Xavfli chiqindi nima? CHiqindilar nimadir sababli yoqimsiz bo’lgan gaz xolidagi, suyuq yoki qattiq moddadir. Uning xavfsiz, xavfli yoki o’ta xavliligi ishlab chiqaruvchi tashkilotning vazifasidir. Agar chiqindilar inson sog’ligiga ziyon etkazsa yoki o’limga olib kelsa, hamda atrof muxitga zarar ketirsa EPA ularni xavfli, deb hisoblaydi. Buning uchun me’yoriy aktlarning federal to’plamining 40 nchi sonli bo’limini 261 qismidagi murojat “Xavfli chiqindilar ro’yxati va identifikatsiyasi”ga qaraladi. Bu bo’limga ro’yxatga olinganlar xavfli chiqindilar (1) va olinmaganlar esa xarakterli chiqindilar xisoblanadi. Nizomga F, K, P, i U harflar bilan belgilangan 4 ta ro’yxat kiritilgan bo’dib, ular 400 ga yaqin xavfli chiqindilardir: F ro’yxatda noma’lum manbalardan chiqdigan, K ro’yxatda ma’lum manbalardan chiqdigan, P ro’yxatda o’ta xafli toksik chiqindilar va U ro’yxatda kommersiya maqsalila ishlab chiqiladiganlar kiritilgan. Ba’zi shtatlarda ro’yxatida boshqa bo’limlar ham bo’lishi mumkin. Masalan, Kentukida N ro’xat bo’lib, unga asabga ta’str qiluvchi chiqindilar kiritilgan.
Agar chiqindi RCRAning ro’yxatida bo’lmasa bu zarrasiz, degani emas. Bu chiqindilarni zarali xususiyatini aniqlash uchun qayta tekshiruvdan o’tkazish kerak. Quyidagi xollarda: yong’indan xavfli (o’t olishi 140oF dan past bo’lsa); korroziyani chaqiruvchi ( rN 2 dan past, yoki 12,5 dan baland); reaksiyaga kirishuvchi (suv, xavo va boshqi kimyoviy birikmalar bilan reaksiyaga kirishib portlash yoki toksik gazlar hosil qilsa) yoki toksik xususiyatga ega bo’lsa, xafli chiqindilar ro’yxatiga kiritiladi. Toksik moddalar bu ba’zi bir metallar, pestitsidlar va organik moddalardir. Ularni toksik xususiyatlari tekshirib ko’riladi. Bu test qatlam suvlariga kimyoviy moddalarni qo’shilib ketmasligi uchun o’tkaziladi. Qolgan xollada esa chiqindilar D ro’yxatga kiritiladi.
Chiqindilar manbasi statusini aniqlash
CHiqindisi xavli deb aniqlangan korxona chiqindilar manbasi statusini oladi. Buning uchun korxonaning barcha chiqindilari tekshirilishi va ularning kategoriyalari aniqlanishi kerak. Miqdor jihatidan ular oyiga 100 kgdan ortiq chiqaradigan bo’lsa, yoki 1000 kgdan ortiq chiqindi saqlayotgan bo’lsa, bu statusda hisoblanadi. Bundan kam miqdorda EPA da identifikatsiya qilinmaydi.
Agar korxona 6 oy ichida 6000 kggacha xavfli chiqindi chiqarsa, ularni 200 mildan ortiq masofaga 9 oy ichida tashib bo’lsa, bu korxonaga ruxsat beriladi.
Katta miqdorda, 1000 kgdan ortiq xavfli chiqindi va 1 kgdan ortiq o’ta xavfli chiqindi chiqaruvchi korxona xavfli chiqindi manbayi xisoblanadi. Bunday korxonaga xavfli chiqindilarni 3 oygacha saqlab turishga va 6 oy davomida 200 mildan ortiq masofaga tashishga ijozat beriladi.
Kam miqdorda chiqindi chiqaradigan korxonalarga nizom boyicha bunday chegaralash qoyilmaydi. Boshqa korxonalarda albatta idintifikatsiya raqami bolish kerak. Bazi shtatlarda talab ancha qat’i. Korxona xar qanday masalani Amerika atrof muxitni ximoyasi qilish agentligi bilan kelishish kerak.