Eng Qadimgi Hindiston. Reja


Qadimgi Hindistonning ijtimoiy tuzumi va madaniyati



Yüklə 72,5 Kb.
səhifə9/12
tarix10.05.2023
ölçüsü72,5 Kb.
#110745
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1479925740 66173

Qadimgi Hindistonning ijtimoiy tuzumi va madaniyati
1. Hindistondagi davlatlarning ijtimoiy tuzumi. Ma`lumki, miloddan avvalgi III ming yillikning ikkinchi yarmida Qadimgi Panjob va Hind daryosi vodiysida tepasida podsho turgan davlatlar vujudga kelgan.
O`sha vaqtdayoq aholi orasidan podsho boshliq oliy mansabdagi boy-badavlat aslzodalar ajralib chiqqanlar. Hunarmandlar, mayda savdogarlar, kichik yerli dehqonlar aholining o`rta tabaqasini tashkil etgan. Endrgina paydo bo`layotgan qullar va qashshoq kishilar aholining quyi tabaqasini tashkil etgan. Podsho mamlakatning mutlaq hokimi bo`lib, u qarigan va o`lgan taqdirda uning taxti, mamlakat va uning mol-mulki o`g`illari va aka-ukalariga meros bo`lib qolgan.
Miloddan avvalgi I mingyillik o`rtalariga kelib Shimoliy Hindistonda 20 dan ortiq katta-kichik davlatlar tashkil topadi. Shimoliy Hindistondagi Magadxa, Koshala, Nand, Maurya, Kushon kabi yirik davlatlar podsho boshqaradigan davlatlar bo`lgan. Bunday davlatni monarxiya deyilgan.
Shimoliy Hindistonda Vridji va Malla kabi davlatlar ham bor ediki, bu davlatni oqsuyak-zodagonlar kengashi va xalq yig`ini tomonidan saylab qo`yiladigan hokimlar boshqarganlar. Bunday davlatni respublika deyilgan.
2. Qadimgi Hindistonda toifachilik tuzumi. Hindistonning qadimgi solnomalari Veda kabi diniy to`plamlarida aholi bir-biridan farq qiladigan turli toifa – varna-kastalarga bo`linganligi ta`kidlanadi. Shulardan birinchisi oliy varna-kastaga mansub bo`lgan braxmanlar bo`lgan. Braxmanlar toifasiga yirik yer egalari, ruhoniy-kohinlar, amaldorlar va aslzodalar a`zo bo`lishgan. Ular oliy xudo Braxmaning og`zidan yaratilgan ekan. Ikkinchi varna-kasta kshatriyalar bo`lib, ular xudo Braxmaning yelkasidan vujudga kelgan ekanlar. Kshatriyalar toifasiga harbiy sarkardalar va jangchilar kirganlar.
Aholining eng ko`p qismini tashkil etgan hunarmandlar, mayda savdogarlar, dehqon va dehqon jamoalari uchinchi toifa – varni-vayshilarni tashkil etgan. Ular xudo Braxmaning qovurg`asidan paydo bo`lgan ekanlar.
Hindiston aholisining eng quyi tabaqasi shudralar bo`lgan. Ular Braxmaning tovonidan paydo bo`lgan ekan. Shudralar ajnabiyyot o`lkaning odamlari, o`z urug`-qabilalaridan ajralib ko`chib kelganlar hisobiga to`ldirib turilgan. Ular zoti past kishilar hisoblanib, chang-tuproqqa belanib yashashga mahkum etilgan ekanlar. Ular jamoalarga aralashtirilmagan, biron-bir xizmat va vazifaga tayin etilmagan.
Hindistonda to`rt varna-toifaning birortasiga kirmagan kishilar ham boiishgan. Ular «chandallar» toza suvni harom qiluvchilar edilar. Ulardan hazar qilinib, ular jamoat binolariga, ibodatxonalarga hatto quduqlar yoniga ham yaqinlashtirilmaganlar. Chandallar, ya`ni hazar qilinganlar eng og`ir va iflos ishlarni – axlatlarni olish, iflos joylarni tozalash, o`lgan hayvonlar terisini shilish kabi ishlarni bajarganlar.
Vedada aytilishicha, odam qaysi toifadan bo`yi o`sha toifada qolar ekan. Hindistonda qadim zamonlardayoq adolatparvar kishilar ham yetishib chiqqanlar. Ular o`sha vaqtda ijtimoiy tuzumga, diniy e`tiqodlarga va odamlarni toifalarga bo`linishiga qarshi chiqqanlar.

Yüklə 72,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin