ЁO’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta



Yüklə 343,5 Kb.
səhifə12/17
tarix15.06.2023
ölçüsü343,5 Kb.
#130699
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Ekologiya va tabiatni muxofaza kilish Zokirov

9-MAVZU: OSIMLIKLAR DUNYOSI VA HAYVONOT OLAMINI MUHOFAZA QILISh
Reja:
1. O’simliklar va hayvonlarning biosferadagi roli va ahamiyati.
2. Insonnning oxsimlik va hayvonot dunyosiga ta'siri. 3. O’simlik va hayvonlarni muhofaza qilishda Qizil kitob va uning ahamiyati.
4. O'zbekistonning biologik resurslari va ulardan foydalanishning ekologik muammolari.
Tayanch so'zlar:
Fotosintez, biomassa, yashil o’simlik, hashorot, umurtqali hayvon, umurtqasiz hayvon, sut emizuvchi, o'txo'r, yirtqich, qo’riqxona, zoopark, Qizil kitob.
O’simlik va hayvonlar yerning hayot qobig'i-biosferaning asosiy komponentlaridan bolib, tabiiy resurslar orasida alohida o'rinni egallaydi. Oqilona foydalanilganda o’simlik va hayvonlar tiklanadigan va cheksiz mahsulot beradigan manbaga aylanishi mumkin. Biosferadagi o'ziga xos tabiiy muvozanat ko’p jihatdan o"simlik va hayvonlarning biologik rang-barangligini saqlanishi bilan bogliqdir. O’simliklar va hayvonlar sayyoramizning genofondi hisoblanadi va har bir tur tabiatdagi o'z o'rniga ega. Biosferada moddalarning aylanma harakati faqat tirik organizmlar ishtirokida amalga oshadi. Bu jarayonni biosferada uglerod (SO2 ) ning aylanma harakati misolida ham ko’rish mumkin. (O'simlik va hayvonlarning mahsulotisiz inson hayotini tasavvur qilib bo'lmaydi.
O’simliklar yer yuzidagi hayotning asosi hisoblanadi. Sayyoramizda 500 mingdan ortiq o'simlik turlari mavjuddir. O’ simliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyatiga ko'ra bir necha guruhlarga bo'lish mumkin. Suv o’simliklaridan inson kam foydalanadi,lekin ular tabiatda kislorod va ozuqa manbai hisoblanadi. Bakteriyalar, ayrim qo'ziqorinlar va suv o'tlari tuproqda ham kcfplab uchraydi. Ular tuproqning unumdorlik xususiyatiga ta'sir ko"rsatadi, organizmlar qoldiqlarini parchalaydi. Turlar soni eng kami yer osti o"simliklari bo’lib ular asosan bakteriyalardan iborat va 3 km gacha va undan ortiq chuqurliklarda uchraydi. Yer usti o’simliklari turlarga eng boy, shuning bilan birga eng ko'p ishlatiladigan va insonning kuchli ta'siri ostidagi o’simliklardir.
O’simliklar fotosintez jarayoni natijasida havodan. karbonat angidrid gazini yutib, kislorod chiqaradi va yiliga 200 mlrd. tonadan ortiq organik mahsulot yaratadi. Inson va hayvonlar hayotida asosiy ozuqa va kislorodning manbai bo’lgan o'simliklarningahamiyati katta.
Biosfera bioraassasining eng katta qismi o'rmonlarda to'plangan. O'rmon biosenozining hamma komponentlari o'zaro va atrof muhit bilan uzviy bog'langan. O'rmonlarda qimmatli hayvon va o'simlik turlari jamlangan. Yog'ochdan inson ehtiyoji uchun zamr bo'lgan 20 mingga yaqin turli masulotlar olinadi. Inson hayotida dorivor o’simliklar ham muhim rol o'ynaydi. Shaharlarda yashil o'simliklar havoni tozalaydi, estetik zavq beradi, dalalarni shamollardan himoya qiladi.
Insonning o’simliklarga ijobiy va salbiy ta'siri bcfladi. O'rmonlarni tiklash ko'kalamzorlashtirish, o’simliklarining navlarini yaratish va boshqalar ijobiy ta'sirga kiradi. Insonning salbiy ta'siri oqibatida oxirgi o'n ming yil ichida sayyoramizdagi o'rmonlarning 2-3 qismi yo'q qilingan, ko’plab qimmatli o’simlik turlari yo'qolib ketgan. Hozirgi vaqtda o'rmonlar maydonining keskin qisqarish jarayonlari davom etmoqda. Yangi yerlarni o'zlashtirish, atrof muhitning ifloslanishi oqibatida kuniga o'nlab o’simlik turlari yo'qolmoqda. Hayvonlar biomassasi tirik mavjudotlar biomassasining 2 foizini tashkil qilishiga qaramasdan ular biosferadagi modda almashinuvi va boshqa turli jarayonlarda muhim rol o'ynaydi. Biosferadagi hayvon turlarining aniqlangan soni 1,5 mln.dan oshadi. Sodda hayvonlar tuproq hosil bo'lishda muhim rol o'ynaydi. Hayvonlar o’simliklar hayotiga ham katta ta'sir ko’rsatadi. Har bir hayvon turi biosferada o'zining ekologik ahamiyatiga ega. Inson uchun hayvonlar oziq, mahsuli, xom ashyo manbai, uy hayvonlari zotlarini yaxshilash va estetik zavq manbaidir. Hayvonlarning 1 mln.dan ortiq, turi hashoratlarga to’gM keladi. Hashoratlar o"simliklarni changlaydi, qushlar boshqa umurtqali hayvonlar inson uchun oziq manbaidir. Yer yuzidagi hayvonlar biomassasining 95 foizdan ortig'i umurtqasizlarga to"g'ri keladi. Umurtqali hayvonlar ichida sut emizuvchilar, qushlar, baliqlar, sudralib yumvchilar eng katta ahamiyatga egadir. Dunyo okeanida hayvonlar biomassasi o’simliklar biomassasidan kattadir. Yer yuzida inson uchun zararli bo’lgan yirtqichlar, turli kasallik tarqatuvchi hayvonlar, ekinlarning zararkunandalari ham mavjud-dir. Insonning bevosita ta'siri natijasida oxirgi ikki yuz yil ichida 300 dan ortiq sut emizuvchilar va qushlar turlari yo'q qilingan. O’rmonlarning kesilishi, yerlarning o'zlashtirilishi, hayot muhitining ifloslanishi orqali inson katta miqiyosda hayvonot dunyosiga bilvosita ta'sir ko^rsatadi. Yer yuzidagi hamma biologik turlar kerakli va ular o'ziga xos ekologik makonni egallaydilar. Ekosistemalarda organizmlar qanchalik rang-barang bo'lsa, uning tashqi ta'sirga chidamliligi ham shunchalik kuchli bo’ladi. Shuning uchun biosferadagi mavjud rang-baranglikni saqlab qolish tabiatni muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Biosferadagi muvozanatni saqlab qolishda o’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun turli tadbirlar o'tkaziladi. XIX asrdan boshlab qo’riqxonalar, milliy bog'lar, zakazniklar tashkil qilish faoliyati jadallashgan. Bunday alohida muhofaza qilinadigan hududlarda yo'qolib borayotgan noyob o’simlik va hayvonlar muhofaza qilinadi. Noyob va yo'qolib borayotgan turlarning muhofazasiga e'tiborni kuchaytirish uchun 1966 yili Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoki tomonidan xalqaro «Qizil kitob» tashkil qilingan. Alohida yirik davlatlar o'z «Qizil kitobi»ga ega. «Qizil kitob» faqatgina xatar darakchisi bo'lmay, balki muhofaza harakatlarining dasturi hamdir. O'simlik va hayvonlarni muhofaza qilish faqatgina turli davlatlar o'rtasidagi hamkorlik yo'li bilangina muvaffaqiyatli olib borilishi mumkin. Ko'chib yuruvchi hayvonlar, dunyo okeani hayvonot va o’simlik dunyosi, ba'zi daryolarda yashovchi o’simlik va hayvonlar davlatlararo kelishuv yo'li bilan muhofaza qilinadi. 1992 yili Rio-de-Janeyroda biologik xilma-xillikni saqlash xalqaro konvensiyasi qabul qilindi. Yana boshqa bir qator muhim konvensiyalar ham mavjuddir. O’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish alohida maxsus qonunlar orqali nazorat qilinadi. O’zbekiston Respublikasi o'ziga xos o’simlik va hayvonot dunyosiga ega. So'ngi yillarda insonning xo'jalik faoliyati natijasida flora va faunaga salbiy ta'sir kuchaydi. (Tzbekistonda mavjud 4 mingdan ortiq o'simlik turlarining 10-12 foizi muhofazatalab. O'rmon resurslari cheklangan va o'rmonlarni qayta tiklash ishlari talabga to'la javob bermaydi. Eng qimmatli tog' o'rmonlarining maydoni o'nlab marta qisqarib ketgan. To'qaylar va qayir o'rmonlari kcfplab kesib tashlangan. Tabiiy yaylovlarning holati yomonlashgan va ularning maydoni 6,5 mln.ga kengaygan. O’zbekistonda dorivor o’simliklarning turlari ham ko’plab uchraydi va ularning aksariyati hozirgi vaqtda muhofazatalab. Respublikamizda o’simlik resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni ta'minlash maqsadida turli tadbirlar o'tkazilmoqda.
O’zbekiston faunasi 682 tur umurtqali hayvonlar va 32484 tur umurtqasiz hayvon turlaridan iborat. Hali to'la o'rganilmagan umurtqasiz hayvonlar ichida muhofazaga muhtqjlari ajratilmagan. 1983 yili e'lon qilingan (Tzbekiston « qizil kitob » iga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan bo’lib baliqlar-5 tur; qushlar-31 tur; sut emizuvchilar-22 tur; sudralib yuruvchilar-5 turdan iboratdir. O’zbekistonda turon yo'lbarsi, qizil bo'ri, gepard, yo'l-yo'l giena kabi turlar qirilib ketgan. Ustyurt qo'yi> burama shoxli echki, qor barsi, buxoro bug'isi va boshqa ayrim turlar yo'qolish arafasidadir. Orol dengizining qurishi, daryolar suvining ifloslanishi va suv omborlarining qurilishi ko’plab qimmatli baliq turlarining kamayishiga olib keldi. (Tzbekistonda har yili o'n minglab turli hayvonlar ov qilinadi. Ruxsatsiz ov qilish ayrim noyob hayvon turlarining yuqolishiga olib kelmoqda. (Jzbekistonda noyob o^simlik va hayvonlar qonun tomonidan himoya qilinadi va ulardan oqilona foydalanish, muhofaza qilish uchun xilma-xil tadbirlar o'tkazilmoqda.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. O'simlik va hayvonlarning biosfera va inson hayotidagi ahamiyatini tushuntiring?
2. Insonning o"simlik va hayvonlarga qanday ta'sir shakllari bor?
3. «Qizil kitob» haqida malumot bering.
4. O’zbekistonning o’simlik va hayvonlari va ulardan foydalanishning ekologik muammolarini tushuntiring?



Yüklə 343,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin