ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00165
Academic Research, Uzbekistan 96 www.ares.uz
KIRISH
Biologik faol jarayonlar va moddalar alamashinuvi
biologik katalizatorlarsiz
sodir bo’lmaydi. Bu jarayon natijasida oddiy moddalar hosil bo’lishi, murakkab
moddalar parchalanishi, yutilishi va parchalanishi natijasida organizmlar tiriklik
hususiyatini saqlab qoladi. Enzimlar ta’sirida moddalarning
parchalanishi yoki
kerakli moddalarning biologik sintezga oid murakkab kimyoviy reaksiyalar, qisqa
vaqt ichida, nisbatan past haroratda o’tadi. Ular bunday biokimyoviy reaksiyalarni
hattoki milliard martta tezlashtiradi va o’zlari o’zgarishsiz qoladi.
Har bir ferment
faqat maxsus bir kimyoviy o’zgarishni katalizlaydi ya’ni ular spestsifikligi bilan
farqlanadi. Bu esa optimal muhitni talab qiladi yani: optimum temperaturani,
muhit(pH)ni, aktivatorlar ishtirokini. Tirik mavjudotlarda o’tadigan fermentli
reaksiyalar mexanizmi juda murakkab bo’lib, ular
juda tez sekundning kichik
ulushlarida sodir bo’ladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Fermentlarni klassifikatsiyalash tamoyillari Xalqaro biokimyogarlar ittifoqini
1961-yilda Moskva shahrida bo’lib o’tgan V kongressda ishlab chiqildi. Unga ko’ra
fermentlar quyidagicha tasniflanadi:
I sinf – Oksidoreduktazalar. Ular oksidlanish qaytarilish reaksiyalarini
katalizlaydi. Bunda “vodorod donori – akseptor oksireduktaza” tizimida faoliyat
ko’rsatadi.
II sinf – Transferazalar. Bular “donor – akseptor transferaza”
tizimida faollik
ko’rsatadi.
III sinf – Gidrolazalar. Gidroliz reaksiyalarini amalga oshiruchi fermentlar.
IV sinf – Liazalar. Bu sinfga kiruvchi fermentlar malekulalararo
bog’lanishlarni katalizlovchi fermentlardir, yoki birikishni,
yoki ajralish
reaksiyalarini katalizlaydi.
V sinf – Izomerazalar. Bu sinfga kiruvchi fermentlar bir xil izomerlarni
ikkinchi xil izomerlarga aylanishini katalizlaydi.
VI sinf – Ligazalar (Sintetazalar). Bu fermentlar fosforli birikmalarni
o’zgarishi natijasida hosil bo’ladigan kichik molekulalardan yirik molekulalarni
sintez qilinishini katalizlaydi. [1, 85-86 ]
NATIJALAR
Ko’pchilik fermentlar
sitoplazmada erigan holda, yadroda va maxsus
organellalarda uchraydi. Masalan, mitoxondriyalarda oksidlanish ya’ni nafas olish