Enzimlarning faollanish energiyasi. Biokatalizator oksireduktazalar


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 57,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix13.12.2023
ölçüsü57,51 Kb.
#175646
1   2   3   4   5   6
95-100

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00165 
Academic Research, Uzbekistan 98 www.ares.uz 
kompleksini hosil qiladi. Keyin esa bu kompleks reaksiya mahsulotlariga (M) 
parchalanadi ferment esa o’zgarishsiz erkin ajralib chiqadi.
E + S = E + M 
Shuni takidlab o’tish zarurki, bunday faolanish energiyasi qanday miqdorda 
kamaysa, reaksiya ham shu darajada tezlashadi deb xulosa chiqarish kerak emas. 
Faollanish reaksiyasining bir qadar kamayishi reaskiya sur’atini ancha oshirib 
yuborishi mumkin. Har bir ferment har bir katalizator singari reaksiyasi tezlatishda 
ma’lum bir chegaraga ega. Demak, ferment boshlang’ich modda va reaksiya 
mahsulotining erkin energiyasini o’zgartirishga ta’sir etmaydi.
Tirik hujayralarda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini katalizlaydigan 
fermentlar oksidoreduktazalar hisoblanadi. Bu ferment guruhi umumiy enzimlar 
orasida eng asosiy ahamiyatga ega bo’lgan qism hisoblanadi. U hamma 
organizmlarda uchraydi. Bu sinfning eng muhim birikmalariga nafas olganda va 
fotosintez jarayonida vodorod va elektronlarni bir moddadan ikkinchi moddaga 
o’tkazuvchi – degidrogenazalar, O
2
oksidlovchi – oksidazalar, H
2
O
2
ni oksidlovchi – 
peroksidazalar, moddalarga O
2
atomini beruvchi-gidrolazalar, moddaga ikkala 
atomini beruvchi-oksigenazalar. Oksidlovchi-qaytaruvchi fermentlar fermentdan 
tashkil topgan kata guruh hisoblanadi. Oksireduktazalar turli kimyoviy moddalarning 
oksidlanishi 
va 
qaytarilishini 
katalizlaydi. 
Masalan 
bu 
sinfga 
kiruvchi 
alkogoldegidrogenaza fermenti sirka aldegidni etil spirtga qaytarilishini katalizlaydi 
va spirtli bijg’ish jarayonida katta o’rin tutadi. Lipoksigenaza fermenti esa 
to’yinmagan yog’ kislotalarini va ularning murakkab efirlarini havo kislorodi bilan 
oksidlaydi. Ferment ta’siri xo’jalikning asosiy mahsuloti hisoblangan un va 
yormaning taxirlanish sabablaridan biri hisoblanadi. U o’simlik mahsulotlarini 
qurtish 
va 
saqlash 
paytida 
karotinoidlarning 
buzilishida 
ishtirok 
etadi. 
Monofenolmonooksigenaza fermenti tirozin aminokislotasini oksidlab, qoramtir 
rangdagi meloninlarni hosil qiladi. Javdar noning qoramtir rangda bo’lishi, 
makaronni quritish paytida qorayishi shu fermentning ta’siri natijasi va isboti 
hisoblanadi. Oksireduktazalar tas’sirida erkin elektronlar tashilishi amalga oshadi. 
Buning natijasida subsrtatning oksidlanish darajasi o’zgaradi. Bunda metallar 
o’zgaruvchan valentlik bilan kofaktor sifatida ishtirok etadi. Masalan Fe, Mo, Cu, Co 
kabi metallar. Agar metallar katalizda bevosita ishtirok etmasdan boshqa 
maqsadlarda masalan, substratni bog’lash uchun xizmat qilsa, unda 
oksireduktazalarga oksidlanish darajasi doimiy bo’lgan metallar kiradi.



Yüklə 57,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin