Epa idintifikatsiya raqamini olish Xavfli chiqindilarni boshqarish


Quyidagi ximikatlar standart shartlaridan chiqarildi



Yüklə 83,58 Kb.
səhifə7/8
tarix07.01.2024
ölçüsü83,58 Kb.
#208489
1   2   3   4   5   6   7   8
Xavfli materiallar

Quyidagi ximikatlar standart shartlaridan chiqarildi:

  • RCRA tomonidan xavfli deb topilgan chiqindilar;

  • CERCLA tomonidan xavfli deb topilgan chiqindilar;

  • Tamaki va tamaki maxsulotlari;

  • YOg’och yoki yog’och maxsulotlari;

  • Xavfli ximikatlarni chiqaradigan yoki oddiy sharoitda ishlatilganda xavf soladigan ximikatlar;

  • Savdo tashkilotlaridagi oziq-ovqat yoki alkogol ichimliklar;

  • Savdo tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarishda qadoqlangan narkotik xususiyatli moddalar;

  • Savdo uchun qadoqlangan va o’ralgan kosmetik maxsulotlari;

  • Sog’liq uchun xavfli bo’lgan va atrofga noqulaylik keltiradigan makrozarralar;

  • Ionlashuvchi va radiatsiya beruvchi moddalar;

  • Biologik xavfli moddalar.

Kimyoviy moddalar xavflilik standartlari (kmxs) ning to’rtta asosiy talablari mavjud:

  1. Xavfning kommunikasion yozma dasturi

  2. Markalash

  3. Mahsulotlarning havfsizlik so’rovnoma varaqasi (MHSV)

  4. Hodimni o’qitish
Yozma dastur

Xavfning kommunikasion yozma dasturi ish beruvchi tomonidan ishlab
chiqilishi va ish joyida amalga oshirilishi kerak bo’lib, o’zida kamida quyidagi ma’lumotlarni aks ettirishi kerak:

  • Axborot yorliqlari, tushuntirishlar va ogohlatirishning boshqa shakllari;

  • MHSV turgan o’rnini va mavjudligi haqidagi ma’lumot;

  • Hodimni o’qitish bilan bog’liq talablarni qondirish yo’llari;

  • Ish joyida mavjud bo’lgan barcha xavli kimyoviy moddalarning ro’yxati;

  • Ish beruvchi tomonidan ish joyi tarkibida xavfli kimyoviy moddalar bo’lgan markalanmagan quvurlar bilan jihozlangan, o’ziga xos va xavf-xatarlarli masalalarga jalb qilingan hodimlarni ogohlantirishda qo’llaydigan usullar.

Xavfli materiallar bilan ishlovchi yoki o’z hududida ularni saqlovchi tashkilotlar o’z hodimlarini mavjud xavf-xatarlar haqida ogohlantirishlari kerak. Bu yozma dasturning bir qismi bo’lish kerak. Bu dastur o’z ichiga ish beruvchi tomonidan uning pudratchilariga MHSV, markalash ogohlantirishning boshqa shakllari, xodimlarni mahalliy himoyalash uchun xavfsizlik chora-tadbirlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish uchun ishlatadigan usul va tadbirlarni o’z ishiga olishi kerak.
Ish beruvchi yozma dasturdan xoxlagan xodim yoki uning tayinlangan vakili foydalanishi uchun sharoit yaratib berishi kerak. OSHA, NIOSH direktorlari yoki ularning vakillari ham dasturni so’rashlari mumkin.
Markalash

Kimyoviy moddalarni ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar yoki import qiluvchilar xavfli kimyoviy moddalar solingan har bir konteyner, ularning saqlanish joylari markalangan va quyidagi ma’lumotlar bilan belgilanishini kafolatlashlari zarur:

  • Xavfli kiyoviy moddaning identifikasiyasi;

  • Xavf haqidagi tegishli ogoxlantiruv;

  • Ishlab chiqaruvchi, distribyutor, import qiluvchi yoki boshqa javobgar taraflarning nomi va manzili.

Shuni aytish lozimki, HAZCOM tashqari nizom va standartlarni bajarish
uchun ko’pincha boshqa ma’lumotlar talab qilinadi.
Yorliqda barcha so’ralgan ma’lumotlar berilgan bo’lsa, ish beruvchi uni yangilashga mas’ul emas.

Yüklə 83,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin