10-MAVZU: YER OSTI QAZILMA BOYLIKLARINI MUHOFAZA QILISh Reja:
1 . Yer osti qazilma boyliklarini o'zlashtirish va tabiatga ta'sir. 2. Qazilma boyliklardan oqilona foydalanish va atrof muhitni ifloslanishdan saqlash muammolari.
3. Tabiiy komplekslarni muhofaza qilish va buzilgan yerlarni tiklash muammolari.
4. O’zbekistonning mineral xom ashyo boyliklaridan foydalanishning ekologik muammolari.
Tayanch so’zlar:
Yer qobig'i, mineral resurslar, qazilma boylik, yonuvchi foydali qazilma, metal foydali qazilma, tog' jinsi, mineral xomashyo, energetik xomashyo, rekultivatsiya.
Yer osti qazilmalarini muhofaza qilish deganda insonning kuchli ta'siri ostida bo’lgan yer qatlamini muhofaza qilish, o'zgartirish va foydali qazilmalardan oqilona foydalanish masalalari tushuniladi. Insoniyat xo'jalik faoliyati natijasida yerning ustki qatlamiga kuchli ta'sir ko’rsatadi. Yer po'sti ustki qatlamida joylashgan mineral resurslar insoniyat hayotida juda muhim rol o'ynaydi. Mineral resurslar deganda xalq xo'jaligida keng ishlatiladigan turli qazilma boyliklar tushuniladi. qazilma boyliklar xalq xo'jaligida ishlatilishiga qarab yonuvchi foydali qazilmalar-ko'mir, neft, gaz; metall foydali qazilmalar- turli rudalar; metall bo'lmagan foydali qazilmalar tog' kimyo xom ashyolari, olovga chidamli materiallar, qurilish materiallari va boshqalarga bo'linadi. Insonlar qadimdan yer ostidan kerakli foydali qazilmalarni olib ishlatib kelgan. Jamiyat tarixi asosiy ishlatilgan qazilmalar nomiga mos ravishda «tosh davri», « bronza davri», "temir davri"-deb nomlangan. Vaqt o'tishi bilan foydali qazilmalarni qidirib topish va ishlatish suratlari ham oshib bordi. Hozirgi kunda insoniyat ehtiyojlari uchun yiliga 120 mlrd. tonnadan ortiq foydali qazilmalar, turli jismlar ishga solinmoqda. Foydali qazilmalar xalq xo'jaligining turli tarmoqlari uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi, Fan va texnikaning rivojlanishi, insoniyat ehtiyojlarining o'sishi natijasida foydali qazilmalarni qidirish, ishlatish hajmi ortib bormoqda. Hozirgi davrda insoniyat foydalanadigan minerallar va tog' jinslarining soni 3500 dan ortiqdir. Ulardan 250 turi mineral xom ashyolar: yoqilg'i va energetik xom ashyo- neft, gaz, ko'mir, uran va boshqalar; qora va rangli metallar; kimyoviy xom ashyolar, qurilish materiallari va hokazolardir. qazilma boyliklar tugaydigan va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarga kiradi. qazib olish jarayonida texnologiyaning talabga to'la javob bermasligi natijasida ko'mirning 45 foizi neftning 60 foizigacha, metallarning 25 foizigacha qolib ketadi. Metall rudalari boyitilganda metallning bir qismi va rudamas minerallar tashlab yuboriladi. Bunday nobudgarchiliklar konlarning tezda yaroqsiz ahvolga kelishiga sabab bo’ladi. Mineral xom ashyolarni ochiq va yopiq (shaxta) usullarida qazib chiqarish mumkin. Ochiq usulda olinganda qazilmadan ancha to’liq foydalanish mumkin, lekin atrof muhitga salbiy ta'sir juda oshib ketadi. Yer osti qazilmalaridan isrofgarchilik bilan foydalanish mineral resurslar tanqisligiga sabab bo'ladi.
Insoniyat mineral xom ashyolar yidirib yer ostiga tobora chuqur kirib bormoqda. Masalan, Namangan viloyatida ochilgan Mingbuloq neft koni 5 ming metr chuqurlikda joylashgan. So'ngi yillarda okeanning hayotga eng boy qirg'oq zonasi (shelf qismi)da neft-gaz konlari tobora ko'proq ishga solinmoqda. Bu o'z navbatida okean suvlari ifloslanishining keskin kuchayishiga olib keldi.
Hozirgacha aniqlangan qazilma boylik zahiralari isrofgarchilik bilan foydalanilganda lez tugab qolishi mumkin. Ba'zi hisoblarga qaraganda neft va gaz zahiralari XXI asrning o'rtalarigacha yetishi mumkin xolos. Bunday sharoitlarda yoqilgi qazilmalaridan oqilona foydalanish va yangi energetik manbalarni ishga solish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tog'-kon sanoatida mineral qazilma boyliklar olinayotganda atrof muhitga salbiy ta'sir ko’rsatiladi. O'n minglab gektar unumdor yerlar industrial dashtlarga aylanadi. Suv, havo, tuproq ifloslanadi, o’simlik va hayvonlar zarar ko’radi. Tashlandiq yerlarni tiklash rekultivatsiya deb yuritiladi. Rekultivatsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1-kon texnik rekultivatsiya, 2-biologik rekultivatsiya. Birinchi bosqichda yer yuzasi tekislanadi, holati yaxshilanadi va biologik rekultivatsiyadan so'ng tuproq qatlami va o'simligi tiklanadi.
Yer ostidan turli zararli chiqindilarni joylashtirishda boshqa turli maksadlarda ham foydalaniladi. Tog'-kon sanoati chiqindixonalarida minglab tonna zararli birikmalar saqlanadi va atrof muhitga doimiy xavf solib turadi. Geologik muhitga inson ta'sirini me'yorlashtarish va undagi salbiy o’zgarishlarning oldini olish muhim ahamiyatga egadir.
O’zbekiston Respublikasi mineral xom ashyo resurslariga boydir. Har yili o'nlab mineral xom ashyo konlari ishga tushirilmoqda. qazilma boyliklardan to’liq foydalanishning ta'minlanmaganligi natijasida tog'-kon sanoatida hosil bo'ladigan chiqindilar atrof muhitning kuchli ifloslanishiga sabab bo'lmoqda. Respublikada har yili sanoatning turli tarmoqlarida 100 million tonnadan ortiq chiqindilar vujudga keladi va ularning yarmi zaharlidir. Hozirgacha yer osti va yer usti chiqindixonalarida 2 mlrd. tonnadan ortiq chiqindi to'plangan. Zilzila, surilma va sel xavfi bo’lgan O’zbekistonmng tog'oldi va tog'li hududlarida joylashgan chiqindixonalar ekologik xavfsizlik talablariga to'la javob bermaydi. Chiqindilar muammosini hal qilish (Tzbekistondagi eng dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. Er osti qazilmalarini muhofaza qilish deganda nima tushuniladi?
2. Qanday foydali qazilmalarni bilasiz?
3. Yer osti qazilmalarining jamiyat hayotidagi rolini baholang?
4. Mineral resurslarni qazib olish va uning ekologik oqibatlarini tushuntiring?