm (1.3 – a shakl) eng ko‘p tarqalgan mexanizmlardan bo‘lib, u ichki yonuv dvigatellarida, kompressorlar va nasoslar, bolg‘alovchi mashinalar, presslar va hakozalarda asosiy mexanizm hisoblanadi. Bu mexanizmlarda: 1 – krivoship, 2 – shatun, 3 – polzun, 4 - ustun deb nomlangan.
2. Sharnirli to‘rt bo‘g‘inli mexanizm, (1. 3 – j shakl) bir turdagi aylanma (tebranma) harakatni boshqa turdagisiga aylantirib berish uchun xizmat qiladi va bo‘g‘inlarining o‘lchamlariga qarab krivoship-koromislo, ikki krivoshipli va ikki koromisloli bo‘lishi mumkin. Bu turdagi mexanizmlar kombayinlar, presslar, bolg‘alovchi mashinalar, tebranuvchi konveyerlar, prokat stanlari, ilashish muftalari va xakozalarda qo‘llaniladi. Bu yerda: 1 – krivoship, 2 – shatun, 3 – koromislo, 4 – ustun.
а) б) в) г) д)



ж) и) и) к)

1.3- шакл


3. Kulisali mexanizm (1.3-v shakl) bir turdagi aylanma harakatni (1 – bo‘g‘in harakatini) boshqa turdagi aylanma harakatga (3 – bo‘g‘in) yoki uzluksiz aylanma harakatni ilgarilanma - qaytma harakatga o‘zgartirib beradi. Bu yerda: 1 – krivoship, 2 - kulisa toshi, 3 – kulisa, 4 – shatun, 5 – kulisa toshi, 6 – ustun. Bu mexanizmlar randalash va teshik o‘yish dastgohlarida, porshenli nasoslar va kompressorlarda, gidroyuritmalarda va asboblarda keng qo‘llaniladi.




Mexanizmlarning tuzilish formulasi

Turli-tuman mexanizmlar tuzilishida mexanizmning erkinlik darajasini (W) undagi bo‘g‘inlar soni va kinematik juftlar soni hamda turlari bilan bog‘laydigan umumiy qonuniyatlar ma’jud. Ushbu qonuniyatlar mexanizmlarning tuzilish formulalari deb yuritiladi.


hozirgi vaqtda fazoviy mexanizmlarning tuzilishini nazoratda Malishev formulasi keng qo‘llaniladi. Tekis mexanizmlar uchun esa P.L.Chebishev: formulasi keng qo‘llaniladi
(1. 1)
bu yerda; n – qo‘zg‘aluvchan bo‘g‘inlar soni,
r2 - qo‘yi kinematik juftlar soni,
r1 – oliy kinematik juftlar soni.
Mexanizmlarni tuzilishi bo‘yicha tahlil qilish Assur g‘oyasiga asoslangan bo‘lib, bu g‘oyaga asosan har qanday mexanizmni hosil qilish uchun boshlang‘ich mexanizmga (ustun va yetakchi bo‘g‘indan iborat bo‘lgan mexanizm) qo‘zg‘aluvchanlik darajasi nolga teng bo‘lgan Assur guruhlarini birlashtirish lozim bo‘ladi. qo‘shilayotgan Assur guruhlarining qo‘zg‘aluvchanlik darajasi nolga teng bo‘ladi, ya’ni
, (1. 2)

Bundan , (1. 3)


ko‘rinib turibdiki, Assur guruhidagi bo‘g‘inlar soni juft sonlardan, kinematik juftlar soni esa mos ravishda 3 ga karrali bo‘lishi lozim.
Eng oddiy guruh - bu bo‘g‘inlar soni ikkita, kinematik juftlar soni uchga teng bo‘lgan II sinf Assur guruhidir. Bu guruhlarning besh turi mavjud bo‘lib, qo‘llanmada ularning birinchi uchta turi qo‘riladi. Chunki loyihalash topshiriqlarida mexanizmlar asosan II sinfning birinchi, ikkinchi va uchinchi turlariga mansub. 1.3 – j shaklda II sinf birinchi tur Assur guruhi keltirilgan. Bu guruhda barcha juftlar aylanmadir, bunda A va O3 juftlar tashqi juftlar hisoblanib, ular Assur guruhini boshlang‘ich mexanizm (1.3 –k shakl) va ustunga (4) biriktirish uchun xizmat qiladi. V juft esa ichki juft hisoblanib, u guruhni tashkil etuvchi 2 - va 3 - bo‘g‘inlarni biriktirish uchun xizmat qiladi. II sinf Assur guruhida tashqi juftlarning biri (V) ilgarilanma - qaytma harakat qiladi (1.3- b,g shakl). 3 -chi turda esa ilgarilanma - qaytma harakatlanuvchi juft (A) (1.3 – d shakl) ichki kinematik juft hisoblanadi.
Mexanizmlarni tuzilish bo‘yicha tahlil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad shuki, bir sinfga mansub barcha guruhning faqat o‘ziga ta’lo‘qli hisoblash usuli mavjud, bu usulni boshqa sinf guruhlariga tatbiq etib bo‘lmaydi. Bu tahlilni amalga oshirish uchun yetakchi bo‘g‘indan eng uzoqda joylashgan Assur guruhi mexanizmdan ajratiladi. Bunda mexanizmning kolgan qismining qo‘zg‘aluvchanlik darajasi o‘zgarmasligi lozim.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin