O’zgaruvchan epiteliy siydik yo`llarining, buyrak kosachasi va jomi, siydik pufagining ichki yuzasini qoplab turadi (55-rasm). A’zolarning siydik bilan to`lgan va to`lmaganligiga qarab epiteliy qavati o`z shaklini o`zgartirib turadi. Uzgaruvchan epiteliyda 3 qavatni farq qilish mumkin: bazal, oraliq va yopqich qavatlar.
Bazal qavat mitoz yo`li bilan ko`payadigan mayda hujayralardan iborat. Bular kambial, differentsiyallashmagan, sitoplazmasi bazofil bo`yaladigan hujayralardir. Hujayra shakli turlicha bo`lib, chegarasi aniq ko`rinmaydi.
Oraliq qavat hujayralari bir yoki bir necha qavat hujayralardan iborat bo`lib, noto`g`ri yoki noksimon shaklga ega.
Yopqich qavat noksimon shakldagi ko`p yadroli yirik hujayralardan tashkil topgan.