misol. Randalash dastgohining olti bo‘g‘inli kulisali mexanizmini ko‘rib chiqamiz (1.3-v shakl). Bu mexanizmning qo‘zg‘aluvchanlik darajasini aniqlaymiz
, (I. 4)
Demak, mexanizmda bitta yetakchi bo‘g‘in mavjud. Boshlang‘ich mexanizmdan eng uzoqda joylashgan 4- va 5- bo‘g‘inlardan iborat II sinf 2 - tur Assur guruhini ajratib olamiz (1.3-g shakl), keyin 2 - va 3 - bo‘g‘inlardan iborat II sinf 3 - tur Assur guruhini ajratamiz (1.3-d shakl ). Qolgan 1 - va 6 - bo‘g‘indan iborat mexanizm I sinfga mansub boshlang‘ich mexanizmdir (1.3 - ye shakl).
Mexanizmlarning qo‘zg‘aluvchanlik darajasini aniqlashga doir masalalar:
1.4 - шакл 1.5 - шакл 1.6 - шакл
1.7 - шакл 1.8 - шакл 1.9 - шакл
1.10 - шакл 1.11 - шакл 1.12 - шакл
1.13 - шакл 1.14 - шакл 1.15 - шакл
Ba’zi mexanizm va bo‘g‘inlarning shartli belgilari
1.1- jadval
№
|
Nomlari
| Shartli belgisi |
Harakat turi
|
1
|
Qo‘zg‘almas bo‘g‘in
|
|
Harakatlanmaydi
|
2Vallarning porshininda aylanish
|
|
To‘la aylanma
|
|
3
|
Polzunning qo‘zg‘almas yo‘naltiruvchi (x-x)da to‘g‘ri chiziqli harakat
|
|
Ilgarilanma – qaytma
|
4
|
Ikki bo‘g‘inning qo‘zg‘almas birikishi
|
|
|
5
|
Ikki bo‘g‘inning V sinf aylanma kinematik juftlik oqali bog‘lanishi
|
|
|
6
|
Krivoshipning qo‘zg‘almas bo‘g‘in bilan V sinf aylanma kinematik juft orqali bog‘lanishi
|
|
To‘la aylanma
|
7
|
Ikki bo‘g‘inning sharli sharnir A orqali birikishi
|
|
Ilgarilanma – qaytma
|
8
|
Tirsakli valning shatun bilan birikishi
|
|
Aylanma
|
9
|
Shatun bilan polzunning V sinf aylanma kinematik juft orqali bog‘lanishi
|
|
Ilgarilanma – qaytma
|
10
|
Silindrik (a) va konussimon (b) tishli g‘ildiraklar
|
|
Aylanma
|
11
|
Tasmali uzatma
|
|
Aylanma
|
12
|
Friksion uzatma
|
|
Aylanma
|
13
|
Zanjirli uzatma
|
|
Aylanma
|
14
|
Reykali mexanizm
|
|
Ilgarilanma - qaytma
|
15
|
Kulochok
|
|
Aylanma
|
16
|
Koromislo
|
|
Tebranma
|
17
|
Kulisa
|
|
Tebranma, polzunga yo‘naltiruvchi
|
18
|
Kulisa
|
|
Ilgarilanma qaytma
|
19
|
Kulochokli mexanizm
|
|
Aylanma – tebranma
|
20
|
Krivoship – polzunli mexanizm
|
|
Aylanma - ilgarilanma – qaytma
|
21
|
Bazis bo‘g‘in-shatun
|
|
Aylanma - ilgarilanma – qaytma (murakkab)
|
22
|
Kulisali mexanizm
|
|
Aylanma, tebranma, sirpanma
|
23
|
Gidravlik va pnevmatik mexanizm
|
|
Ilgarilanma qaytma
|
Nazorat uchun savollar:
Mashina va mexanizmlar nazariyasi fanining maqsadi va vazifalari to‘g‘risida gapirib bering.
Mashina deb nimaga aytiladi?
Mexanizm deb nimaga aytiladi?
Bo‘g‘in nima?
Mexanizmlarning qanaqangi turlarini bilasiz?
Kinematik juft nima?
Mexanizmning tuzilish formulasini yozing.
6- Amaliy mashg’ulot
Mexanik yuritma va uzatmalar. Kinеmаtik хisоbi. Elektryuritkichni tanlash.
Mexanik yuritmalarning kinematik hisobi yuritmani tashkil etuvchi uzatma, mufta, podshipnik, vallarni hisoblashning ilk dastlabki hisobi sanaladi. Mexanik yuritmalar kinemtik belgilar yordamida belgilanadi. Asosiy mashina detallarining uzatmalar, muftalar podshipniklari shartli belgilashlari standart bo‘yicha qabul qilinadi. «Mashina detallari» fanida mexanik yuritmalarning harakat manbai sifatida 4A seriyali elektrodvigatellar ishlatiladi. Mexanik yuritmalarda ochiq uzatma sifatida tasmali, zanjirli yoki tishli uzatmalardan foydalaniladi. Yopiq tishli uzatmalar aksariyat hollarda tishli yoki chervyakli bir, yoki ikki pog‘onali reduktor sifatida qo‘llanadi. Mexanik yuritmaning kinematik hisobida quyidagi hisoblash ishlari bajariladi.
1. Elektrodvigatelning zarur qiymat miqdori aniqlanadi, bu qiymat asosida maxsud jadvaldan 4A seriyali asinxron elektrodvigatel tanlanadi.
2. Tanlangan elektrodvigatelning aylanishlar takroriyliklari asosida mexanik yuritmaning uzatmalarini uzatish nisbatlari taqsimlanadi. Uzatish nisbatlari tavsiyaviy qiymatlarini qabul qilishda ishchi val aylanishlar takroriyligi va uni hisobiy qiymatini berilgan farqi tekshiriladi va uni tavsiyaviy oraliqda bo‘lishiga e‘tibor berish kerak.
3. Mexanik yuritma vallarining kinematik va kuch parametrlari hisoblanadi, vallarning kinematik parametrlarida aylanish takroriyliklari va burchak tezliklari aniqlanadi, kuch parametrlari bo‘yicha esa vallardagi quvvat va burovchi momentlari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |