Epilepsiya haqida tushuncha


Epilepsiya va tutqanoq sindromlari haqida bilasizmi?



Yüklə 20,92 Kb.
səhifə2/5
tarix11.10.2023
ölçüsü20,92 Kb.
#154077
1   2   3   4   5
Epilepsiya va tutqanoq sindromlari haqida bilasizmi

Epilepsiya va tutqanoq sindromlari haqida bilasizmi?
Epilepsiya – turli xil xurujlar va xushdan ketishlar bilan namoyon bo‘luvchi bosh miyaning surunkali kasalligi. Epilepsiya aholi orasida ko‘p tarqalgan. Har 1000 kishidan 5-10 ta odamda epilepsiya kasalligi aniqlanadi. Epilepsiyaning 70 foizi 20 yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanadi. Kasallanish darajasi erkak va ayollarda deyarli bir xil.
Epilepsiya buyuk shaxslarda ham uchraydimi?
Tarixdan ma’lumki, Suqrot, Platon, Yuliy Sezar, Janna D ‘Ark, Van Gog, Napoleon, F. Dostoyevskiy kabi buyuk shaxslar epilepsiya bilan og‘rigan. Shuning uchun ham ba’zi mutaxassislar faqat kuchli tafakkur egalari epilepsiya bilan og‘rishadi deyishsa, boshqa birlari tutqanoq xurujlari odamda talant kurtaklarini qo‘zg‘ab yuboradi, deb hisoblashadi. Bu fikrlarga to‘la qo‘shilish qiyin, biroq epilepsiya bilan og‘riydigan ba’zi bemorlarda kuchli talant alomatlarini men ham kuzatganman. Davolanishga kelgan bemorlar orasida kuchli rassom, shoir va matematiklar bo‘lgan. Bunday bemorlar ichida inson hayratda qoladigan hikmatli iboralar o‘ylab topuvchilar, hikmatlarga boy bo‘lgan to‘rtliklar bituvchilar ko‘p. Doimo xuruj kuzatiladigan bir bemor qizda sezgi va idrok qobiliyatining kuchayganini guvohi bo‘lganman. Biroq, epilepsiya kasalligi bilan og‘riydigan aksariyat bemorlarda tutqanoq xurujlari vaqtida to‘xtatilmasa, og‘ir ruhiy buzilishlarga olib keladi, ularning aqli zaiflashib boradi. Tutqanoq xurujlari qanchalik erta yoshda boshlansa, ruhiy buzilishlar shuncha erta rivojlanishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, og‘ir ruhiy buzilishlar epilepsiyaning barcha turida ham kuzatilavermaydi.
Epilepsiya nasliy kasallikmi?
Xuddi boshqa asab kasalliklaridagi kabi epilepsiyada nasliy omilning ham ahamiyati bor. O‘tgan asrning 50-yillarigacha aksariyat davlatlarda epilepsiyada nasliy omilning ahamiyati juda bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Keyinchalik ilm-fan yutuqlari bunday farazni yo‘qqa chiqardi. Hozirgi davrning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, ota-onalardan biri epilepsiya bilan og‘risa, ulardan kasal bola tug‘ilishi havfi 10 foizdan oshmaydi.

Yüklə 20,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin