7- modda. Energiya sarflan normativlari Ushbu qonun 5-moddasining birinchi qismida sanab o’tilgan ob’ektlar uchun energiya
sarflash normativlarini O’zbekiston Respublikasi Xukumati yoki vakolat bergan organlar
belgilaydi.
Energiya sarflash normativlari energiya xosil qiluvchi asbob-uskunalar hamda
mahsulotlarining texnik pasportlariga, tuzatish ta’mirlash va rejim varaqalariga ulardan
foydalanish yo’riqnomalariga kiritiladi. Binolar va inshoatlarni isitish, ularning havosini
almashtirish xarorati va namligini bir xilda saqlab turish uchun energiya sarflash normativlari,
qurilish normativlari va qoidalarida belgilab qo’yiladi. Energiya sarflash normativlari har besh
yilda qayta qo’rib chiqiladi av ilg’or texnologiya yutuqlarini hisobga olgan holda o’zgartirilishi
lozim.
8-modda. Sertifikatlash Quyidagilar energiya jixatidan samaradorlik ko’rsatkichlariga muofiqlik bo’yicha
majburiy sertifikatlashtiriladi:
Energitika resurslari;
Ommabob maxsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish;
Energiya xosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob uskunalar hamda maxsulotlar;
Majburiy sertifikatlash qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tayyorlangan asbob uskunalarning, shu jumladan rozg’orda foydalanish uchun
mo’jjallangan asbob uskunalarning normativ xujjatlarning energiya jihatdan samaradorlik
ko’rsatkichlariga oid qismida belgilangan ttalablarga muofiqligi ishlab chiqaruvchi tomonidan
uni albatda tamg’alash yo’li bilan tasdiqlanadi.
9-modda. Metrologiya Energiya hosil qilish va uni sarflash chog’ida,shuningdek, energiyani sertifikatlash
paytida majburiy davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati amalga oshiriladi.
Energiyadan oqilona foydalanishni davlat tomonidan metrologik ta’minlash energiya
xosil qilish va uni sarflash chog’ida o’lchashning bir xilligini ta’minlashda qaratilagn chora
tadbirlar normativ xujjatlar majmuini nazarda tutadi.
Quyidagilar energiya xosil qilish va uni sarflash ustidan davlat metrologiya tekshiruvi
nazorati ob’eklaridir:
O’lchov vositalari;
Axborot-o’lchov tizimlari;
Moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarnig standart namunalari;
Energiyani va energiya manbalarini xisobga olish majmui va tarmoqlari;
O’lchash uslablari;
Metrologiya normalari va qoidalari nazarda tutilgan boshqa ob’ektlar.
Energiyadan oqilona foydalanish tizimini ta’minlash ustidan davlat metrologiya
tekshiruvi nazorati «O’zdastandart» zimmasiga yuklatiladi.