Epilepsiya dori-darmonlar yordamida davolash epilepsiya va homiladorlik


Xuruj paytida va undan keyin nima qilish kerak?



Yüklə 46,98 Kb.
səhifə4/5
tarix07.12.2022
ölçüsü46,98 Kb.
#72965
1   2   3   4   5
EPILEPSIYA, SABABLARI, BELGILARI, ASORATLARI, OLDINI OLISH VA DAVOLASH

Xuruj paytida va undan keyin nima qilish kerak?

  • bemorning xavfsizligini ta'minlash;

  • bemorni xavfsiz va tekis joyga ehtiyotkorlik bilan o`tkazish;

  • xuruj paytida bemorning og`zi ochiq bo`lsa biror narsa qo'yib qo`yish;

  • bemorning qisilgan jag`larini kuch bilan ochish taqiqlanadi;

  • xuruj tugaganidan keyin bemorning ahvolini nazorat qilish va tinchlantirish.

Dori-darmonlar yordamida davolash
Davolash xuruj turini hisobga olgan holda bitta dori vositasi (monoterapiya) bilan boshlanadi. Tonik-klonik, tonik, klonik, mioklonik, tarqalgan xurujlarda asosan fenobarbitol, benzonal, gliferal, difenin (fenitoin), karbomazepin (finlepsin, tegretol, stazepin, geksomidin (primidon), natriy volproat (depakin, konvuleks) qo‘llaniladi. Murakkab tutqanoqlarda shifokor preparatni to‘g‘ri belgilashi kerak. Uning dozasini belgilashda xuruj vaqtida nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmasligini hisobga olish kerak. Birdan ortiq yoki juda kam dozani buyurish tavsiya etilmaydi.
Jarrohlik bilan davolash
Agar dori-darmonlar bilan davolash yordam bermasa, bemorga jarrohlik amaliyoti tavsiya qilinadi. Bunday jarrohlik miyaning qo'zg'aluvchanligi yuqori bo'lgan qismini olib tashlash va o'zgartirish yoki nerv stimulyatori implantatsiyasidan iborat. Buning natijasida, xurujlar soni kamayadi.
Xalq tabobatida davolash usullari
Uyda davolanishda quyidagi muqobil usullar samarali bo'ladi:

  • ikki boshoqli efedra, toshbaqa toli, shuvoq, dorivor bukvitsa damlamasi;

  • valeriana ildizi, kalendula gullari, qora mevali ryabina mevalari, moychechak gullari, na`matak mevalari qaynatmasi;

  • xom piyoz va ismaloqning yangi tayyorlangan sharbatini ichish yoki toza holda iste'mol qilish.

Kerakli ma'lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Yozish

Xavfli jihatlari


Og`ir tarqalgan xurujlar eng xavfli hisoblanadi. Hushni yo'qotish, nafas olishning to'xtashi, tomoqqa so`lak yoki qon ketib qolishi o'limga olib kelishi mumkin. Agar xuruj davomli bo`lsa, yurak va qon tomirlariga og`irlik tushadi, miyaga kislorod yetishmasligi natijasida bemor o'lishi yoki koma holatiga tushishi mumkin. Ko'pincha, hayot uchun xavfli bo'lgan xurujlar antikonvulsant dorilarni qabul qilishni to'xtatganda paydo bo'ladi.

Yüklə 46,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin