Xavfning kommunikasion yozma dasturi ish beruvchi tomonidan ishlab chiqilishi va ish joyida amalga oshirilishi kerak bo’lib, o’zida kamida quyidagi ma’lumotlarni aks ettirishi kerak:
Axborot yorliqlari, tushuntirishlar va ogohlatirishning boshqa shakllari;
MHSV turgan o’rnini va mavjudligi haqidagi ma’lumot;
Hodimni o’qitish bilan bog’liq talablarni qondirish yo’llari;
Ish joyida mavjud bo’lgan barcha xavli kimyoviy moddalarning ro’yxati;
Ish beruvchi tomonidan ish joyi tarkibida xavfli kimyoviy moddalar bo’lgan markalanmagan quvurlar bilan jihozlangan, o’ziga xos va xavf-xatarlarli masalalarga jalb qilingan hodimlarni ogohlantirishda qo’llaydigan usullar.
Xavfli materiallar bilan ishlovchi yoki o’z hududida ularni saqlovchi tashkilotlar o’z hodimlarini mavjud xavf-xatarlar haqida ogohlantirishlari kerak. Bu yozma dasturning bir qismi bo’lish kerak. Bu dastur o’z ichiga ish beruvchi tomonidan uning pudratchilariga MHSV, markalash ogohlantirishning boshqa shakllari, xodimlarni mahalliy himoyalash uchun xavfsizlik chora-tadbirlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish uchun ishlatadigan usul va tadbirlarni o’z ishiga olishi kerak.
Ish beruvchi yozma dasturdan xoxlagan xodim yoki uning tayinlangan vakili foydalanishi uchun sharoit yaratib berishi kerak. OSHA, NIOSH direktorlari yoki ularning vakillari ham dasturni so’rashlari mumkin.
Markalash
Kimyoviy moddalarni ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar yoki import qiluvchilar xavfli kimyoviy moddalar solingan har bir konteyner, ularning saqlanish joylari markalangan va quyidagi ma’lumotlar bilan belgilanishini kafolatlashlari zarur:
Ishlab chiqaruvchi, distribyutor, import qiluvchi yoki boshqa javobgar taraflarning nomi va manzili.
Shuni aytish lozimki, HAZCOM tashqari nizom va standartlarni bajarish
uchun ko’pincha boshqa ma’lumotlar talab qilinadi.
Yorliqda barcha so’ralgan ma’lumotlar berilgan bo’lsa, ish beruvchi uni yangilashga mas’ul emas.