Epiteliy hujayralarining sitoplazmasida shakli va qaysi organda joylashganligidan. qat’i nazar umumiy va maxsus organellalar bo`ladi. Hujayra yadrosining shakli hujayraning shakliga bog`liq bo`lib, ko`pincha, dumaloq, oval va yassi bo`ladi.
Mitoxondriylar kalta tayoqcha shaklida bo`lib hujayra yadrosi atrofida joylashadi. Oqsil sintezida ishtirok etadigan hujayralarda donador endoplazmatik to`r yaxshi rivojlangan bo`lib, ko`pincha hujayraning bazal qismida va yadro atrofida joylashadi. Sekretsiya jarayonida qatnashadigan hujayralarda Golji kompleksi kuchli rivojlangan bo`lib, hujayra yadrosining ustida yotadi. Epiteliy hujayralari bazal membranada joilashganligi sababli, ularda ikkita qutb tafovut qilinadi; b a z a l va a p i k a l q u t b l a r. Bu ikkala qutblar tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi («Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari» ga q.). Apikal qismi turli maxsus tuzilmalar bo`lganligi (mikrovorsinkalar, kiprikchalar) va turli sekretor kiritmalarning mavjudligi bilan bazal qismdan farqlanib turadi.
Epiteliy to`kimasining hujayralari o`zaro desmosomalar, interdigitatsiya va sementlovchi modda yordamida bog`lanadi.