ERGASHEV SHERZOD 1927-GURUH SAVOLLAR 1.She’rning muallifi va nomi. 2.She’rning yaratilishi tarixi: qachon yozilgan, nima sababdan, muallif kimga bag’ishlagan. 3.She’rning janri va vazni. 4. She’rning mavzusi va g’oyasi 5. She’rda mavjud badiiy tasvir vositalari (g’azal bo’lsa she’riy sa’natlar) 6.She’r haqidagi shaxsiy mulohazalarim
JAVOBLAR 1. QUSHLAR RAUF PARFI
Go‘zal bahorda qushlar,
Ertalabki nahorda
Muloyim o‘ltirishlar,
Chaq-chaqlashib daraxtda.
Shoirning кeyingi yillarda yaratilgan she’rlaridа mazmun zalvorlashib borgani sayin misralar soni to‘qqiz, o‘n va, ko‘proq, o‘n bir bo‘g‘inli hamda barmoqning sodda vaznida yaratilganining guvohi bo‘lamiz:
Yo xatimning mungli ovozi 9
O‘qiganda javlon etarmi? 9
Yoki yana savol singari 9
Avvalgicha shunday qolarmi? 9
Men seni izlayman javdirar ko‘zim, 11
Yuraman tentirab qorong‘u tunlar. 11
Seni deb jonginam, sen uchun ko‘zim, 11
Senga bag‘ishlanib chalinar sozlar. 11
2. 1955-yilda yozilgan “Qushlar” she’rida ijodkorning ilk mashqlari alomatlarini sezish mumkin. Ijodni boshlash uchun kam bo‘g‘inli misralar shoirga erkinlik beradi.
3. Rauf Parfi hayoti davomida siyosiy muxolifligi uchun mustaqil Oʻzbekiston hukumati tomonidan xushlanmagan. Shuning uchun ham, oʻlimidan soʻng 2013-yilda Rauf Parfi tugʻilganiga 70 yil toʻlishi munosabati bilan, 2018-yilda esa 75 yil toʻlishi munosabati bilan Toshkentda oʻtkazish rejalangan tadbirlarning barchasi Oʻzbekiston rasmiylari bosimi ostida toʻxtatilgan.Rauf Parfi lirik qahramon ruhiy olamining nozik evrilishlarini mahorat bilan tasvir etuvchi sheʼrlari bilan tanilgan. Shoir soʻzning rang va ohang laridan, sheʼriy tasvir vositalaridan oʻziga xos uslub da foydalanadi. Sheʼrlari bir necha xorijiy tillarga tarjima qilingan.
5. Rauf Parfi she’riyatida, asosan, ikkita vazn yetakchilik qiladi: barmoq va sarbast. Barmoq vaznidagi she’rlar, ko‘proq, har bir misrada to‘rt bo‘g‘indan toki o‘n olti bo‘g‘ingacha davom etadi. Rauf Parfida yetti bo‘g‘inli misradan tashkil topgan she’rlar juda kam, bu she’rlar ham uning yoshlik davrlaridagi ilk bitiklardir. Masalan, 1955-yilda yozilgan “Qushlar” she’rida ijodkorning ilk mashqlari alomatlarini sezish mumkin. Ijodni boshlash uchun kam bo‘g‘inli misralar shoirga erkinlik beradi
6.Shoir ijodida hamisha ustunlik qilib kelgan yolg‘izlik motivini ushbu she’rda ham ko‘rishimiz mumkin. Ana shunday tanholikda turgan qahramonga faqatgina zulmat hamroh, uni eshitguvchi, uni tushunguvchi bir inson yo‘q, afsuski. Lekin shunday bo‘lsa-da, lirik qahramon qalbini tushuna oladigan, yig‘laganda tinglay oladigan bir qalb kerak va qahramon hamon shunday insonni mahzunlikda kutmoqda. Modern she’riyat tantanavorlikdan yiroq, u bo‘rttirib tasvirlashdan yiroq, ijodkor ruhiyatida kechayotgan holatni oshirmay-toshirmay ro‘y-rost bayon etadi. Shuning uchun ham o‘quvchiga biroz zerikarli, biroz tushunarsiz tuyular, ehtimol menimcha.