Epa idintifikatsiya raqamini olish Xavfli chiqindilarni boshqarish



Yüklə 83,58 Kb.
səhifə8/8
tarix07.01.2024
ölçüsü83,58 Kb.
#208489
1   2   3   4   5   6   7   8
Xavfli materiallar

Ish beruvchi mas’uliyatlari:

  • qabul markalan qilinayotgan mahsulotni to’g’ri markalanishiga va

ma’lumotlar ingliz tilida bo’lishiga kafolat berishi;

  • zaxiradagi maxsulotlardagi yorliqlar aniqligi, tushib qolmaganligi va o’chib ketmaganligiga kafolat berish;

  • Bevosita xodimlarni tashish uchun mo’ljallangan ixcham konteynerlar markalanganligiga kafolat berishi zarur.
Mahsulotlarning havfsizlik so’rovnoma varaqasi (MHSV)

Kimyoviy moddalarni ishlab chiqaruvchi har bir kimyoviy modda uchun MHSV olishlari va takomillashtirishlari kerak. Bu MHSVni kimyoviy maxsulotni jo’natishdan oldin distribyutorga yoki iste’molchiga yuborishi shart. MHSV yangilanganda yangi jo’natilayotgan maxsulotga qo’shib yuborilishi kerak. Ish beruvchi ish joyida mavjud bo’lgan har bir xavfli kimyoviy modda uchun MHSV bo’lishini ta’minlashi kerak. Ushbu MHSV muayyan ish joyida ishlovchi barcha xodimlar uchun tayyor bo’lishi kerak.
MHSV ishlab chiqaruvchi turiga qarab turiga qarab mutlaqo turlicha bo’lishi mumkin, lekin zaruriy ma’lumotlar bo’lishi shart. Ma’lumotlat albatta ingliz tilida va to’liq bo’lishi shart. To’liq bo’lmagan MHSVlar yaroqsiz hisoblanadi va ishlab chiqaruvchiga qaytarib yuboriladi. Ingliz tilida to’liq bo’lgan MHSV quyudagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi (shuningdek, ishlab chiqaruvchi boshqa tildagi nusxasi saqlashi mumkin):

  • Ishlatilayotgan yorliqning mosligi;

  • Inson salomatligiga zararli bo’lgan yoki kanserogenlik xususiyati bo’lgan va dalolatnoma bilan tasdiqlangan chiqindilarni kimyoviy va umumiy nomi va miqdori ko’rsatilgan bo’lishi;

  • Xavfli kimyoviy moddalarning fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari (parsial bosimi va alangalanish xarorati);

  • Xavfli kimyoviy moddalarning fizikaviy xavfliligi;

  • Xavfli kimyoviy moddalarning inson salomatligi uchun xavfliligi;

  • Xavfli kimyoviy moddalarning tashish marshrutlari;

  • Kimyoviy modda kanserogenlik darajasi;

  • Ishlov berish va foydalanishda extiyot choralari;

  • Ish olib borishdagi nazorat choralari;

  • Tez yordam va uning muolajalari;

  • MHSVning tayorlangan va o’zgartirilgan sanasi;

  • Ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi yoki boshqa mas’ul tomonlarning ismi-sharifi, manzili va telefon raqamlari.

Bu qisqartirilgan ro’yxat bo’lib, qo’shimcha sifatida yana boshqa ma’lumotlar berilishi mumkin.
O’qitish

Bir yoki bir necha xavfli kimyoviy moddalar bilan ishlaydigan xodimlarni ishqa olishdan oldin albatta o’qitish kerak. Xodimlarni o’qitish quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

  • 1910.1200 talablari;

  • xavfli kimyoviy moddalar mavjud bo’lgan barcha jarayonlar;

  • o’z ichiga zaxarli kimyoviy moddalarning ro’yhati va MHSV olgan yozma dasturning joylashgan joyi va

  • Avval mavjudligi aniqlangan xavfli kimyoviy moddalarning nazorat qilish va aniqlash usullari;

  • Xodimlarning ish joyida salomatligiga bo’lgan xavf va fizik xatarlar;

  • Xodimlar o’zlarini kiyoviy xavfdan ximoyalanish malakasi;

  • Xodimlarni xavf haqida ma’lumotga ega bo’lishini, undan foydalanishni o’zlashtirishini ta’minlash.
Zahira rejalar

Zahira rejalari o’z ichiga quyidagilarni olishi kerak: favqulotda choralar, shoshiling telefon raqamlari, favqulotda xodisalar bo’yicha mas’ulning ismi va zaruriy ko’riladigan birlamchi choralar. Qutqaruvchilarning barcha o’quv xisobotlari ham saqlanishi lozim.
Xavfli chiqindilar bo’yicha ko’rsatma

Xavfli chiqindilar bo’yicha ko’rsatma olinmasdan turib xavfli chiqindilar masalasini joylarda xal etib bo’lmaydi. Ruxsat olib, joylarda xavfli chiqindilarni xatarini bartaraf qilish xarajatlari va ish xajmi katta bo’lishi mumkin (40 qism 270 CFR). Xavfli chiqindilardan qutulish uchun birinchi bo’lib, mo’ljallangan yig’ib olish va tozalash qurilmalaridan foydalaniladi. Korxonalar EPAga bu chiqindi haqidagi ma’lumot va uning identifikasiya raqamini yuboradi. Ishlab chiqaruvchi yoki chiqindini yig’ib olgan mas’ullar uni qadoqlab va markalab jo’natishga tayyorlaydi. Jo’natilgan chiqindilarning keying taqdiri ham ishlab chiqaruvchi zimmasida qoladi. Chiqindilarni zararsizlantirishda lisenziyalangan yoqish usullaridan foydalanish afzal usul xisoblanib, chunki unda kimyoviy moddalar parchalanib boshqa javobgarlik qolmaydi. Ularni ko’mib zararsizlantirish uchun esa tegishli idoralarning ruxsati olinishi kerak.
Bir jinsli xavfli chiqindilar va ularga yo’naltirilgan Nizom

Yo’naltirilgan nizom (49 qism 172 CFR) da jamoat yo’llarida xavfli chiqindini baxavotir tashish uchun ularni konteynerga to’g’ri qadoqlash talab qilinadi. Konteynerlarni markalashda ularni identifikasiyasi, “Xavfli chiqindi” so’zi qo’yilishi talab qilinadi. Bunda xavfli chiqindilarni deklarasiyalash ham nazarda tutiladi. Bu ma’lumotlat xavfli maxsulot tashish jarayoni xujjatlariga biriktirilgan bo’lishi shart. Bu tegishli maxsulotni mo’ljallangan manzilga bexavotir olib borishni nazorat qilish va ta’minlash uchun ishlab chiqilga.
Jo’natilayotgan chiqindilar haqidagi ma’lumot deklarasiyada sanab o’tilganlarga mos bo’lishi shart.
Xisobot ushun qo’shimcha talablar

Xavfli chiqindilar yillik xisobot shakllari USEPA yoki davlat EPAga taqdim etiladi. Yillik xisobot shakllari o’zida xisobot yili mobaynida ishlab chiqarilgan va jo’natilgan xavfli chiqindilar haqidagi barcha ma’lumotlarni aks ettiradi. Xavfli chiqindilarni yig’ish, saqlash yoki mahalliy qayta ishlash bilan bog’liq barcha jarayonlar va jixozlar shaklda ko’rsatilishi kerak. Ta’sirni minimallashtirish yo’llari shaklda aniqlanishi lozim.
EPAning turli jihatlari

EPA bir necha ro’llarni o’ynaydi. U o’zini xuddi mitti Kongress kabi tutib, o’zing shaxsiy nizomlarini ishlab chiqadi va chiqaradi. Bu nizomlar odatda asl qonunchilik xujjatlaridan ko’ra keng qamrovliroq bo’ladi. EPA uchta turli bo’linmalarga bo’lingan: Ma’muriyat bo’linmasi, Rioya bo’linmasi va Amalga oshirish bo’linmasi. Ma’muriyat bo’linmasi xavfli chiqindilarni xosil qiluvchilarga va TSD operatorlarini texnik yordam bilan ta’minlaydi. Bu bo’linma chiqindilarni qayta ishlash va ular ta’sirini minimallashda ayniqsa katta axamiyatga ega.
Shuningdek, EPA o’zini xuddi tekshiruvlar olib borayotgan va mojarolarni xal qilayotgan milisiya xodimi kabi tutadi. Rioya bo’linmasi xavfli chiqindilarni ishlab chiqaruvchi vositalar va TSDlarni nazoratdan o’tkazadi. Muvofiqlikni ta’minlash uchun javobgar shaxs qurilmalarni ko’zdan kechiradi va aktni to’ldiradi. Bu vaqtda javobgar shaxs ishlab chiqarish jarayonini birma-bir tekshiradi, har bir xatolikni qayd etadi va kerakli xujjatlarni ko’zdan kechiradi. Muvofiqlikni ta’minlash uchun javobgar shaxs o’z xulosasida barcha kamchiliklarni ko’rsatib o’tadi. Kamchiliklar haqidagi ogoxlantiruv (NOV)ni pochta otrali korxonaga yuboradi. Aniqlangan barcha kamchiliklar NOVda ko’rsatilgan vaqt ichida bartaraf etilishi lozim. Muvofiqlikni ta’minlash uchun javobgar shaxs kamchiliklar bartaraf etilganiga ishonch xosil qilish uchun kontrol nazoratdan o’tkazadi.
EPA qaysidir darajada xuddi sud’ya va jyuri kabi ish ko’radi. Kamchiliklar belgilangan vaqt ichida bartaraf etilmagan yoki kamchiliklar uchun jarimalar xisoblanganda Amalga oshirish bo’linmasi bilan bog’laniladi. Majburlov xarakteriga oid ta’sirlar o’z ichiga fuqaro-xuquqiy sanksiyalar yoki jarima, xibsga olib keluvchi jinoiy ayblovlarni olishi mumkin. EPA kamchiliklar uchun jarimalar xisoblagan xolatda, ishlab chiqaruvchilar jarimani to’lamaslik maqsadida EPA xulosasini ustidan shikoyat arizasini berishlari mumkin. Shikoyat arizasini NOV xulosasini olgandan so’ng 30 kun ichida berish mumkin.
Eng ko’p atrof-muhit muhofazasi muammolari EPA orqali xal qilingan. Lekin, ba’zi o’ta jiddiy xolatlar borki, ularni sud orqali xal etiladi. Ko’pgina ekologiya nizomlarida jinoiy javobgarlik ko’rib o’tilgan. Jinoiy xuquqbuzarliklarga ma’muriy chora ko’rish bilan emas, balki sud orqali ko’rib chiqiladi. Ma’lum, juda kam uchraydigan xolatlarda, korxonalar EPA xulosasini o’zgartirish uchun sudga murojaat qilishlari mumkin.
Xulosa

Nizomga muvofiq har qanday ishda xavfsizlikni ta’minlash uchun xavfli materiallarga ishlov berish, ularni saqlash, tashish va utilizatsiya qilishni boshqarish muhim hisoblanadi. Xavfli materiallarga nisbatan noto’g’ri munosabatda bo’lish juda qimmatga tushishi mumkin.
Katta harajatlar va insonlarning jabrlanishi asosan yaxshi tayyorlanmagan xodimlarning noto’g’ri olib borgan ishlar oqibatida kelib chiqishi mumkin. Qoidaga roiya qilmaganlar va uni buzganlar tegishli hokimiyat idoralari - ERA, OSHA va sud oldida javob beradilar.
Bu masalalar mexnat resurslari bo’lgan insonga borib taqalganligi uchun xavfsizlikka mas’ul xodimlar federal va shtatlar darajsida mavjud nizomlar bilan yaxshi tanishishi, qonundagi o’zgarishlar bilan habardor bo’lib turishi va bu ishga barcha kuchini bag’ishlashi kerak.
Adabiyotlar:



  1. Bowman, V. 1988. Checklist for Environmental Compliance. 4th ed. Newton, MA: Cahners.

  2. Chandler, R. L., Iannaccone, M., and Toki, A. (Eds.) 1995. Best’s Safety

  3. Directory: Industrial Safety, 1995 ed., Vol. 2. Oldwick, NJ: A. M. Best Company.

Yüklə 83,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin